Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob



Yüklə 149 Kb.
səhifə1/7
tarix11.10.2023
ölçüsü149 Kb.
#127242
  1   2   3   4   5   6   7
Musiqa tinglash kurs ishi



Mundarija:

Kirish
Asosiy qism
I bob. Musiqa tinglash madaniyatining hususiyatlari
II.1.Musiqa tinglash - maktab o`quvchilari musiqaiy faoliyatining asosiy turidir
II.2. Musiqa tinglash badiiy ta’limning muhim vositalaridan biri
II bob.Musiqa ta’limining pedagogik asoslari
II.1. Maktabda musiqa ta’limining asosiy maqsadi
II.2. Musiqa madaniyati darslarini o‘tishda musiqiy faoliyat turlarini qo`llash uslublari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Hammaga ayonki, musiqa qadim - qadim davrlardan bor boʻlib, rivoj topib kelgan. Musiqadan insonlar turli xil vaziyatlarda foydalanishgan. Shu bilan birga musiqa inson tafakkurini oʻstirishi, uni rivojlantirishi haqida ham koʻpgina olimlarimiz oʻz asarlarida aytib oʻtishgan. Albatta, bu bizning qanday musiqa tinglashimizga ham bogʻliq. Hozigi kunlarda san’at va sport sohalariga e’tibor yanada kuchayganini guvohi boʻlmoqdamiz. Albatta, bundan maqsad yosh avlodni sogʻlom, badiiy estetik didga ega, oʻz xalqiga vafodor, komil inson etib ulgʻaytirishdir. Demak, musiqa ham tarbiyaning yetakchi turlaridan biridir.
Musiqa ta'limi sohasida prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning "Harakatlar strategiyasi" dagi beshta muhim tashabbusning birinchi yo'nalishi musiqa san'ati va sport bo'lib, bu yosh avlodni ijodkorlikka, ruhan barkamolikka, ona diyorimizga mehrli bo'lib, uni asrab avaylashga yo'naltirilgan.
Bilimning poydevori maktabdan va maktabgacha bo'lgan ta'lim muassasalaridan boshlanadi. Farzandlarimiz bu maskanlarda bilim olishadi, ma'naviy barkamol bo'lib kamol topishadi va tarbiya olishadi. Shunday ekan, biz ularning bilim olish jarayonlariga befarqlik bilan qaramasdan ulani doimiy ravishda nazorat qilib borishiz darkor. Zero, bu o'rganilayotkan bilimlar farzandimizning kelajagini ham belgilab beradi. Musiqa fani ham o'quvchilarni bilim olishlariga va tafakkur qilishlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa darslari haftasiga bir marotaba bo'lib o'tadi. Ana shu musiqa darslarining o'zida bolalar bir necha faoliyat turlari bilan shug'ullanishadi.
Musiqa, avvalo, bolalarda badiiy estetik didni, etikani tarbiyalaydi. Musiqa darslarida musiqa savodi, xor bo'lib kuylash, musiqa tinglash, ijodkorlik kabi faoliyatlar birin ketin uzviy bog'liqlikda olib boriladi. Shularni ichida "musiqa tinglash" faoliyati, ayniqsa, o'quvchini fikr qilishga chorlaydi. Bu faoliyatda musiqa o'qituvchisi o'tilayotgan mavzuga asoslanib o'quvchilar tinglashlari uchun kerakli musiqa asarini musiqa cholg'usida ijro etib beradi yoki darsda foydalanilayotgan texnik vosita orqali o'quvchiga qo'yib eshittiradi. Masalan, o'rta sinflarda o'zbek mumtoz musiqasi mavzusidan o'quvchilarga ashula, maqomlarni eshittirb uni birgalikda tahlil qilishadi. Aynan shu jarayon o'quvchi shaxsi intellektini rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Ya'ni o'quvchilar musiqani idrok qilishga o'rganishadi. Bizning ashula va maqomlarimiz she'rlari asosan g'azallardan olingan. G'azallarda esa juda katta tafakkur qilishga undaydigan va ma'no jihatdan chuqur yozilgan Buyuk zotga muhabbat tasvirlangan. Yoki chet el kompozitorlari ijodi mavzusida Iogann Sebastyan Baxni yozgan polifoniya va fugalari ham juda katta ijobiy psixik ta'sirga egaligini ko'ramiz. Uning ko'p ovozlik asari, diqqatni jamlashga va har bir ovoz o'z mazmuniga egaligi, u ovozlar birlashib butun bir murakkab asarni tasvirlashga xizmat qilganini kuzatamiz. Musiqa tinglash faoliyatida o'quvchilar berilgan musiqiy asar haqida, dastlab, musiqaning kayfiyatini, musiqiy tovushlarni past balandligini, ritmini, tembrini idrok qilishni o'rganishadi. Song asarning mazmuni umumiy xulosada o'qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi. Aynan shu jarayonlar o'quvchi shaxsi intellektini rivojlantirishda ko'mak beradi.
Musiqa terapevtlar ham hatto musiqa eshittirish orqali bemorlarni davolaganlari haqidagi ko'p tadqiqotlar ham buni isbotidir. Biz har qanday musiqa tinglar ekanmiz uning xarakteri yuz ifodamizda ko'rinib turadi. Masalan, quvnoq, tez ritmga ega bo'lgan musiqalar tinglaganimizda, bevosita, biz xursandchilik va ko'tarinki kayfiyatni his qilamiz. Aksincha, og'ir vazmin, mungli musiqalar tinglasak yanada o'yga tolib qolishimiz yuzimizda o'z aksini topadi. Psixolog terapevtlar ham yoqimli musiqa tinglaganda insonning ichki organlari sinxronlashishi haqida ham aytib o'tganlar. Demak, to'g'ri tanlangan musiqa inson tana a'zolariga ham foydalidir. Bundan tashqari, sportni sevuvchilar va sport bilan shug'ullanuvchilar deyarli har kuni musiqa tinglashni yoqtirishadi. Shu orqali ular o'zlari uchun motivatsiya olib sport bilan shug'ullanish jarayonlari samalari o'tganini his qilishadi.
Psixologlar ham sport bilan shug'ullanayotganda musiqa tinglash ish samaradorligini 20% oshirihi haqida aytib o'tishgan.
Eng rivojlandan davlatlar qatoridagi Yaponiyada, boshlang'ich va umumta'lim tizimida ona tili darslari aynan musiqa fani bilan hamohanglikda olib boriladi. Bunga sabab esa bilim oluvchi o'quvchilarning aynan musiqa orqali bu fanni o'rganishlari yanada oson kechishidir. Bu "Sudzuki" tizimi deb ataladi va u Yaponiyada juda mashhur. Chunki, musiqa boshqa fanlarni idrok qilishga ham katta hissa qo'shadi. Bu metodni yaponiyalik pedagog va skripkachi Siniti Sudzuki yaratgan. Tadqiqot amalda sinalib sinovdan muvaffaqiyatli o'tganligi sababli ana shu ta'lim tizimiga kiritilgan va ta'limga tadbiq etgan olim ismiga qo'yilgan.


Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə