Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik


-bob. Yuridik shaxslarni Texnopark rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi



Yüklə 354,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix13.10.2023
ölçüsü354,99 Kb.
#127532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
PKM589uz

3-bob. Yuridik shaxslarni Texnopark rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi 
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxslar Texnopark 
rezidenti maqomini olishga talabgorlik qilishlari mumkin. 
8. Texnopark Direksiyasining rezidentlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha ishlarini tashkil etish 
ushbu Nizomga 
1-ilovaga 
muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
9. Yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomini olish uchun quyidagi mezonlarga 
muvofiq bo‘lishlari kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
bo‘lishi kerak;
b) ushbu Nizomga 
2-ilovaga 
muvofiq faoliyat turini (turlarini) (keyingi o‘rinlarda — 
ro‘yxat) amalga oshirish;
v) ro‘yxatda belgilangan faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiy asoslangan biznes-rejalarga ega 
bo‘lish. Biznes-rejada ro‘yxatda ko‘rsatib o‘tilgan bir yoki bir nechta faoliyat turlarini amalga 
oshirish bo‘yicha aniq tadbirlar, xizmatlarni sotish uchun mo‘ljallangan xizmat turlari va ularning 
hajmi, ularni amalga oshirish zarurligi asoslanishi, taklif etilayotgan loyihaning monetizatsiya 
modeli, rejalashtirilayotgan moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatiladi. Biznes-rejaning shakli 
va unga bo‘lgan talablar Direksiya tomonidan tasdiqlanadi. 
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
10. Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza beruvchi veb-portal orqali 
Texnoparkning rezidenti sifatida amalga oshirish taklif etilayotgan biznes-rejani ilova qilgan holda 
ariza beradi. 
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli 
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
Texnopark rezidenti maqomini olish uchun ariza bergan yuridik shaxsdan ushbu Nizomda 
nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik ariza beruvchiga 
yuklatiladi. Ariza beruvchining taqdim etgan hujjatlarida ushbu Nizom va O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlarining talablariga nomuvofiqliklar aniqlangan holatlarda ariza beruvchi besh ish kunida 


undagi kamchiliklarni bartaraf etib, qayta taqdim qilishi mumkin. Mazkur muddatda ariza beruvchi 
tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilmasa, Direksiya arizani qabul qilishni rad etishga haqli.
Yuridik shaxsning barcha zarur shakllarni veb-portalda to‘ldirganidan so‘ng ariza berishi
Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 
Texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnoma (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) 
tuzilishiga rozilik berishi hisoblanadi. 
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 
qaroriga 
asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 
09/20/672/1437-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
11. Ariza beruvchi Direksiyaga buyurtmanoma berilgan paytdan boshlab 3 ish kuni 
mobaynida bu haqida yozma xabar bergan holda arizani qaytarib olish huquqiga egadir. 
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli 

Yüklə 354,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə