O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi


Mavsumiy marosim va qo‘shiqlar haqida tushunchalar



Yüklə 154,81 Kb.
səhifə2/7
tarix26.08.2023
ölçüsü154,81 Kb.
#120971
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek marosim Munisa111

Mavsumiy marosim va qo‘shiqlar haqida tushunchalar
Insoniyat madaniy-ma’naviy hayotida tabiat bilan bog‘liq maydonga kelgan marosimlar va bayramlar talaygina. Bular albatta tabiatga sig‘inish va undan bahramand bo‘lish ta’sirida marosim va udumlar shakllangan.
Tabiat bilan bog‘liq bayramlar, jumladan “Navro‘z” – tabiat bilan bog‘liq qadimiy marosim asosida shakllangan bayramdir. “Navro‘z bayrami tarkibida tabiat bilan bog‘liq, xalq urf-odat va udumlari, qarashlari, ekologik tarbiya an’analari o‘z ifodasini topgandir.
Mavsum bilan bog‘liq xalq an’analari yuzaga kelishi uchun ehtiyoj ularning insonlar turmush tarziga singib ketishiga maishiy hayot va diniy tasavvurlarning o‘rin olishi, avlodlar hayot kechirishi tajribasi sinovidan o‘tib, an’ana darajasiga etgandir.


MAVSUM QO‘SHIQLARI
«Devonu lug‘otit turk» asarida berilgan og‘zaki ijod namunalarining ko‘pchiligi mavsum qo‘shiqlari va tabiat tasviri lirikasi janrlariga mansub qo‘shiqlar sirasiga kiradi. Bu qo‘shiqlarda qadim zasondagi kishilarning tabiat hodisalari haqidagi tushunchasi va bu hodisalarga munosabatini ifodalaydi. Ularning tabiat hodismalarini yaxshi va yomon ruhlar bilan bog‘lash kabi qarashlari yil fasllari haqidagi tushunchalarida ham yaqqol ko‘rinadi. Yilning bir fasli ularni shodlantirsa ikkinchi fasli g‘oyat g‘am-g‘ussaga soladi. Qish fasli uchun etarli oziq -ovqat, em-xashak jamg‘ara olmaganlar, qattiq qishda qiyinchilikka duch kelsa, yoz fasliga ijobiy qarab, qishga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lganlar va yoz faslini quvonch bilan qarshi olsalar, qishni dahshat va musibat keltiruvchi fasl deb hisoblaganlar. Natijada qish va yoz fasli qo‘shiqlarda bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan.
Qish yoy bilan to‘qishdi,
Qinir ko‘zunug‘ baqishti.
Tutish qali yaqishti,
O‘tg‘olimat o‘g‘rashur.
Mazmuni: Qish bilan YOz to‘qnashdi.
Qing‘ir ko‘z bilan bir-biriga qarashdi.
(Bir-birini) tutib olishga intilishdi.
(Bir-birini)yutishga tirishar edilar.
Qish bilan YOz munozaralashib, ulardan har biri o‘z fazilatlari bilan maqtanib, ikkinchi tomonni kamsitadi.
Masalan: Qish YOzga aytadi.
Qish yoyg‘iru suvlanur,
Er at manin yavruyur,
Iklar ema savriyur,
Atyin taqi tagrishur.
Mazmuni:Qish YOzga qarshi baqirib-chaqirib
so‘z boshladi:
Odamlar va qoramollarning eti menda
pishadi, mustahkamlanadi.
Menda kasal kamayadi.
Odamlarning go‘shti qotadi, o‘zlari
quvvatli bo‘ladi.
YOz esa Qishga shunday dedi:
Balchiq baliq yugurulur,
Jig‘ay yovuz yigrilur,
Arinchaklari ug‘rulur,
O‘ zg‘ich bila avrishur.
Mazmuni: Loy balchiq hamma yoqni qoplaydi,
Kambag‘al , yupin kishilar qiynalib,
mashaqqat chekadilar.
Barmoqlar sovqotib,
Og‘iz eli bilan (tuflab) isitadilar.
Bu kurashda qish «engiladi», yoz g‘alaba qozonadi. Tabiat go‘yo qaytadan jonlanadi, qirlar gilamga o‘xshash maysa-ko‘katlar bilan qoplanadi, tog‘lardagi qor- muzlar eriydi, suvlar oqa boshlaydi, turli-tuman gullar ochiladi, er yuziga chiroy bag‘ishlaydi. Tabiatdagi bu jonlanish kishilarni nihoyatdaa zavqlantiradi, yozning g‘alabasi kishilarning g‘alabasiga aylanadi, kishilar yozni o‘z qo‘shiqlarida kuylaydilar.Mavsum qo‘shiqlari ko‘pincha lapar aytib, o‘yinga tushib ijro etilgan. Tunning qisqarib, kunduzning uzayishi borishi qorong‘ulik kuchlari ustidan yorug‘lik kuchlarining g‘alabasi deb qaralgan. Bahor shodiyonasi an’analari rivojlanib, Navro‘z bayrami tusini oladi.. Bu bayramda qo‘shiq va o‘yinlar bilan birga kurash va masxarabozlik kabi xalq o‘yinlari ham keng namoyish etiladi.
Devonda mehnat qo‘shiqlari, marosim va qahramonlikka oid qo‘shiqlar bilan birga ishqiy, axloqiy-ta’limiy she’rlar va maqollar ham bor. Bu qo‘shiq va maqollarda sevgi -sadoqat, insoniy fazilatlar ulug‘lanib, kishilarni or-nomusli, mard va shijoatli bo‘lishga undaydi.
Ko‘rking tonug‘ o‘zuna,
Tatlig‘ oshig‘ azinqa,
Tutg‘il qonuk ag‘irlig‘
Jazsun javing buzunqa.
Mazmuni : Ko‘rkam, chiroyli to‘ning o‘zingga,
SHirin ovqatingni boshqalarga ata.
Qo‘noqlarni hurmatla,
Toki shuhrating el-yurtga taralsin.
Qazg‘an alih tuzumlik,
Qolsin jaqing yaranqa.
Mazmuni: Nomim o‘chmasin desang, yaxshi
xulqlarni egalla.
Asizliging anunma,
Tilga chiqar azgu so‘z.
Mazmuni: YOmonlikka ko‘nikma, faqat yaxshi
so‘zlardan so‘zla.
Quyida berilagan maqol va hikmatli so‘zlar uzoq hayot tajribasi asosida vujudga kelgan xalq donishmandligining ifodasidir.
Quriq qoshiq og‘izga jaramas,
Quriq so‘z quloqqa jaqishmas.
(Quruq qoshiq og‘izga yoqmas,quruq so‘z quloqqa)
Sabanda sangdirali bolsa,
Ortirgo‘nga irtish bolmas.
(Er haydash vaqtida puxtalik bo‘lsa, xirmonda anglashmovchilik bo‘lmaydi.)
Devondagi qo‘shiqlar, maqollar va hikmatli so‘zlar ko‘pchilik olimlarning, jumladan K. Brokkelman, A.Fitrat, T.Jalolov, S.Mutalliboev, A.Qayumovlarning e’tiroficha ularning ko‘pchiligi barmoq vaznidadir.
Xullas, «Devonu lug‘otit turk» dagi qo‘shiq, maqol va hikmatli so‘zlar turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlar bilan birga o‘zbek xalqining ham qadimgi mushtarak adabiy yodgorligidir.
Insonning yashash va hayot kechirish tarzi,urf-odatlar, marosimlar, bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p qo‘shiqlar yaratilgan.Marsimlar, odatlar turli tuman bo‘lganidek, bularga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ham xilma-xildir. Qo‘shiqlar xalqning oilaviy bayramlarini. Marosimlarini bezab kelgan. marosim bayramlarida kishilar o‘yin-kulgu qilganlar., dam olishgan, yangi mehnat faoliiyatiga ilhomlanganlar.
Kishi hayotidagi birinchi qo‘shiq, bu mehribon ona allasidir.


ALLA
Allalar-beshik qo‘shiqlarining keng tarqalagn an’anaviy janri hisoblanadi. Jahonda biror xalq yoki millat yo‘qki, ularni tilida alla kuylanmasa. Ruslarda «bayki», «bayushki»,turkmanlarda «huvdilar» ozarbayjonlarda «lay-lay», tatarlarda «alli-balli», atamalari bilan mashho‘rdir. Alla qo‘shiqlari ijtimoiy-estetik qimmatiga ko‘ra ikki vazifani bajaradi: birinchisi bolalarni uxlatish, («alla» so‘zining lug‘aviy ma’nosi ham allalash-ovutib, avaylab uxlatish)dan iborat. Bunday allalab ovutish yoki uxlatish kuylash jarayonida namoyon bo‘ladi. Xuddi shu asnoda ikkinchi vazifasi-tarbiyaviy-estetik mohiyati namoyon bo‘ladi. bu bolani kuy og‘ushida hayot bilan tanishtirish. Alla qo‘shiqlari bola tarbilashda faqat Markaziy Osiyodagina emas, O‘rta va YAqin SHarq mamlakatlarida yashovchi xalqlar orasida muhim ahamiyat kasb etgan.
Turkiy xalqlar o‘rtasida «balu-balu» nomi bilan yuritilganligiga oid ma’lumotlarni M.Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida ham keltirib o‘tadi. Alisher navoiy ham Farhodning beshikdagi ahvolini shunday tasvirlaydi:

Arusi charx tun-kun doya kirdor,


Bo‘lib har tavri holidin xabordor.
Beshik davrida chiniyu xitoyi
Bo‘lub yuz no‘sh lab doston saroyi.
Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu,
Anga uyqu keturmakka navogo‘.
SHoir alla aytuvchini «navogo‘» deya ta’riflayotir. CHunki, o‘sha davrda oliy tabaqalarda bola tarbiyasi alohid enagalar tomonidan amalga oshirilganligi tufayli ular orasida allago‘ylik-navogo‘ylik ma’lum darajada takomillashganligini e’tirof etadi..
Allalar odatda bola uch yoshga etguncha aytiladi. Allalarda onaning mehri daryoligi, bag‘ri kengligi, mehribonligi aks etib turadi. Ba’zi allalarda bolani o‘rab olgan mo‘hitning ifodasi bo‘rtib turadi., rus xalqi allalarida bolani uni o‘rab olgan muhit bilan tanishtirishga ko‘proq e’tibor qaratiladi va turli-tuman qushlar, hayvonlar poetik maqtovida ularning ham salbiy, ham ijodiy xususiyatlarini ko‘rsatishga harakat qilinsa, o‘zbek xalqi allalarida esa, asosan, beshik yoki belanchakning maqtovi bilan cheklanganlar hayvonlar, qushlar va hashoratlar poetik ta’rifidan tarkib topgan allalar yo‘q hisobi. Ammo, o‘zbek allalarida hayvonlarning bolalari, qushlar nomi bilan aloqador erkalash ohangi bor:bolalar qo‘zichoqqa, toychoqqa, bo‘taloqqa, bulbulga, lochinga qiyoslanib e’zozlanadi. Bunday qiyoslash aslida o‘sha jonivorlarga bo‘lgan samimiy munosabatlar zamirida tabiiylik kasb etgan.
Bulbul kushning bolasi,
Alla, qo‘zim, alla.
Daraxt bo‘lar uyasi,
Alla, bolam, alla.
yoki: Bulbul sayrar yozina, alla-yo alla.
Qulluq qush ovozina, alla-yo alla.
Manim bulbul shu o‘g‘lim, alla-yo alla.
Quloq qo‘ysin ovozima, alla-yo alla.
Allachilikning eng takomilllashgan namunasi voqeaband allalr bo‘lib, bunday allalar yagona syujetga bo‘ysungan, hayotiy voqealarning biror lavhasi natijasida vujudga kelgan kayfiyatlar tasvirini beradi.
Voqeabandlik xususiyatlarini yumoristik allalarda, shuningdek, yig‘i allalarida ham ko‘rish mumkin
Past-pastgina tepadan
Toydim tushdim-o, alla,
Qo‘limga qaychi olib-o,
Senga qo‘zichog‘im-o,
CHopon bichdim-o, alla.
Parokanda allalar o‘zbek onalari allasida ko‘p uchraydi. Ularning muxim xususiyati- yagona syujt asosida qurilmaganligi.Har bir parokanda band o‘zicha mustaqil tugal mazmunga ega.Lekin bunday mustaqillik faqat tashqi belgi, chunki mazmun mantiqi, baribir bolaga qartilganligi bandlarni yagona bir ipga tizadi, buni vazn, qofiya, radif va hatto naqarot kabi badiiiy-tasviriy komponentlar kuchaytiradi.
Saharlar o‘yg‘onarman,
Turib sanga suyararman.
Suyanganim san o‘zing,,,.
Rahm qil manga, qo‘zim,
Alla-yo alla.
Bola uchun allaning so‘zi emas, kuyi yoqimli. CHunki u hali so‘z anglamaydi. Alladagi so‘zlar esa ona uchun muhim ular- ona qalbining nidolari.Alla qo‘shiqlarining bir ko‘rinishi heyalar bo‘lib, uni asosan erkaklar kuylashadi. SHu sababli heyalar erkaklar allasi deyishadi. Heyalar chorvachilik bilan bilan shug‘ullanuvchi o‘zbeklar orasida keng tarqalgan. Zotan ayollar uy-ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘lganda bolani ovutish, uxlatish erkaklar zimmasiga tushgan. SHunday kezlarda otalar yoki bobodar bolani tizzalari olib, tebratish muvozanatiga mos ohangda heya aytib uxlatganlar, ovutganlar.
Heya, bolam, heyang qani?
Buvang bergan tuyang qani?
Buvang bergan tuyang bo‘lsa,
Boqib yurganlaring qani?

yoki: Bolam, senam botirim,


CHopib kelayotirim,
CHo‘pon bo‘lsang qo‘ylarga,
Boqarsan o‘tloq-soylarga,
Heya, bolam, heya.
O‘zbek allalari xalq etnografiyasi va etnopedagogikasini o‘rganishda qimmatli manba hisoblanadi. Ularda bolalik bilan bog‘liq qator rasm-rusumlar ifoda etilgan.

Yüklə 154,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə