O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi



Yüklə 154,81 Kb.
səhifə6/7
tarix26.08.2023
ölçüsü154,81 Kb.
#120971
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek marosim Munisa111

X U L O S A
O’quvchi-yoshlarni o’zbek xalq og’zaki ijodi vositasida tarbiyalash va kasbiy malakalarini takomillashtirish hozirgi kunda alohida etibor qaratiladigan dolzarb muammolardan biri sanaladi.
Zero, milliy qo’shiqlarni yuksaltirish orqali Vatanga, uning istiqboliga sadoqat, ishonch tuyg’ularini tarbiyalash imkoniyatlari katta.
Qo’shiq vositasida o’quvchilarda milliy tarbiyani shakllantirishda oldin xalq og’zaki ijodiga etibor qaratish lozim. Milliy tuyg’u so’zi faxr, iftixor, quvonch manolarini anglatadi. Bu so’zlar mumtoz qo’shiqlarda, she’riyatda, nasrda, faxriya, ballada va dostonlarda, xalq og’zaki fol’klor ijodida manodan sinonim sifatida foydalaniladi.
Milliy qo’shiqlar – muayyan millatning o’tmishidan, bugungi taraqqiyotidan, milliy qadriyatlaridan, shu makonda yashagan va jahon miqyosida tan olingan fan, ilm, din, adabiyot, San’at daholaridan, qomusiy olimlardan, xalq qahramonlari va davlat arboblarida g’ururlanish hissidir. Bo’lajak musiqa o’qituvchilarida o’zbek xalq qo’shiqlari orqali estetik didni shakllantirish va kasbiy malakasini tarkib toptirishda xulosa qilib shuni aytib o’tish kerakki, bunda ayniqsa ma’naviy yuksak qadriyatlarga ega bo’lgan o’zbek xalqining madaniy meroslaridan bo’lgan kuy va qo’shiqlaridan foydalanish alohida ahamiyatga molik.
Barchamizga malumki hozirda milliy musiqaning eng ommalashgan turi xalq og’zaki ijodidir. Shundan kelib chiqib, to’la ishonch bilan aytish mumkinki, musiqa darslari bo’yicha yaratilgan dastur va darsliklardan milliy kuy va qo’shiqlarimiz mustahkam o’rin oladi, bu aniqdir.
Yuqoridagi barcha mulohazalarni to’g’ri anglatirilishi o’qituvchidan keng masuliyat talab etadi. Muallim inson ruhining chinakam do’stiga aylanadi. Bugungi islohotlar sharoitida xalq uchun fidokorona xizmat qila oladigan ana shunday o’qituvchilar kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. I.A.Karimov. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, pirovard maqsadlarimiz”. – T. “O’zbekiston”, 2000 -112 b.
2. I.A.Karimov. “O’zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, 1-tom, Toshkent. “O’zbekiston”. 1996 y.
3. I.A.Karimov. “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin” 2-tom. Toshkent, “O’zbekiston”, 1996 yil.
4. I.A.Karimov. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”3-tom, Toshkent, “O’zbekiston”, 1996 yil.
5. I.A.Karimov. “Bunyodkorlik yo’lidan”. 4-tom. Toshkent. “O’zbekiston”, 1996 y.
6. Abdurahmonov A. Ma’naviyat ta’limdan boshlanadi. “Toshkent oqshomi”, 1995 yil 20-fevral.
7. Apraksina O. Maktabda musiqa tarbiyasi.-M.: “Musiqa”, 1975 yil. – 203 bet.
8. Begmatov S, Mamirov Q., Mansurov A., Ro’ziyev I., Karimova T. 6-sinf uchun musiqa darsligi. – T.: “O’qituvchi” nashriyoti, 2004 yil, - 86 bet.
9. Chet elliklar O’zbekiston haqida.-T.: “O’zbekiston” nashriyoti, 1972 yil, -103 bet.
10. Dastagul. Yangi dostonlar.-T.: 1965 yil. – 186 bet.
11. Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o’rni.-T.: 1979 yil.
12. Fozil Yo’ldosh o’g’li. Tanlangan asarlar.-T.: O’zdavnashr, 1949 yil, - 203 bet.
13. Ibrohimov O., Nurmatov H. 6-sinf uchun musiqa darslaridan metodik qo’llanma.-T.: “O’qituvchi”, 1995 yil.
San’atshunoslik fakulteti “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ibotova Munisaning “O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi deb, nomlangan mazkur kurs ishiga

ILMIY RAHBAR XULOSASI
Ma’lumki, o`zbek an’anaviy musiqasi o`tmishdan ikki yo`nalish, ya’ni bir-biridan paydo bo`luvchi, bir-birini to`ldiruvchi, shu bilan birga o`zining alohida xususiyatlari va sifatlariga ega bo`lgan yo`nalishlardan tashkil topgan. Shulardan biri, hayotiy mezon bilan bog`liq musiqa fol’klori bo`lsa, ikkinchisi, ana shu jonli jarayonning ijodkorlar tafakkuri bilan to`ldirilgan mumtoz musiqa yo`nalishidir. Shakllanish va ravnaqi yo`lida har ikki yo`nalish o`zining ichki qonuniyatlari, shaklu shamoili, ishlash uslubi, mavqei, joyi, vaqti, ijro an’analari va shu kabi qator xususiyatlarga ega bo`lgan. Har ikki yo`nalishda ham umumiy hisoblangan milliy an’analari bilan bog`liq tomonlari bo`lgani kabi, o`z yo`nalishiga xos uslublarni ifoda etadigan alohida jihatlari ham yo`q emas. Lekin ijodiy mezon, ijrochilik an’analari va talqin masalalarida e’tiborga loyiq o`ziga xoslik jihatlari talayginadir.
Xalqimizning istiqlolga erishishi munosabati bilan azaliy qadriyatlarimizni tiklash, o`z tariximizni, milliy urf-odat va an’analari-mizni, ma’naviy va shu jumladan badiiy merosimizni otroflicha o`rganish hamda undan bahramand bo`lish imkoniyati vujudga keldi.
Talaba Ibotova Munisaning O’zbek marosim musiqasi va uning urf- adat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi mavzusidagi mavsumiy marosim qo`shiqlari o`zbek xalq og`zaki badiiy ijodiyotining muhim qismini tashkil etgan. Mavzu va shakl jihatdan xilma-xil bo`lgan bu aytimlar o`zining ifodasiga ko`ra, “Mehnat qo`shiqlari” – “mehnat aytimlari”, “To`y marosim aytimlari”, “Mavsumiy marosim aytimlari” kabi turlarga ajratilgani ishda o’z aksini topgan.
4-kurs talabasi Ibotova Munisaning “O’zbek marosim musiqasi va uning urf- adat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi deb, nomlangan mazkur kurs ishini himoya qilishiga tavsiya etaman va qo’llab quvvatlayman.



Yüklə 154,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə