Yuqori nafas yo’llariga yot jism tiqilganida birinchi yordam. Cho’kish



Yüklə 9,92 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü9,92 Kb.
#159636
1   2   3
Tomoqqa narsa tiqilganda birinchi yordam

CHO’KISH BELGILARI
Cho’kayotgan odamda odatda quyidagi belgilar kuzatiladi:
  • Bosh suv sathidan pastda saqlanadi, og’iz suv ostida va faqat vaqti-vaqti bilan nafas olish uchun ko’tariladi.
  • Cho’kayotgan odam xalaqit berayotgan sochlarini to’g’irlamaydi, bir joydan boshqa joyga suzib ketmaydi, bir nuqtaga qaraydi — o’sha paytdagi nigohi «shishadek» bo’lib qoladi.
  • Orqaga tayanish yoki boshini tashlashga harakat qilib, qiyinchiliklar bilan nafas oladi.
  • Uning rangi oqarib ketadi, haqiqiy cho’kishda — og’iz va burun atrofida ko’pik bo’ladi.

  • Cho’kish haqida belgil beruvchi boshqa alomatlar ham mavjud, masalan titroqli nafas olish va varaja qilish, lekin ularni masofadan turib sezib bo’lmaydi.

CHO’KKAN ODAMGA SHOSHILINCH YORDAM KO’RSATISH
SUVNI CHIQARIB TASHLASH
Avvalo, o’pkadagi suvni chiqarib tashlash kerak. Buning uchun cho’kkan odamni tizza ustidan tashlab, osilgan holatga keltirish va bir vaqtning o’zida boshini ushlab turib, kuraklari orasiga bosish kerak. Agar bu foyda bermasa, jabrlanuvchining og’ziga ikkita barmoqni tiqib, tilning ildiziga bosish kerak.
SUN’IY NAFAS BERISH
Refleks boshlanishi va jabrlanuvchi o’zi mustaqil nafas ola boshlamagunicha daqiqasiga 12-14 marotaba nafas berish amalga oshirilishi kerak. Agar oldin chiqib ketmagan suv chiqa boshlasa, jabrlanuvchining boshi yon tomonga burish, qarama-qarshi tomondagi yelkasini esa ko’tarib qo’yish kerak.
Tayyorgarligi bo’lmagan kishi uchun eng oddiy sun’iy nafas berish «og’izdan og’izga» usuli hisoblanadi. Buning uchun jabrlanuvchi chalqancha qilib yotqiziladi, boshi orqaga tashlanib, og’ziga nafas berila boshlaydi, bunda uning burni barmoqlar bilan yopib turiladi.
BILVOSITA YURAK MASSAJI
Bunda qo’llarni ustma-ust qilib ko’krak qafasining pastki qismiga qo’yib, uni daqiqada 50-70 martalik chastota bilan ritmik tarzda bosish kerak.
Agar yordam bir kishi tomonidan amalga oshirilsa, 5 ta bosishga bitta sun’iy nafas berish to’g’ri kelishi kerak. Jabrlanuvchi nafas ola boshlaganda darhol tez yordam chaqirish kerak.
Yüklə 9,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə