Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
PKM589uz

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan 
amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari
RO‘YXATI
1. Har qanday platformalar uchun dasturiy ta’minotni, shu jumladan kompyuter o‘yinlarini 
ishlab chiqish, loyihalash hamda ularni sotish (shu jumladan, dasturiy ta’minotdan foydalanishga 
ruxsat berish, dasturiy ta’minotning mutlaq huquqini berish (taqdim etish).
2. Dasturiy ta’minotni joriy etish yoki joriy etishda alohida bosqichlarni amalga oshirish, 
qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, ushbu dasturiy ta’minot bilan ishlash (malaka 
oshirish)ni o‘rgatish xizmatlari.
3. Dasturiy mahsulotni takomillashtirish hamda modifikatsiya qilish.
4. Axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonida ma’lumotlar bazalarini 
yaratish, ushbu ma’lumotlar bazalari uchun yozuvlarni belgilangan formatda tayyorlash hamda ularga 
kirishni ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash va xizmat ko‘rsatish.
5. Dasturiy ta’minotdan foydalangan holda ma’lumotlarni qayta ishlash faoliyati.


6. O‘z dasturiy ta’minotida reklama uchun joy taqdim etish yoki dasturiy ta’minotning 
xususiyatlaridan foydalangan holda boshqa qo‘shimcha daromad olish.
7. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish.
8. Yuridik shaxslarning axborot ehtiyojlarini tahlil qilish (tizimli tahlil, biznes-tahlil) hamda 
biznes-jarayonlarni innovatsiya (reinjiniring) qilish maqsadida axborot tizimlari va dasturiy 
ta’minotni joriy qilish uchun texnik talablarni ishlab chiqish hamda axborot texnologiyalaridan 
foydalanish bo‘yicha maslahat berish.
9. Axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, joriy qilish va ularni foydalanishga 
topshirish jarayonida foydalanuvchilarning axborot ehtiyojlari va texnik talablariga muvofiqligini 
audit qilish.
10. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotda uchinchi shaxs 
so‘roviga binoan ma’lumotlarni qidirish, tanlash, qayta ishlash va saralash hamda ularga axborot 
taqdim etish bo‘yicha avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish.
11. Dasturiy ta’minotdan (dasturiy-apparat vositalaridan) foydalangan holda O‘zbekiston 
Respublikasi norezidentlariga yordamchi ishlab chiqarish, ma’muriy va biznes jarayonlarni 
boshqarish (amalga oshirish) bo‘yicha xizmat ko‘rsatish (biznes-jarayonlarni autsorsing qilish).
12. Texnopark rezidenti tomonidan ishlab chiqilgan materiallar, texnologiyalar, mikro-, 
opto- va nanoelektronika, mikroelektrotexnika tizimlari hamda ular bilan mos keluvchi dasturiy 
ta’minotni sotish.
13. Ma’lumotlarni uzatish tizimlari, texnologiyalar, qurilmalar va radiolokatsiya tizimlari
radionavigatsiya, radioaloqa, radioboshqaruv, radiochastota identifikatsiya uskunalarini ishlab 
chiqish (tadqiqot o‘tkazish, loyihalash (qurish), test qilish hamda texnik sinovdan o‘tkazish) va 
bunday ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarish yoki ushbu xizmatlarni ko‘rsatmasdan turib 
o‘zlashtirilgan holda sotish xizmatlari.
14. Yuqori texnologiyali qurilmalar va tizimlar, dasturiy-apparat vositalari va ular bilan mos 
keluvchi dasturiy ta’minotni (sanoat xarakteriga bog‘liq bo‘lmagan holda) ishlab chiqish yoki ishlab 
chiqarishning alohida bosqichlari (tadqiqot o‘tkazish, loyihalash, prototiplash, sinovdan o‘tkazish) 
hamda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va (yoki) ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish 
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yoki xizmat ko‘rsatmasdan sotish.
15. Axborotni texnik va (yoki) kriptografik, shu jumladan, elektron raqamli imzodan 
foydalanish orqali himoya qilish faoliyati.
16. Bir-biri va tashqi muhit bilan o‘zaro muloqot qilish uchun o‘rnatilgan texnologiyalar 
bilan jihozlangan jismoniy obyektlarning hisoblash-kommunikatsiya tarmog‘i konsepsiyasini ishlab 
chiqish, joriy qilish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar.
17. Texnopark direksiyasi tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq, axborot 
texnologiyalari sohasida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ta’lim berish faoliyati.
18. Internet jahon axborot tarmog‘i orqali axborot xizmatlarini eksport qilish.
Izoh. Faoliyat turlari bo‘yicha tasniflash hamda ularga tushuntirishlar berish Direksiyaning ekspert kengashi 
tomonida n a malga oshirila di. 
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-
sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga
3-ILOVA 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə