O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi



Yüklə 154,81 Kb.
səhifə3/7
tarix26.08.2023
ölçüsü154,81 Kb.
#120971
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek marosim Munisa111

SUS XOTIN
Qurg‘oqchilik munosabati bilan yomg‘ir chaqirish marosimida aytiladigan «Sus xotin»,»Talabi baron» «YOmg‘ir talab» qo‘shiqlari turli irimlar qadimdan qolgan turli animistik tushunchalar bilan bog‘langan. Bunga ko‘ra ikkita tayoqni bir-biriga ko‘ndalang bog‘lab, ayollar kiyimi kiydiriladi, boshiga ro‘mol o‘raladi. Osmondan yog‘in tilaydigan bu «Sus xotin» tasvirini-qo‘g‘irchoqni ayollar yuqoriga kutarib uyma-uyyurishadi, hammalari birgalashib qo‘shiq aytishadi. Xonadon egalari «Sus xotin» qo‘shig‘iini aytib kelgan kishilarga chelaklarda suv olib sepishadi, non, don, kabi turli narsalar berib ularni «rozi» qilishgan. Qo‘rg‘oqchilik, suv tanqis bo‘lgan davrlarda dala-dashtlarda yashagan deqhonlar tabiatga iltijo qilib, mo‘l hosil bo‘lishini orzu qilgan. Bu narsa qo‘shiqda o‘z ifodasini topgan.
Suv xotin- sulton xotin,
Ko‘lankasi maydon xotin.
Suv xotin- suvsiz xotin,
Ko‘ylaklari bo‘z xotin.
Havoni yog‘dirgin, suv xotin,
Bug‘doyni bo‘ldirgin, suv xotin,
Elni to‘ydirgin, suv xotin,
Suv xotin- sulton xotin.
Bunday qo‘shiqlar xalq orasida «Suv xotin», «Suz xotin»,»Sus xotin», «CHayla qazaq» nomlari bilan yuritiladi.
«Sus xotin» marosimi O‘rta Osiyo xalqlarining ham zardushtizim-otashparastlik diniga xos hosildorlik ma’budasi Noxit (Anaxita)ga sig‘inishi bo‘lib, ibtidoiy odatlardan biri hisoblanadi.

YO, RAMAZON
Turli urf-odatlar, marosim va irimlar bilan boglik bir kancha kushiklar yaratilganki bunga «YO,ramazon», «Barot keldi», «Safar kochdi», «Badik», «Buka-bukavoy», «Sust xotin», «Boychechak» kabilarni kursatish mumkin. SHulardan «YO, ramazon» eski yil kalendaridagi ramazon oyidagi bolalarning (ilgarigi zamonlarda kattalarning xam) xovlima-xovli yurib aytadigan kushiklar edi.
Sirtdan karaganda, «YO, ramazon» diniy mazmundagi kushiklarga uxshasa-da, ularga xonadon egasiga farzand kurish istaklar, ularning saxiy bulishi yoki baxilligi kabi motivlar ustunlik qiladilar. «YO, ramazon» kushiklari ijro etilganda, uning tahlili ravonligi, engil yumor bilan ko‘pchilik bo‘lib aytilishi ko‘zga tashlanadi. bolalar uyma-uy yurib, borgan xonadonlariga yaxshi niyatlar bildirilgan qo‘shiqlar ijro etishi bugungi kunda ham uchraydi.
O‘zbek xalqi etnik turmush tarzida to‘y, ma’raka marosimlari, ularning yuzaga kelishi bilan bog‘liq an’analar tarixiy asosga egadir. Matriarxatdan patriarxatgacha o‘tgan jarayonda nikoh va oila shakllarining paydo bo‘lishi, uy xo‘jaligining rivojlanish munosabati bilan monotam oila shakli vujudga kelishi, shakllanishi va ijtimoiy ahamiyat kasb etishida to‘y marosimlari, kelin-kuyov tartibining joriy bo‘lishida moddiy manfaatdorlik an’analari paydo bo‘lgan.
To‘y qadimdan uzoq davom etuvchi ham rasmiy va ham ramziy ahamiyatga ega marosim bo‘lib, ularning tarkibida bir necha urf-odat va udumlar vujudga kelgan, ularda yangi oilaning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq marosim qo‘shiqlari, raqslar, o‘yinlar, irim va udumlar ommaviy tadbir tantalarga aylanishi, pirovard natijada ikki yoshning yagona oila qurishi, avlodlar davomiyligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan yakunlanishi to‘g‘risida juda ko‘p etnografik ma’lumotlar mavjud.
To‘yning etnomadaniyat merosidagi yorqin go‘zal an’ana bo‘lib, har bir xalqning to‘y marosimlarida uning ichki madaniyati, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari o‘z ifodasini topgandir.
O‘zbek xalqi etnomadaniyatida “Xatna”, “Sunnat” to‘ylarining kelib chiqishi ham uzoq tarixga ega.. “Xatna”, “Sunnat” to‘ylarining asl mohiyati bir bo‘lib, ular o‘zbek aholi etnik guruhlarida o‘ziga xos o‘tkazish tartiblariga ega. “Xatna” to‘ydan oldin “Maslahat oshi” keyin “Qozon qurar” so‘ngra esa “Xatmi qur’on” qilib xayriya oshi berilishi va nihoyat asosiy to‘y bazmi, to‘y marosimidagi mehmondorchilik, turli taomlar pishirilishi, bolalar tomonidan o‘ynaladigan an’anaviy “Quloq cho‘zma”, “Oq suyak” va kattalar tmonidan o‘ynaladigan “Ko‘pkari”, “Uloq”, “Kurash” o‘yinlari ularga beriladigan sovrinlarni xatm qilinayotgan bolaning ota-onasi, amaki va tog‘olari tomonidan hadya etilishi, to‘y bazmi nihoyasiga eta boshlagan paytda “Bolaning qo‘lini halollash” – xatna qilish marosimi uyushtiriladi. Bu marosimda bolaning eng yaqinlaridan tashqari, shu oilaga yaqin bo‘lgan yoru-do‘stlar, mehmonlar ishtirok etishadi.
O‘zbek etnosiga xos to‘y marosimlari shartli ravishda oila qurish, ikki yoshning boshini qovushtirish bilan bog‘liq an’ana, go‘dakning dunyoga kelishi bilan bog‘liq an’ana inson shaxsiy hayoti va maishiy turmush jarayonida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni nishonlash bilan bog‘liq an’ana inson muayyan balog‘at yoshiga etganligi shukronasi bilan bog‘liq an’ana kabi turlarga ajratiladi.
Inson vafoti munosabati bilan o‘tkaziladigan “Xudoyi”, “Ehson”,”Ziyorat”, “Mushkulkushot”, “Mavlud””Bibi Seshannnba”, “Momo oshi” marosimlari, ularning ma’naviyg‘ma’rifiy ahamiyati, ijtimoiy-ma’naviy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy ma’raka marosimlari , ularni o‘tkazishda mahalla fuqarolar yig‘ini va oqsoqollar kengashining faoliyati ham muhim rol o‘ynaydi.
Zamonaviy axborot vositalari va madaniyat o‘choqlarida xalq marosimlari bilan bog‘liq madaniyat tadbirlari, spektakllar, badiiy filmlar va ko‘rsatuvlar tashkil etilishining ahamiyati kattadir. Zamonaviy to‘ylar, yubileylar, ulug‘ insonlar tug‘ilgan qutlug‘ sanalar ham ijtimoiy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Jumladan “Payg‘ambar yoshi” marosimi , uning ma’rifiy-ma’naviy ahamiyatini alohida ta’kidlash mumkin. Umuman to‘ylar – mamlakat tinchligi,obodonchiligi va xalqparvarlik siyosatining madaniy-ma’rifiy ramzi sifatida namoyon bo‘ladi
Insonning yashash va hayot kechirish tarzi,urf-odatlar, marosimlar, bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p qo‘shiqlar yaratilgan. Marosimlar, odatlar turli tuman bo‘lganidek, bularga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ham xilma-xildir. Qo‘shiqlar xalqning oilaviy bayramlarini. Marosimlarini bezab kelgan. marosim bayramlarida kishilar o‘yin-kulgu qilganlar., dam olishgan, yangi mehnat faoliiyatiga ilhomlanganlar.

Yüklə 154,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə