O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi



Yüklə 154,81 Kb.
səhifə1/7
tarix26.08.2023
ölçüsü154,81 Kb.
#120971
  1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek marosim Munisa111


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI
MUSIQA TA’LIMI YO’NALISHI
O’ZBEK XALQ MUSIQA IJODI” FANIDAN


MAVZU: O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi

Bajardi: 4–“M” guruh talabasi Ibotova Munisa


Tekshirdi: Norova Shoira Umrzoqovna

Buxoro - 2020
O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi

Reja:
KIRISH

  1. Xalq fol’klorining umumnazariy yo’nalishlari

  2. Mavsumiy marosim va qo‘shiqlar haqida tushunchalar

  3. O‘zbek etnosiga xos to‘y marosimlari turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari.


XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


XALQ FOL’KLORINING UMUMNAZARIY YO’NALISHLARI
O‘zbek xalqi o‘z ildizlari bilan qadim - qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, xilma-xil musiqa janrlari hamda boy tasviriy vositalari bilan bizning davrimizgacha etib kelgan. Bundan tarixiy manbalar, boy va betakror qadimiy obidalar xabar beradi. O‘zbek xalq musiqasi yillar davomida o‘rganilib kelinmoqda. Masalan o‘zbek musiqa merosini to‘plash va nota vositasida nashr etilishida V.M.Uspenskiy, Y.Rajabiy, Ilyos Akbarov, M.Yusupovlarning mehnati beqiyosdir.
O‘zbek xalq musiqasini yozib olish va qayta ishlash, ilmiy – nazariy tadqiqot o‘tkazishda mutaxassis olimlar, jumladan, etnomusiqashunoslar - F.Karomatov, R.Abdullaev, S.Begmatov, O.Matyoqubovlarning olib borgan etnografik ekspeditsiyalari xizmatlari beqiyos.
O‘zbek musiqa madaniyati ikki qatlamga bo‘linadi:

  1. Xalq musiqasi.

  2. Og‘zaki an’anadagi professional musiqa.

O‘zbek musiqa merosining ko‘rsatib o‘tilgan har ikkala qatlami asrlar davomida og‘zaki an’ana tarzida, ya’ni nota yozuvlarisiz, og‘zaki ijod etish, og‘zaki o‘rganish va ijro etish orqali etib keldi. Olimlar musiqa merosining ana shu tabiatini inobatga olgan holda xalq musiqasi fol’klorining bir turii, aniqrog‘i – xalq og‘zaki ijodi sifatida ta’riflaydilar va unga nisbatan “musiqiy fol’klor”ii tushunchasini qo‘llaydilar. Fol’klor namunalari jonli ijro sharoitida yaratiladi, rivojlanadi, tarqaladi.
Xalq musiqasida har qanday xalq ijodi kabi mehnatkashlarning fikri, orzu - umidlari, ularning turmushi va axloqi gavdalanadi. O‘zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o‘rnining xilma-xilligi tufayli ikki guruxga bo‘linadi:
1. Ma’lum vaqt yoki ma’lum sharoitdagina ijro etiladigan kuy – aytimlar. Bularga oilaviy marosim, mehnat qo‘shiqlari, mavsumiy marosim kuy - qo‘shiqlari, diniy navolar hamda turli tantana, tomosha kabi marosimlarda ijro etiladigan cholg‘u kuylardir.
2. Istalgan vaqtda va har qanday sharoitda, ya’ni barcha joyda ijro etiladigan kuy va qo‘shiqlar. Bularga o‘zbek xalq musiqa janrlari: qo‘shiq, ashula, yalla, lapar, qarsak (turli xil) va shunga o‘xshash turli cholg‘u kuylari kiradi. (Barcha ko‘rinishdagi xalq janrlariga izoh beriladi.)
Xalq musiqasi tarkibin sinkretikiii san’atdir. Bunda so‘z, kuy va o‘yin mujassamlashgan. CHunki musiqiy fol’klorda xalq xatti-harakati, xususan, mehnat jarayoni, urf-odatlarga boy marosimlarni o‘tkazish uchun ko‘rsatib o‘tilgan uch unsur (so‘z, kuy, raqs) muntazam ravishda bir-biriga aloqadorligi ko‘rinadi va bu holat sayil va boshqa oilaviy bayram tantanalarida qaror topgan.




Yüklə 154,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə