O’zbek xalq musiqa ijodi” fanidan mavzu: O’zbek marosim musiqasi va uning urf- odat, turli hodisa va tadbirlar bilan bog’liqligi



Yüklə 154,81 Kb.
səhifə5/7
tarix26.08.2023
ölçüsü154,81 Kb.
#120971
1   2   3   4   5   6   7
O\'zbek marosim Munisa111

LIRIK QO‘SHIKLAR
Xalqning eng yaxshi orzularini ifodalagan, yuksak insoniy fazilatlarni boy va chuqur kechinmalarda aks ettirgan, yakka holda va jamoa bo‘lib, ma’lum kuy bilan ijro qilinadigan qo‘shiqlarga lirik qo‘shiqlar deb aytiladi. Mavzu jihatdan rang-barang bulgan lirik qo‘shiqlar inson qalbidagi tuyg‘u va hislarni keng yoritadi. Xalqning lirik qo‘shiqqlariga xos xususiyat shuki, ularda mehnatkash xalqqa xos kamtarlik, poklik, samimiylik ravshan aks etadi.
Beqasam to‘nlar kiyib,
Muncha meni kuydirasan.
Har zamonda bir qarab,
O‘lmay turib o‘ldirasan.
Bunday qo‘shiqlar o‘zining dilraboligi. yoqimli ohangi, tasviriy usul va vositalarning xilma-xilligi bilan inson ruhiy dunyosini aks ettiradi.
Mashhur «Tanavor» qo‘shg‘ida esa ishq o‘tida o‘rtangan yorning arz-dodini eshitasiz. Kizning dardchil kuyida, faryod chekishida zamonning bevafoligidan shikoyat, hijron, ayriliq dardiga davo topolmay kuyib kul bo‘lganligi o‘z ifodasini topadi.
Qora sochim o‘sib qoshimga tushdi, do‘st yor,
Na savdolar mening boshimga tushdi,do‘st yor,
Borib ayting o‘shal bevafo yorga, do‘st yor,
Tanamdan o‘t chiqib, bag‘rim tutashdi, do‘st yor.
Fikrni savol-javob yuli bilan timsoliy shaklda ifodalagan «Gul o‘yin» deb nomlangan qo‘shiqda sevishgan ikki yurakning bir-biriga arzi hol aytishi tabiat go‘zalligi tasviri orqali beriladi.
-Men yurgan ovchi bo‘lib,
Miltiqlab otib olsam,
YOr, anda na qilgaysan?
CHorvadorlar orasida ancha keng tarqalgan «CHo‘pon yigit bilan qiz aytishuvi»da ham inson hayoti va tabiatning murakkab hodisalariga ishora qilinadi.
Kiz: Sarala qoplon sen bo‘lib,
CHayir mergan men bo‘lib,
Otib olsam qaytasan?
CHo‘pon: CHayir mergan sen bo‘lsang,
Kapcha ilon men bo‘lib,
CHaqib olsam qaytasan?
YUqoridagi aytishuvda xalq fikr-o‘ylari, orzu-umidlari mantiqiy dalillarda boy, goyat tiyran ifodalanadi.
Oddiy xalq o‘rtasida hajviy qo‘shiqlar ham uchraydi. Bunday qo‘shiqlarda piching, zaharxanda kulgu, kinoya muhim o‘rin tutadi
O‘rgimchakday to‘r yoygan,
Mix yutganday g‘o‘daygan,
Bo‘lisi «Omon bo‘lsin»!
Qo‘lida urma qamchi,
Sur tulkiday aldamchi,
Mingboshi «Omon bo‘lsin»!
Lirik qo‘shiqlar ko‘pchilik hollarda birgina to‘rtlikdan, ba’zan esa, bir necha to‘rtlklardan tashkil topadi. xalq qo‘shiqlarida, ayniqsa, ular ma’lum kuy bilan aytilganda, kupincha naqarot qo‘llanadi. Naqarotlar rang-barangdir:»Kadamingda gullar ochilsin», «CHamanda gullar ochildi-yo», «o‘ayro-g‘ayro dam badam, oromijonim qaydasan» va boshqalar.
YUkorida keltirilgan qo‘shiqlar xalqning nafosat haqidagi orzulari, tushunchalari, badiiy ifodalangan. O‘zbek xalq qo‘shiqlari davr bilan ham nafas bo‘lib rivojlanadi, hayot qomusi sifatida avlodlarni tarbiyalashda qimmatli manba bo‘lib keladi.


Yüklə 154,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə