Yuqori nafas yo’llariga yot jism tiqilganida birinchi yordam. Cho’kish


Birinchi yordam koʻrsatish algoritmi quyidagicha



Yüklə 9,92 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü9,92 Kb.
#159636
1   2   3
Tomoqqa narsa tiqilganda birinchi yordam

Birinchi yordam koʻrsatish algoritmi quyidagicha:
Bemorga “nima boʻldi?” savolini bering. Albatta siz bunday holatda ahmoqona koʻrinishingiz mumkin, ammo aynan shu savol yordamida bemor nafas olyaptimi yoki yoʻqmi, bilib olishingiz mumkin. Aynan, mana shu holat orqali keyingi taktikangizni belgilab olasiz.
Agar bemor umuman nafas olmayotgan boʻlsa unga “kuchliroq yoʻtal, yana yoʻtal, qani boʻlaqol” degan buyruqni bering – yaʼni bemorni hushini yoʻqotmaslik uchun, uni 
stimmulash uchun har qanday soʻz bilan himoya reflekslarini “uygʻoting”. Koʻpincha mana shu chora tadbirlar yordamida kichik oʻlchamdagi yot jismlar nafas yoʻllaridan chiqib
ketish uchun yetarli boʻladi.
Agar yot jism 30 soniya davomida chiqib ketmasa yoki bemor xuruj boshlangan vaqtning
oʻzida nafas olmaganligini sezsangiz Xeymlix usulini qoʻllash kerak boʻladi.
Nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi
yordam koʻrsatish
Bu usulni bajarish texnikasi quyidagicha:
Shikastlanuvchining orqa tomonida turing;
Uni ikki qoʻllaringiz bilan quchoqlang, oʻng qoʻlingizni musht qilib chap qoʻlingiz
bilan uni kuchli ushlab oling, qoʻllarni qorinning yuqori sohasiga qoʻying. Yoʻnalish yuqoriga va oʻzingizga torting. Nafas olish sezilsa – bu yot jismning nafas
yoʻllaridan chiqib ketganligidan dalolat beradi.
Xeymlix usuli
Eʼtibor bering: Xeymlix usuli yot jismning nafas yoʻllaridan chiqib ketguniga qadar yoki bemor hushini yoʻqotgunga qadar amalga oshiriladi. Agar shikastlanuvchi hushini yoʻqotsa, yot jismni chiqarishga qaratilgan harakat toʻxtatiladi va zudlik bilan oʻpka-yurak reanimatsiyasi amalga oshirilishi kerak.
Xeymlix usulini bolalar va homiladorlarda oʻtkazishning
oʻziga xosligi
1 yoshdan kichik boʻlgan bolalar nafas yoʻllariga yot jism tushganda birinchi yordam koʻrsatish: bolani qorin sohasi bilan bir qoʻlingizga oling, yuzi (boshi) sizning kaftingizda boʻladi, bolaning boshi tanasiga nisbatan pastroqda boʻladi. Soʻngra ikki kurak oraligʻi sohasiga ikkinchi qoʻlingiz kafti bilan 5 marotaba kuchli sirpanuvchi harakat bilan uriladi. Ikkinchi bosqich – bola yuzini yuqoriga qaratgan holda ikknchi qoʻlingizga oling, soʻngra soʻrgʻichlardan bir barmoq pastki sohaga, toʻsh ustiga 5 marotaba turtki beriladi. Amallarni bajarayotganda kuchli harakatlar qilmang, aks holda bolakay qovurgʻalarini sindirib qoʻyishingiz mumkin.
Agar yot jism bola ogʻiz-halqum sohasida paydo boʻlsa, u koʻrinib turgan boʻlsa – uni barmoqlar
yordamida olib tashlash zarur. Agar yot jism chiqmagan boʻlsa yuqoridagi chora tadbirlar qayta amalga oshirilari, yoki yurak urishi toʻxtagan boʻlsa darhol oʻpka-yurak reanimatsiyasi bajariladi.
1-8 yoshgacha boʻlgan bolalarda Xeymlix usuli bajarilishi: bolani oyoqlaringizni bukkan holda son
ustiga qoʻying. Qolgan amallar yuqoridagi tartib boʻyicha bajariladi.
Muhim savol: homilador ayollar nafas yoʻllariga yot jism tushganda ham qorin yuqori sohasiga kuchli bosiladimi? Bu amallar homilaga salbiy taʼsir etishi mumkinmi? Homilador ayollarga birinchi yordam koʻrsatish emizikli bolalardagi kabi bajariladi, yaʼni toʻsh osti sohasiga kuchli turtki beriladi.

Yüklə 9,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə