Xususiyatlari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#108928
  1   2
xorazm-dostonchilik-san-atining-o-ziga-xos-xususiyatlari



XORAZM DOSTONCHILIK SAN’ATINING O

ZIGA XOS 
XUSUSIYATLARI 
 
Yusupboyev Mardon Shonazar o‘gli 
Umida Kurbanova 
 
Аннотация:
Ushbu maqolada Xorazm dostonchilik an’analarining o‘ziga xos 
xususiyatlari hamda dostonchilik san‘atining inson ma‘naviyatini shakllantirishdagi 
o‘rni va ahamiyati haqida atroflicha tahlillar berilgan.
Kalit so‘zlari
: Doston, baxshi, ijrochilik, an’analar, ma’naviyat, musiqa. 
 
СВОЕОБРАЗИЕ ХОРЕЗМСКОГО ИСКУССТВА ДАСТАН 
 
Юсупбоев Мардон Шоназар угли 
Умида Курбанова 
 
Аннотация:
 
В данной статье всесторонне раскрывается и 
анализируется традиции народного творчество (дастан) Хорезма и взгляды по 
развитию музыкального искусство.
Ключевые слова

Дастан, бахши, исполнительство, традиции, 
духовность, музыка. 
 
CHARACTERISTICS OF KHOREZM DASTAN ART 
 
Yusupboyev Mardon Shonazar o‘gli 
Umida Kurbanova 
 
Abstract:
This article comprehensively analyzes revealed and tradition of folk 
art (epos) Khorezm and views of scientists and thinkers of Central Asia for the 
development of musical art 
Key words
: Dastan, bakhshi, performance, tradition, spirituality, music. 

O‘zbek dostonchiligi juda qadimiy va mo‘tabar ma’naviy meros nishonasidir. 


Xalq ijodiyoti, san’at insonning ma’naviy kamolotida alohida o‘rin tutadi. Barcha 
san’atlarning rivoji negizida xalq og'zaki ijodi turadi. Insoniyat paydo bo‘lganidan to 
bugungi kunga qadar san’atning adabiyot, qo‘shiqchilik kabi turlarida xalq og'zaki 
namunalardan foydalanib kelinmoqda. Ushbu namunalarning eng go'zal turi-bu 
baxshichilik san’atidir. San’at inson dunyoqarashini va tafakkurini boyitibgina 
qolmay, uni ezguliklar, yaxshiliklar, go‘zalliklar olamiga boshlaydi. Inson umrini 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
71
http://oac.dsmi-qf.uz


hayotini kuy-qo‘shiqsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Zero, san’at inson ma’naviy 
faoliyatining eng muhim qirralaridan biri, bunyodkorlikka undovchi buyuk va 
qudratli kuchdir. [1.B.3.] 
Bugungi kunda baxshichilik va dostonchilik san’atini mamlakatimizda va 
xorijda keng targ'ib etish, ustoz baxshilar, dostonchilar, soha olimlari iqtidorli yosh 
baxshilarni, moddiy va ma’naviy qo'llab-quvvatlash maqsadida, Vazirlar 
Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 304-sonli qarori bilan, baxshichilik va 
dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish, hamda takomillashtirish bo'yicha, 2018-
2022- yillarga mo'ljallangan “Yo'l xaritasi” tasdiqlangan. “‘Yo'l xaritasi”da nazarda 
tutilgan chora tadbirlarning to‘liq va sifatli bajarilishini nazorat qilish, mas’ul 
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda 
muvofiqlashtirish rejalashtirilgan. 
O‘zbek baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob na’munalarini asrab 
avaylash va rivojlantirish, uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at 
turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik va 
birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy 
munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kenggaytirish maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilning 1-
noyabr kuni “Xalqaro baxshichilik san’ati” festivalini o‘tkazish to‘grisida qaror qabul 
qilinib, bunda festival tadbirlari orasida mazkur soha olim va amaliyotchilarining 
ijodiy uchrashuvlarini uyushtirish zarurligi belgilab berildi. Shu munosabat bilan 
“Jahon sivilizassiyasida baxshichilik san’atining o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy 
konferensiya tashkil etildi. Ushbu ilmiy konferensiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad, 
baxshichilik hamda dostonchilik san’atini yanada rivojlantirish, o‘zbek va boshqa 
xalqlarning dostonlarni ilmiy o‘rganish, bu borada ilmiy hamkorlik qilish, madaniyat 
va san’at sohasidagi qolaversa ma’rifat sohasidagi hamkorlikni xalqaro miqiyosda 
kenggaytirushdan iboratdir. 
Dostonlarda xalqimiz badiiy tafakkurining juda boy va qadimiy an’analari 
mujassam. Baxshi - qo‘shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-
avlodga yetkazuvchi san’atkor, xalq dostonchisi. Baxshi xalq turmushi va 
madaniyatini, o‘zi yashab turgan yurt tarixini va biror soz chalishni bilishi, hofizlik 
san’atini puxta egallagan bo‘lishi kerak. U jonli xalq tilining turli shakllaridan, so‘z 
o‘yinlari va qochirimlaridan, xalq maqollari va iboralaridan unumli foydalana olishi 
lozim. Tinglovchilarni rom etuvchi ohang topa bilish, dostonni jozibali va qiziqarli 
qilib aytish doston aytishning asosiy talablaridan. Bu esa o‘z navbatida tabiiy 
iste’dod, kuchli idrok, muntazam ravishda qunt va chidam bilan mashq qilishni talab 
etadi. Ona yurtga sadoqat, muhabbat, do‘stlik, birodarlik, mard va jasur bo‘lishlik, 
qahramonlikni tarannum etuvchi xilma-xil mazmundagi dostonlarni baxshilar sevib 
kuylaydilar. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
72
http://oac.dsmi-qf.uz


Xorazm dostonchiligi repertuar tarkibi jihatidan o‘ziga xos xususiyatga ega. 
Epik asarlarni elga yetkazishda O‘zbekistonning deyarli barcha yerlarida yakka 
ijrochilik hukmron bo‘lsa, Xorazmda, asosan, jamoaviy ijrochilik yetakchilik qiladi. 
Xorazm dostonchiligi o‘zining qadimiy ildizlari, betakror uslub hamda shevasi
yorqin va jozibali kuy-qo‘shiqlari bilan ajralib turadi. Doston aytuvchilarni qadim 
Xorazmda oshiq, baxshi, go‘yanda, ayollarni xalfa deb yuritishgan. Baxshi so‘zi fors 
tilidagi “baxshidan” so‘ziga yaqin bo‘lishi kerak. “Baxshidan” so‘zini o‘zbekchaga 
tarjima qilganda “bag‘ishlamoq”, “kechirmoq” ma’nolarini bildiradi. Haqiqatan ham, 
baxshilar bir voqeaga bag‘ishlangan dostonlarni o‘z boshidan kechirganday qilib, 
san’atkorlik bilan ijro qilib kelganlar.[2.B.296.] 
Xorazm dostonchiligining boshqa uslublardan farqi uning musiqiyligi, qo‘shiq 
matnlarining keng rivojlanganligi, ko‘pchilik turkiy xalqlarda bo‘lgani kabi Xorazm 
dostonlari ravon avjlari, serjilo cholg’u muqaddimalari, parda va tovushqator 
o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. Eng nodir jihatlaridan biri shundaki, betakror uslub 
hamda shevasi, boy murakkab va ayni chog‘da mushtarak adabiy-musiqiy voqelikdir.
Xorazm yo‘lidagi “Go‘ro‘g‘li”, “Avazxon”, “Baziryon” dostonlari tarkibidagi 
kuy va qo‘shiqlar o‘z salohiyati jihatidan maqomlardan yoki qo‘shiqlardan hech 
qolishmaydi.
Xorazm dostonchiligi 2 ta asosiy “Shirvoniy” va “Eroniy” maktablardan tarkib 
topgan. Ikkala uslubning umumiy xususiyatlari shundan iboratki, baxshilarning 
aksariyati tom ma’noda savodxon bo‘lib, ular hikoyani bir parchasini so‘zlab 
bergandan so‘ng qo‘shiqqa navbat kelganda she’r to‘qib badihago‘ylik qilmaydilar, 
balki dostonni barqaror musiqiy matnini yodlagan bo‘lib, o‘rnida ishlatadilar. Ba’zida 
uning qo‘lyozmasini yonida olib yuradilar va ijro davomida undan foydalanishlari 
ham mumkin. 
Shirvoniy uslubdagi baxshilar doston nomalarini qanday atalishini yaxshi 
bilsalar ham ko‘pincha birovga aytishga sir tutadilar. Eroniy uslubdagilari esa ba’zida 
hikoya davomida, she’r matni kelgan joyda, nomani nomini ham qo‘shib aytib 
ketadilar. Shirvoniy uslubdagi baxshilar dutor, bulomon yoki g‘ijjak, doira jo‘rligida 
doston aytsalar, eroniy uslub baxshilari dostonni asosan, dutor bilan ijro etadilar. 
Shuningdek, dramatik mungli xususiyati, sodda musiqiy vazni, vazmin ijrosi va turli 
sakrama harakatlari bilan shirvoniydan farq qiladi. [3.B.12] 
Eroniy uslub dostonchilik an’analarining bosh xususiyatlaridan biri baxshi 
asosan dutor bilan doston aytadi. Ko‘pincha unga bulamonchi yoki g‘ijjakchi jo‘r 
bo‘ladi. Ayrim hollarda baxshi yakka o‘zi, yonida sozandalarsiz xaloyiq oldiga chiqib 
doston kuylayberadi.
Xorazm dostonchilik maktabi o‘z an’analariga ega bo‘lib, boshqa mahalliy 
dostonchilik maktablaridan farq qiladi. Xorazm dostonlari “ochiq ovoz” dagi ijrosi, 
serjilo cholg‘u muqaddimasi, parda va tovushqator o‘zgarishlari bilan ajralib turadi. 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
73
http://oac.dsmi-qf.uz


Xorazm dostonchiligi rivojiga Ahmad baxshi, Qurbonnazar Abdullayev (Bola 
baxshi), Ro‘zimbek Murodov, Qodir baxshi Jumaniyozov, Otaxon baxshi 
Matyoqubov, Jumaboy Xudayberganov, Qalandar baxshi Normetov, Norbek baxshi 
Abdullaev kabi ,baxshilarning hissasi kattadir. 
Xorazmda o‘ziga xos baxshichilik maktabini yaratgan insonlardan biri 
Qurbonnazar Abdullaevdir (Bola baxshi). Qurbonnazar Abdullaev “Avazxon”, 
“Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Go‘ro‘g‘li”, “Bozirgon”, “Xirmon dali”, “Oshiq 
Mahmud”, umuman 40 ga yaqin dostonlarni yoddan bilgan. Qurbonnazar 
Abdullayevga (Bola baxshi) 1938 yilda “O‘zbekiston xalq dostonchisi” unvoni 
berilgan. Bunday unvonga u O‘zbekistonda birinchi bo‘lib sazovor bo‘lgan edi.
Xulosa qilib aytganda, zamonlar o‘tib texnika odamlar hayotiga chuqur kirib 
borsada, baribir inson milliy ma’naviyatga suyanadi. Folklor san’atimiz o‘tmish, 
bugun va kelajak. Xalqimizning o‘ziday donishmand, ulug‘ va boqiy bu meros 
o‘zbek nomini har yerda va har doim ulug‘laydi. Chunki asl folklor asarlari mag‘zida 
inson kamoloti uchun xizmat qiladigan g‘oya yotadi.U xalqning boqiy tarixini o‘zida 
aks ettiradi.
Ushbu noyob san’atning noyob na’munalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, 
uni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor 
tuyg‘ularini kuchaytirish va dunyo xalqlari o‘rtasida xalqaro madaniy aloqalarni 
yanada mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Baxshichilik va dostonchilik san’atininig 
tarixi, baxshilar va dostonchilar ijodini mukammal o‘rganish, bu borada fundamental 
tadqiqotlar olib borish, unitilayotgan dostonlarni qayta tiklash, va kelajak avlodga 
yetkazish lozimdir.
Baxshilar ijrolarini audio, video tasmalariga yozib olish, ular ijodini kitob holiga 
keltirish, Xorazm dostonlarini notaga olish, shu dostonlardan imkon darajasida 
filmlar yaratishni yo‘lga qo‘yish, dostonchilik maktablarini rivojlantirishdagi asosiy 
vazifalardan biridir. Zero, adabiyot, she’riyat, musiqa va tomosha kabi birqancha 
san’at turlarini o‘zida mujassam etgan dostonlar tarbiya vositasi bo‘libgina 
qolmasdan, madaniy merosimizning noyob durdonasidir. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə