Yuqori nafas yo’llariga yot jism tiqilganida birinchi yordam. Cho’kish



Yüklə 9,92 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü9,92 Kb.
#159636
  1   2   3
Tomoqqa narsa tiqilganda birinchi yordam

Yuqori nafas yo’llariga yot jism tiqilganida birinchi yordam. Cho’kish


Barcha insonlarda uchrashi mumkin boʻlgan patologik-kritik holatlardan biri – nafas yoʻllarida yot jism turib qolishi. Bunday vaziyatda shoshilinch yordam zudlik bilan koʻrsatilishi kerak boʻladi – bir necha soniyalar ichida.
Bunday vaziyat koʻpincha bolalarda kuzatiladi. Bu albatta bolakaylar tabiatining oʻziga xosligiga bogʻliq – ular ovqatlanish vaqtida oʻyin oʻynashga beriluvchan, gapirishga harakat qiladi, yoʻtal yoki aksa urishlari mumkin. Bundan tashqari bolakaylar tashqi atrof jismlarni oʻrganishda ularning taʼmini, mazasini bilish orqali harakat qiladilar, kichik oʻlchamdagi jismlar tasodifan nafas yoʻllariga oʻtib ketishi mumkin. Bolalar ogʻiz boʻshligʻi va himoya
reflekslarining toʻliq shakllanmaganligi tufayli bolalarda yot jism tushish ehtimoli yuqori hisoblanadi. 
Katta yoshdagi odamlar esa ovqatlanish vaqtida haddan ortiq koʻp taom isteʼmol qilishlari yoki suhbat qurishlari natijasida nafas yoʻllariga yot jism tushish mumkin. Bundan tashqari katta yoshdagilar spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan vaqtda nerv tizimi himoya reflekslari susayadi, natijada yot jism nafas yoʻllariga oʻtish ehtimoli ortadi.
Nafas yoʻllariga yot jism tushish sabablari
Ushbu patologiyaning oʻziga xosligi shundaki, yot jism koʻpincha ovqatlanish vaqtida nafas yoʻllariga oʻtib keladi. Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan belgilar 3 bosqichda yuzaga chiqadi:
  • Boshlangʻich bosqich. Toʻsatdan yuzaga keluvchi kuchli yoʻtal, koʻz yoshlanishi, yuz terisi qizarishi;
  • Belgilar kuchayish bosqichi. Yoʻtal yanada kuchli namoyon boʻladi, nafas olish deyarli roʻy bermaydi, ammo bemor nafas harakatlarini bajaradi, ogʻiz atrofida koʻkarish kuzatiladi;
  • Oxirgi bosqich. Nafas olish butkul toʻxtaydi, bemor hushini yoʻqotadi, qisqa vaqt ichida yurak ish faoliyati toʻxtaydi, klinik oʻlim holati kelib chiqadi.

Nafas yoʻllarida yot jism turib qolganda kuzatiladigan
simptomlar
Nafas yoʻllariga yot jism tushganligini bilgan odam birinchi yordam koʻrsatishda har bir soniyadan unumli foydalanadi. Chunki patologik holat qisqa muddat ichida yuzaga chiqadi va birinchi yordam koʻrsatish sifati bemor hayoti bilan baholanadi.

Yüklə 9,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə