O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi



Yüklə 154,81 Kb.
səhifə4/7
tarix26.08.2023
ölçüsü154,81 Kb.
#120971
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek marosim Munisa111

TO‘Y KO‘SHIKLARI
To‘y juda qadim zamonlardan beri kishilar hayotida muhim voqea bo‘lib kelgan. Xalqning ma’naviy boyligi to‘y-tomoshalarda namoyon bulgan. To‘y marosimlari- beshik to‘yi, xatna to‘yi, yosh to‘yi, uylanish to‘yi singari xilma-xil bo‘lganidek, uning qo‘shiqlari ham turli tumandir
Kiz uzatar kechasida aytiladigan qo‘shiqlardan biri «yor-yor»lardir. «YOr-yor» qo‘shiqlari musiqiyligi, ma’lum cho‘ziq ohangda ko‘pchilik bo‘lib kuylanishi, naqoratlari bilan ajralib turadi. «YOr-yor» qo‘shiqlarida asosan qiz o‘stirgan ota-onaning ta’rifi, orzulari, uzatilayotgan qizning madhiyasi- go‘zalligi, chevarligi,. Qizga turmush haqidagi nasihatlar, o‘nib-o‘sishi, serfarzand bo‘lishi haqidagi tilaklar tashkil qiladi. «YOr-yor» qo‘shiqlari respublikamizning hamma erida ham keng tarqalgan va asosan ayollar ijro etishadi.
Ayrim joylarda erkaklar tomonidan xam aytilishi mumkin. Kelin salom. Kelinchakni kuyovning yakin qarindosh-urug‘lari bilan tanishtirish marosimida kelinsalom yoki betochar qo‘shiklari aytiladi. An’anaga ko‘ra kayvoni (dasturxonchi) kelinni tushadigan uyga darvozadan olib kirishdan boshlab aytadi. Uy egalari, to‘yga kelganlar esa «alik salom» deb javob qaytaradilar.
Buxoro va Samarqand viloyatida an’anaviy «salomnoma»lar o‘qiladi. «Kelin salomda» kayvoni kuyovga qaynata, qanana hamda tog‘alari, ammalari, xolalariga salom berganda ta’rif-tavsiflar orasida hazilnamo gaplarni qo‘shib chatib yuboradi.
«Kelin salom»ga qatnashgan ayollar bundan rohatlanib, kuladilar. Tanqidiy hazil ham, kulgi ham beg‘ubor, bundan hech kim xafa bo‘lmaydi. Aslida «Kelin salom»da aytiladigan qo‘shiqlar avvaldan ijod qilingan esa-da, kayvoni tilidan guyo yangi kelinning qarindoshlari tabiatiga mos tushadigan qilib, hozirgina ijod qilinganday tuyuladi. Ko‘p erlarda «Kelin salom» uch satrdan, Farg‘ona vodiysida to‘rtliklardan tashkil topadi. Asosan, avvalgi ikki satr o‘zaro kofiyadoshdir.
Kayvoni: Bog‘ orqasidan yo‘l bergan,
Xamyonidan pul bergan
Qaynatasiga salom.
Ayollar: Alik salom.
Kayvoni: Suv kechgani eringan,
Ug‘il tug‘ib kerilgan,
Qaynanasiga salom.
Ayollar: Alik salom.
Kayvoni: Ariqdagi zulukday,
Qoshi-ko‘zi pilikday,
Qoqib qo‘ygan ilikday,
Ovsiniga salom.
Ayollar: Alik salom.
Kayvoni hazilomuz kelin salomlarni birvarakay to‘kib, odamlarni kuldirib, aytaveradi. Berilayotgan tavsiflar nomi tilga olingan kishini to‘la tasavvur etishga yordam beradi:
Tomga bosgan buyraday,
o‘ o‘zadagi pechakday,
YUrishlari to‘raday,
Qayrilmachoq gajakday,
Kuyov yigitga salom.
Ochilgan gul pechakday
Ayrim erlarda kelinga qarindosh bo‘lmish kishilarning, shuningdek, to‘yda astoydil xizmat qilganlarning nomlari birma-bir aytiladi:
Boquvdan chikkan otdek,
Ikki beti banotdek,
Habibulloga salom.
YAna xalq orasida kuyov tomonidan kelin tomonga atab, shuningdek, kelinnikiga kuyov navkarlari bilan kelganlarida qiz tomonidan aytiladigan «xush kelibsiz», shuningdek, «To‘y muborak» qo‘shiqlari ham bo‘lib, ular hozir ham keng tarqalgan.
O‘zbek marosim fol’klorida oilaviy maishiy marosimlardan biri nikoh to‘yi bilan bog‘liq fol’klor namunalari tashkil etadi. nikoh to‘yi marosimlari va uning fol’klorini boydir. Nikox marosimlari bilan bog‘liq ravishda jar (chorlovlar), ulan, lapar, yor-yor, kelin salom, kuyov salom, to‘y olqishlari kabi mustaqil fol’klor janrlari mavjud.
Respublikamizning shahar va qishloqlarida ijro etiladigan, lapar janrlari va uning xususiyatlari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Laparlar nikohdan bir-ikki kun oldin kelin bo‘lib tushadigan qizning uyida ijro etilgan. Bu marosim turli erlarda «Kiz okshomi», «Kizlar majlisi», «Kiz oshi», «Lapar kechasi», «Kizlar bazmi», «Lapar tuyi» kabi turli tuman nomlar bilan yuritiladi.
Lapar to‘yi tadbiri to‘y marosilarining nikohlargacha bo‘lgan tarkibiy qismi hisoblanadi. Odatda kizning (kelinning) yangalaridan biri maxsus yasatilgan otga minib, orqasiga 11-12 yoshli bolani mingashtirib, yoki piyoda holda qishlog‘i va to‘ydosh yaqin qishloqlarni aylanib, lapar kechasiga xabar qiladi. Bunda ashulachi, o‘yinchi, laparchi qiz juvonlarni taklif kilishga alohida e’tibor beriladi.
Yigitlar va yosh yalanlar qizlar bazmining oxirida, ya’ni uning lapar aytishish qismida ishtirok etadilar. Qiz bilan yigitlar tarafma-taraf turib, oshiqona g‘azal-baytlar aytishganda, xuddi so‘z bilan tortishmachoq o‘ynaganday bo‘ladi. Bu bazmda qizlar va yigitlar tomonidan ikki kishi sal oldinga chiqib lapar aytishadi.
Odatda, tuyga atab, qizning otasi ikki-uch juft kavush olib qo‘yadi. Lapar aytuvchi shulardan bir poyini ushlab turib lapar boshlaydi va qizlar to‘dasidagi laparchi qizga uzatadi. Ular ham o‘z navbatida lapar bilan javob berib, haligi bir poy kavushni ro‘paradagi laparchi yigitga olib kelib beradi. shu tariqa yangidan-yangi laparchilar urtaga tushaveradi.
Lapar bilan qiz va yigitlar bir-birlariga muhabbat izhor etib, tanishgan va ahdi-paymon qilishgan. O‘z yurak dardlarini muzikasiz ma’lum ohangda ashula qilib aytishgan. Bordi-yu lapar aytayotgan yigit bilan qiz bir-birin yoqtirib qolsa, lapar aytib turib bir-birlariga sovg‘a berishgan.
Masalan, yigitlar ko‘pincha kavush bilan birga tanga, so‘m bersalar, qizlar qiyiqcha, dastrumol, atir, sovun va shu kabi narsalarni kavushning ichiga solib qaytarishgan.
Qiz bazmida ko‘pdan beri aytilib kelingan laparlar takror aytilar va yangilari ham ijod qilinardi. Odatga ko‘ra, bazmdan avval ziyofat beriladi, mash’ala yoqiladi, sung o‘yin boshlanadi, keyin laparga o‘tiladi.
Lapar Toshkent atrofi tumanlarida, Janubiy Kozog‘iston o‘zbeklari orasida keng tarqalgan. Laparni ko‘p biluvchilarni laparchi deganlar. Ayrim to‘ylarga maxsus laparchilar xam chaqirilgan.
Lapar raqsbop kuyga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘yin-raqs bilan ijro etiladi. Laparni odatda ikki qo‘shiqchi dialog shaklida ijro etadi. Uning matnlari asosiy ishqiy-lirik yoki didaktik yumoristik yoki hazil she’rlardan tashkil topadi.
Masalan: Sochingni qora deydilar,
Qorasoch ukam yor-yor,
Ko‘rsat sochingni bir ko‘rayin,
Jonim ukamey yor-yor.
Bu misolda yigit-qiz o‘rtasidagi dialog bir xil kuyning takrorlanishida ijro etiladi. Dialog teksti har xil kuyga asoslanishi ham mumkin. Bunday paytda matnning ikkinchi “javob” bandi qo‘shiqning birinchi va har bir keyingi “savol” bandidagi ohangni rivojlantiruvchi kuy tuzilmasiga mos keladi. SHuningdek, Xorazmda raqs jo‘rligida yakka ijrochi aytadigan qo‘shiqlar ham lapar deyiladi. Garchi mazmunan bir xil bo‘lsa-da, laparning har ikki turi qo‘shiqdan o‘z kuyining raqsbopligi bilan farqlanadi.
Ayri m hududlarda “Lapar” termini o‘lan deb yuritiladigan dialog shaklidagi to‘y marosim qo‘shiqlariga nisbatan ham qo‘llaniladiki, bu aytishuv kelin bilan kuyov tomon vakillarining har bir guruhida alohida-alohida unison xor sifatida ijro etilishi yoki yakkaxonlar dialogi tusida bo‘lishi mumkin.


Yüklə 154,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə