Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob


I bob. Musiqa tinglash madaniyatining hususiyatlari



Yüklə 149 Kb.
səhifə2/7
tarix11.10.2023
ölçüsü149 Kb.
#127242
1   2   3   4   5   6   7
Musiqa tinglash kurs ishi

I bob. Musiqa tinglash madaniyatining hususiyatlari
II.1.Musiqa tinglash - maktab o`quvchilari musiqaiy faoliyatining asosiy turidir
Musiqa darslarining eng asosiy jihatlaridan biri ham tinglangan musiqani idrok qilishga, uni mazmuniga e'tibor qaratib tahlil qilishni o'rgatishga yo'naltirilgan. Bu jarayonlar amalga oshishi uchun musiqaning barcha faoliyatlari ya'ni musiqa savodi, kuylash va unga harakatlar bilan jo'r bo'lish kabi faoliyatlar asosida yaraladi. Musiqa tinglash musiqa o'qituvchisidan o'z kasbiga mahorat va puxta bilim egasi bo'lishni talab etadi. Chunki, ta'lim beruvchi, o'quvchilarning sinf darajalariga qarab "musiqa tinglash" uchun asarni to'g'ri tanlashi muhimdir. Masalan, biz boshlang'ich sinf o'quvchilariga musiqa tinglashni o'rgatayotganizmizda murakkab bo'lgan kop ovozli asarlar yoki o'zbek mumtoz musiqasi bo'lmish maqomlari qo'yib uni tahilini so'ray olmaymiz. Bu asarlarni tahlil qilishga kichik yoshdagi o'quvchilarimizning musiqiy idroki sustlik qiladi. Yoki, aksincha, 7-sinf o'quvchilari uchun murakkab bo'lmagan bolalar qo'shiqlarini tinglatib uni tahlil qilish juda oson. Shuning uchun o'quvchilarning yosh xususiyati va egallagan bilim darajalariga qarab musiqa tinglatsak, ulani aqliy salohiyatlarini o'stirishga yana bir turtki bergan bo'lamiz.
Musiqa asarni takror va yana takror tinglash uni o'quvchi xotirasida saqlab qolinishiga va u asar haqidagi bilimlari mustahkamlanishiga imkon yaratadi. O'quvchilar uni tahlil qilish jarayonida o'z taassurotlarini so'zlab berishga o'rganishadi. Faoliyat boshida tinglanadigan asar haqida o'qituvchi tomondan bir qancha ma'lumotlar berib o'tilishi kerak. Masalan, asarning nomi, u qachon kim tomonidan bastalangan yoki ijro etilgani va u qanday mazmunda ekanligi tushuntiriladi. Ana shu faoliyatda o'quvchilar o'qituvchi mahoratiga ham baho bera oladilar. Agar asar o'qituvchi tomonidan qaysidir cholg'u asbobida asosan fortepianoda ijro etib berilsa asar yanada osonroq idrok qilinib uning o'quvchilar ongiga ta'sirchangligi yanada oshadi. Bunda jonli ijroning ta'siri yuqori darajada bo'ladi.
Murakkab janrdagi asarlar ya'ni orkestrlar ijrosidagi asar yoki boshqa ansambllarda ijro etilagan asarlar yoki katta ashula va operalarni tinglatishga musiqa o'qituvchisi tomonidan texnik vostilar ham oldindan tayyorlab qoyilishi kerak. Bu vositalar orqali o'quvchilar asarni idrok etishlari oson kechib, asar haqida tasavvurlari ijobiy fikrlashga olib keladi. Shunday ekan barcha fanlar singari musiqa faning ham boshlang'ich maqsadi o'quvchi shaxsini aqliy va ahloqiy, badiiy va estetik, ma'naviy va ma'rifiy kamolotini shakllantirish bo'lsa keyingi vazifasi shu asosida ularda musiqa san'atiga qiziqish uyg'otib, turli janrdagi asarlarni idrok etish, tahlil qilib unga baho berish, boshqa asarlardan farqlay olish va ijrochilik malakalrini egallashda nazariy va amaliy bilimlar berish hisoblanadi. "Musiqa tufayli insonda nafaqat atrofidagi olam, balki o'zida ham olijanoblik, ulug'vorlik va go'zallik haqida tasavvurlar uyg'onadi", - deb yozgan atoqli olim-pedagog V.Suxomlinskiy "Men bolalarimga yuragimni bag'ishlayman" kitobida.
O'zining emotsional ta'sir etuvchi kuchi bilan musiqa har qanday san'at turidan ustun turadi. Ushbu ta'sirning naqadar keng va chuqur boʻlishi tinglovchining haqiqiy san'at bilan aloqa qilishga tayyorgarlik darajasiga bog'liqdir. Musiqiy san'at shaxsning ma'naviyatini, hissiyot madaniyatini tarbiyalashda, hissiy va kognitiv jihatlarini rivojlantirish jarayonida juda katta rol o'ynaydi. V.Suxomlinskiy musiqani estetik tarbiyaning kuchli vositasi deb atab, “Musiqa tinglash va uni idrok etish qobiliyatisiz, to'laqonli tarbiyani tasavvur qilib bo'lmaydi », deb yozgan edi u. Shu sababli, tinglovchining madaniyatini bolalikdan boshlab tarbiyalash har doyim dolzarb muammo hisoblanadi, chunki aynan shu yoshda musiqiy sezgirlik qobiliyati jadal rivojlanadigan davrdir.
Musiqani tinglab idrok etish - murakkab ko'p darajali hodisa sifatda - bir tomondan, musiqiy badiiy obrazning o'ziga xosligi va murakkabligi, ikkinchi tomondan bolaning yosh xususiyatlari bilan bog'liq. Boshqa san'at turlari asarlarini idrok etishdan ko'ra musiqani idrok etish bolalar uchun katta qiyinchiliklar tug'diradi. Shu munosabat bilan, bolalarda musiqiy idrok rivojlanishining har bir bosqichida bolaga musiqa tinglash va uni tushunish, uning obrazlar dunyosiga kirishga yordam berish kerak. Nagaki, bolalikda musiqiy idrok qobiliyati rivojlanmaganligi yoshlarning musiqiy did va madaniyati shakllanmasligining sababiga aylanishi bor.
Musiqani tinglab idrok etish muammosi ushbu jarayonning sub'ektivligi tufayli eng qiyin muammolardan biri bo'lib, uni oʻrganilgan ko'plab kuzatuvlar, maxsus tadqiqotlarga qaramay hanuzgacha toʻla hal etilmagan. Ushbu masalani o'rganishda B.V.Asafiev, B.L.Yavorskiy, D.B.Kabalevskiy, V.V.Medushevskiy, V.I.Petrushin, E.B.Abdullin, R.G.Qodirov va boshqa olimlar katta hissa qoʻshgan.
Musiqani jonli obrazli san'at sifatida idrok etish hayot bilan uzviy bog'liqdir va "Musiqani tinglash" nafaqat darsning alohida qismi, balki xor qo'shiqlarida, improvizatsiyli ijro etishlarda va musiqani tahlil qilishda o'zini namoyon qiladigan yetakchi faoliyatdir. Musiqani tinglash bolalarning atrofdagi dunyoga qiziqishini rivojlantirishga qaratilgan, eshitish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi, hissiyotlarni faollashtiradi, uning yangrashiga javoban diqqat markazida bo'lishga odatlantiradi, tanish ohanglarni tanib, eslab qolishga o'rgatadi.
O'quvchilar oʻzining musiqa tinglash qobiliyati va kichik hayotiy tajribasiga tayanib, musiqa san'atining chinakam badiiy ahamiyatga ega asarlarini tanlay olmaydilar, professional san’atni havaskorlik tomoshalaridan ajratib turadigan chegarani hali his etmaydilar. Shunga koʻra, boshlangʻich maktab yillarida bolalar musiqa mazmunini tez tushunib olishlari uchun, asar so'zlar yoki dasturiy nom, o'yin yoki raqs harakatlari, rasm yoki film bilan uzviy uyg'unlikda eshittirilishi lozim. Musiqani tinglash faoliyati bolalarni yoshiga muvofiq taniqli bastakorlar musiqasi bilan tanishtiradi, musiqaning ifodali vositalari to'g'risida zarur bilimlarni olishga imkon beradi. Musiqani idrok etish jarayonida maktab o'quvchilarida haqiqiy badiiy musiqaga bo'lgan ishtiyoq uyg'onadi, u bilan aloqa qilish zarurati vujudga keladi, ularning musiqiy qiziqishlari va didlari tarbiyalanadi. Musiqa hayot haqida hikoya qiladigan, his-tuyg'u va fikrlarni, insoniy kayfiyat xillarini ifodalaydigan tasavvurlar shakllantiradi.
Umumiy musiqa ta'limining yetakchi vazifasi maktab o'quvchilarida musiqa tinglash madaniyatini rivojlantirish bo`lsa, musiqa tinglashning o`zi esa bolalarning musiqiy faoliyatdagi asosiy shakli deb hisoblanadi. Maktab o'quvchilarida musiqa tinglash madaniyatini shakllantirishning muhim sharti musiqani idrok etish jarayonining to'g'ri tashkil etilishi bo'lib, u musiqiy asarlarni umumiy xarakteri va ifodali vositalar, janrlar va uslublar bo'yicha ajratib turishga, musiqa mazmunini tushunishga va boshdan kechirishga, uning tasvirlarini xotirada saqlashga, uning ovozini ifodalashga o'rgatadi. Musiqiy asarni tinglashdan oldin o`quvchilar e’tiborini ushbu faoliyatga tayyorlash alohida ahamiyatga ega: suhbat, hikoya-suhbat, savol, tinglash oldidagi topshiriq va boshqalar.
Musiqiy asarni idrok etish jarayonini tashkil qilish texnologiyasi Grodzenskaya N.L. tomonidan sonata allegro shakli bilan taqqoslanadi va uning quyidagi bosqichlari belgilanadi:
- "Kirish" - tinglashga tayyorgarlik (savollar, hikoya, suhbat, va boshqalar);
- "Ekspozitsiya" - aslida musiqiy asarni yoki parchani namoyish etish va tinglash;
- "Rivojlov qismi" - musiqa tinglangandan keyin suhbat, ijodiy topshiriq;
- "Repriza" - musiqiy asarni takroran tinglash.
Musiqa tinglashning butun jarayoni muhimdir. Uning natijasida ma'naviy va axloqiy vaziyatlarni vujudga keltiradigan intensiv hissiy va intellektual mehnatga aylanishi lozim. Bunday vaziyatlarning yaratilishi qoida tariqasida, asarni qayta tinglashni talab qiladi. Va bu, o'z navbatida, klassik musiqaga bo'lgan ehtiyojni shakllantirishning asosiy kafolati bo'lgan tinglovchilarning intonatsion lug`at boyligini rivojlantirishga yordam beradi.
“Musiqiy madaniyat” fani bo'yicha maktab o'quv dasturiga buyuk Norvegiya kompozitori Edvard Grig qalamiga mansub boʻlgan eng mashhur asarlar kiritilgan. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bolalar Grig musiqasini eshitgach, uni darhol eslab qoladilar. Va albatta, buning sabablari bor. Kompozitor asarlaridagi obrazlar jonli, yorqin, gohida fantastik bo'lsa ham, lekin samimy qiyofasi bilan, inson qalbiga yaqin va tushunarlidir. E.Grigning ajoyib ohangdor musiqasi har doim insonning his-tuyg'ularini, uning fikr va kechinmalarini, qalb zavqi va tabiatning maftun qiladigan yorugʻ go'zalligini ifoda etadi.
Atoqli yozuvchi Lev Kassil E.Grigning musiqasidan mamnun boʻlib, shunday dedi: "Uning ohanglari kristall boʻlib ajralib turadi". P.I.Chaykovskiy ham o'z taassurotini bildirib, "Uning musiqasida ... biz uchun yaqin va qadrdon narsa bor, u darhol bizning yuragimizda iliq va hamdardlik javobini topadi", deya ta'kidlaydi. Tabiiyki, bolalarda ham E.Grigning ta’sirli musiqasi yorqin emotsiyalarni vujudga keltiradi hamda ularni klassik musiqaga qiziqish va mehr-muhabbatni maqsadli tarbiyalaydi.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar qulay shakl (ashula aytish, musiqiy ritmik harakatlar bajarish, cholgʻ ijro etish va boshqa)lar orqali E.Grigning turli xil xaraqterdagi musiqiy asarlarini tinglashadi. Bular, “Lirik pyesalar” toʻplamidan "Gnomlarning yurishi", "Trolxaugendagi to'y marshi", "Kichkina qizaloq" fortepiano asar namunalari, "Per Gyunt" syuitasidan "Subhidam", "Tog' qiroli g'orida", "Solveyg qo'shig'i" nomli orkestr nomerlari, "Bolalar qo'shig'i", "Quyosh botishi" kabi romanslardir. Kata sinf o`quvchilari uchun violonchel bilan fortepianoga yozilan sonata, mashhur fortepiano konsertini tinglash tavsiya qilinadi. Norvegiyaning xalq san'ati bilan uzviy bog'liq bo'lgan ushbu sanʻatkorning milliy musiqasi bolalarni befarq qoldirmaydi, ularni oʻzining samimiyligi, haqqoniyligi, soddadilligi bilan o'ziga maftun qiladi.
Edvard Grigning jozibador, shoirona musiqasi maktab o'quvchilarini o'ziga jalb etib, qiziqtirib, ularni ijodiy faoliyatga chorlaydi. Boshlangʻich sinf bolalari ham ijodiy topshiriqlarni bajarishdan xursand: kuy bastalash, rasm chizish, sher toʻqish, insho-ertak oʻylab topish va uni ifodali aytib berish, yoki raqs ijro etib berish, va shunga o'xshash vazifalar. Yuqori sinflarda esa oʻquvchilar kompozitor musiqasiga hayolan ergashib, shimoliy mamlakat Norvegiya bo'ylab, musiqiy sayohatga chiqadilar, mavzu yuzasidan suhbatlar tashkil etadilar, referat va xabarlar tayyorlaydilar, ular uchun yangi bo`lgan kovpozitor asarlari bilan yaqindan tanishadilar. Bu kabi vazifalar musiqiy to`garak mashg`ulotlarida, ma'ruza-kontsert, mavzuviy uchrashuvlar va hokazolarda bajarilishi mumkin. Va albatta, multimediyali taqdimotlarning qoʻshib qoʻllanilishi musiqani idrok etishda, ya’ni asar tinglash jarayonida hayolda gavdalanadigan obraz, tasavvurlarni hamda asarning mazmun-mohiyatini toʻgʻri tushunib anglab yetishda koʻmaklashadi.
Shunday qilib, musiqa tinglash maktabdagi musiqa darslarida asosiy va keng qamrovli musiqiy faoliyat hisoblanadi. U “musiqiylik” tarkibiga kiradigan o'quvchilarning barcha qobiliyatlariga asoslanadi, shuningdek, ularning musiqiy tasavvur va bilimlar shaklida xotiraga singdirilgan o'tmish tajribalarini o'z ichiga oladi. Faqat maqsadli pedagogik rahbarlik bilan maktab o`quvchilari musiqiy san’atning yuqsak badiiy asarlarini tinglashga tayyor bo'lishlari mumkin. Shu bilan birga musiqa tinglash jarayonini tashkil etish o'qituvchidan tinglash faoliyatining psixologik asoslari va qonuniyatlarini bilishni talab qiladi. Bundan tashqari, ta'lim faoliyatining ushbu turi o'qituvchiga maqsadlar, strategiyalar va idrok etish natijalaridagi individual farqlarni, unga kiritilgan psixik jarayonlarning tabiatidagi farqlarni tushunish vazifasini qo'yadi. Bu farqlar ko'p sabablarga ko'ra, bulardan – oʻquvchilarning musiqiy qobiliyatlaridagi farqlardan ularning musiqiy ta'limi va tarbiyasidagi farqlarga, shuningdek shaxsning ijtimoiy-madaniy manfaatlari va ehtiyojlari darajasi va yo'nalishiga qarab yuzaga keladi


Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə