1-mavzu: Pedagogik faoliyatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni Reja



Yüklə 302,99 Kb.
səhifə1/22
tarix22.03.2024
ölçüsü302,99 Kb.
#181636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Pedagogika kasbiga kirish


1-mavzu: Pedagogik faoliyatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni
Reja:
1. Pedagog faoliyatining va jamiyat.
2. Pedagog faoliyatining vazifalari.
3. Pedagog faoliyatining ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni.
Pedаgogik fаoliyаt – bu o‘qituvchining o‘quvchilаrgа tа’lim vа tаrbiyа
berish, vаzifаlаrini hаl qilishgа qаrаtilgаn hаmdа pedаgogik tа’sir ko‘rsаtish
vositаlаri bilаn аmаlgа oshirilаdigаn professionаl fаolligidir. O‘qituvchi mаzkur
fаoliyаt jаrаyonidа o‘qitаdi, yo‘l-yo‘riqlаr ko‘rsаtаdi, tаrbiyаlаydi, o‘quv-tаrbiyа
ishlаrini tаshkil qilаdi, Mаmlаkаtimizdа olib borilаyotgаn oqiloni, аdolаtli
siyosаtni, milliy istiqlol g‘oyаsini mаzmun, mohiyаtini tаrg‘ibot qilаdi, o‘z
mаlаkаsini oshirish uchun mustаqil bilim olishni rejаlаshtirаdi, oqibаt nаtijаdа o‘zi
hаm kаmol topаdi, o‘quvchilаrni hаm kаmol toptirаdi.
Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik, teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak ma’no – mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, o’zini ham hurmat qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an’analarimizga ko’ra, insonning komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur o’rganib, uni boyitish, katta – kichikka ehtirom ko’rsatish borasidagi harakatlarida ko’zga ko’rinadi. Komillik darajasini har kim o’zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir shaxsning o’zidan ko’ra boshqalarga yaxshiroq ma’lum bo’ladi. Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bo’lgan inson. CHunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u xech narsaga erishmagan bo’ladi. Komil inson o’z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga yot, zararli g’oyalarni tarqatayotgan kimsalar ortidan ko’r – ko’rona ergashib ketavermaydi, ogoh va faol bo’ladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.
Ayniqsa, bizning mustaqil yurtimizda o’qituvchiga hurmat-e’tibor va unga quyilgan mas’uliyat ham nihoyatda oshib bormoqda. Bu o’rinda Respublikamizda 1 oktabrni «Ustoz va murabbiylar kuni» deb e’lon qilinganligini ta’kidlab o’tish joiz.
Ma’lumki, "shaxs va davr" yoki "davr va shaxs" munosabati muammolari tahlilida uchta holat bo’lishi mumkin: Birinchidan, shunday shaxslar bor - ular davr bilan hamnafas, o’zi yashagan zamonning yalovbardori sifatida namoyon bo’ladi.
Ikkinchi toifa shaxslar o’z davrining ruhi, maqsad va vazifalarini anglay olmaydi, ya’ni zamondan orqada qoladi.
Uchinchi toifa insonlar yetakchilar sanalib, ular voqelikdan o’zib ketadi, ayni paytda o’z davrining ruhini chuqur his etadi va anglaydi. Bunday shaxs hayotiy qarashlari, g’oyasi va faoliyat yo’nalishida kelajakni ko’ra oladi.
O’qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi. Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi.
Ikkinchidan yurtboshimiz so’zi bilan aytganda: «ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi», «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi... «ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi»
Xuddi shunday jamiyatimizning Milliy dasturda ko’zlagan maqsadlarga erishishi ta’lim-tarbiya tizimidagi ishlar samarasiga va avvalo, o’qituvchiga ham bog’liqdir. O’z davrining ruhini chuqur anglagan, kelajakni ko’ra bilgan shaxslarni tarbiyalash o’qituvchi tarbiyachilarning bosh vazifasidir. O’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga erishmog’imiz darkor. O’qituvchining bosh vazifasi: o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ularda tafakkur qirralarini shakllantirish va rivojlantirish eng muhim ta’limiy tarbiyaviy ish bo’lib hisoblanadi.



Yüklə 302,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə