Kirish Zamon shiddat bilan oʻzgarayapti, sanoat ilmga asoslanishi kerak Shavkat Mirziyoyev



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə1/16
tarix01.06.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#115039
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Usmonjonov Elbek 651-19


Kirish
Zamon shiddat bilan oʻzgarayapti, sanoat ilmga asoslanishi kerak - Shavkat Mirziyoyev

Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.


Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali it-mutaxassislar bilan ta'minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda.
Xususan, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga oʻqitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi oʻquv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta'lim muassasalarining it-kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Mavzuni dolzarbligi: Xozirgi kunda axborot texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Internet texnologiyalarining yaratilishi turli manbalardan tez va oson yo‘l bilan axborot olish imkoniyatlarini xamma uchun oddiy fuqarodan tortib yirik tashkilotlargacha misli ko‘rilmagan darajada oshirib yubordi. Davlat muassasalari, fan-ta’lim muassasalari, tijorat korxonalari va alohida shaxslar axborotni elektron shaklda yaratib-saqlay boshladilar. Bu muhit avvalgi fizikaviy saqlashga nisbatan katta qulayliklar tug‘diradi. Saqlash juda ixcham, uzatish esa bir onda yuz beradi va tarmoq orqali bor ma’lumotlar bazalariga murojaat qilish imkoniyatlari juda keng. Axborotdan samarali foydalanish imkoniyatlari axborot miqdorining tez ko‘payishiga olib keldi. Biznes qator tijorat soxalarida bugun axborotni o‘zining eng qimmatli mulki deb biladi. Bu albatta ommaviy axborot va hamma bilishi mumkin bo‘lgan axborot haqida gap borganda o‘ta ijobiy xodisa. Lekin pinxona (konfidensial) va maxfiy axborot oqimlari uchun internet texnologiyalari qulayliklar bilan bir qatorda yangi muammolar keltirib chiqardi. Internet muxitida axborot xavfsizligiga taxdid keskin oshadi:
- Axborot o‘g‘irlab qo‘yish;
- Axborot mazmunini buzib qo‘yish, egasidan iznsiz o‘zgartirish;
- Tarmoqqa va serverlarga o‘g‘rincha suqilib kirish;
-Tarmoqqa tajovuz qilish;
-Avval qo‘lga kiritilgan transaksiya(amallarning yaxlit ketma-ketligi)larni qayta yuborish, "xizmatdan yo axborotga daxldorlikdan bo‘yin tovlash", jo‘natmalarni ruxsat berilmagan yo‘l orqali yo‘naltirish.
Ma’lumki, xozirgi kunda web-sahifalarni va tizimlarni yaratish eng zamonaviy dasturlashlardan xisoblanadi. Bir necha yil avval ko‘plab web-sahifalarini yaratuvchilar statistik ma’lumotlargagina qo‘llar edilar. Web-sahifalar HTML-fayllardan tashkil topib, foydalanuvchi o‘z brauzerini ishga yuklar va o‘qiy olar edi.
Sekin asta web-tarmoqida foydalanuvchilar bilan aloqa uchun formalar yaratilib, qidiruv funksiyalari hamda o‘zaro axborot almashinish imkoniyatlari yaratila boshlandi, lekin sahifaga murojat qiluvchiga statistik ma’lumotlar avvalgidek ko‘rinishda ifodalab berildi. Kompyuterdan foydalanuvchi o‘z shaxsiy ish rejalariga ega bo‘lib, bu ishlarni, ya’ni elektron pochtani tekshirish, ko‘rish rejalarini tartibga solish kabilarni shu web sahifa asosida amalga oshiradi. Xatto ba’zi bir maxsus ma’lumotlarni tarmoq orqali mijozga namoyish etish uchun ham sahifa ko‘rinishida uzatilib beriladi.
Agar biz web-sahifalarini tayyorlovchi sifatida asosan HTML, JavaScript va grafik dizaynerlik bilan shug‘ullansangiz yoki biz dasturchi bo‘lsak, lekin web-dasturlash texnologiyasi bilan tanish bo‘lmasak u xolda bu fan (soxa) biz uchundir. U sizga yuqori eng zamonaviy yo‘nalishda qadam qo‘yishingizga yordam beradi. PHP tili Perl, ASP va Java tillari bilan bir qatorda dinamik web-sahifalarni yaratishda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
Insoniyat rivojlanishining zamonaviy bosqichi axborotning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatining beqiyos o‘sishi bilan tavsiflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi pochat jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish xamda pochta jo‘natmalari, pensiya va nafaqalar, davriy nashrlarni etkazib berishda bir biri bilan o‘zaro uzluksiz bog‘langan pochta aloqasi ob’ektlari va pochta yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarorida “Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi” tasdiqlandi. Ushbu kompleks dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-O‘zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturi:
-«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxati
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi.
«Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi komplekslari va ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha tadbirlar va loyihalar ro‘yxatidan xam ko‘rinib turibdiki, axoli va tadbirkorlarni barcha tashkil etiladigan axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari bilan bog‘lash yagona davlat interaktiv xizmatlari va davlat organlari saytlari orqali amalga oshiriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xar bir korxona muassasada faoliyat olib boruvchi xodimlar o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari talab qilinadi. Xar bir lavozimning o‘ziga xos bo‘lgan vazifalari mavjud. Bu vazifalar lavozim yo‘riqnomalarida to‘la ko‘rsatib berilgan.
Axborot texnikasiga birmuncha torroq doiradagi texnik vositalarni, chunonchi: “qog‘ozli” va “elektron” axborot bilan, uning hamma turlari va ko‘rinishlarida ishlash uchun foydalaniladigan vositalarni kiritish mumkin.
Axborot texnikasi ilg‘or boshqarish tizimlarining moddiy bazasini tashkil etadi. Insoniyat turmush tarzining rivojlanishi yangi- yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Inson yangilik yaratish jarayonida har-xil to‘siqlarga duch keladi va shu to‘siqlarni engib o‘tish mobaynida yana yangi kashfiyotlar vujudga keladi. Lekin, xayot tajribalaridan ma’lumki, ko‘pincha yangi kashfiyot ma’lum bir muammoni xal qilish jarayonida yuzaga keladi.
Davr talabiga ko‘ra bugungi kunga kelib kompyuter texnologiyasi juda rivojlanib ketdi. Ma’lumotlarni boshqarish, ayniqsa, xozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumotlarni boshqarish tizimlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Katta xajmdagi ma’lumotlar bazasi va axborotlar ustida ishlashga to‘g‘ri kelayapti. Jamiyat taraqqiyotida yuz berayotgan jadal o‘zgarishlarning bir qismi bo‘lgan informatika sohasida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir shunchalik kuchliki, axborot texnologiyalarida bo‘layotgan o‘zgarishlar yillar ichida emas, balki oylar ichida o‘zgarib va boyib bormoqda.
Yangi axborotlar texnologiyalarining yoki kompyuter texnologiyalarning paydo bo‘lishi bu sohadagi hizmat qilish usulini tubdan o‘zgartirdi. Yaqin – yaqinlargacha biror masalada kompter yordamida yechish uchun algoritmlarni, dasturlash tililaridan birini, dasturni kompyuter xotirasiga kiritishni, uning xatolari-yu natijani taxlil qilishni bilish talab etilar edi. Bu ishni faqatgina mutaxassislargina amalga oshirar edilar. Ammo, bu sohada mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilar sonining kundan-kunga ko‘payishi jamiyat oldida ma’lum qiyinchiliklarni tug‘dirdi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari – bu kompyuterlarni qo‘llash, foydalanuvchilarning ( dasturlash sohasida kasb egasi bo‘lmaganlarning ) axborot jarayonida keng ishtirok etishiga, do‘stona foydalanuvchi interfeysning yuqori darajasiga, umumiy va muammoviy belgilanishdagi amaliy dasturlar paketini keng qo‘llashga, EHM ning hisoblash tarmoqlari tufayli foydalanuvchini uzoqlashtirilgan ma’lumotlar bazalari va dasturlariga kirishga asoslangan texnologiyalardir.
Zamonaviy axborot texnologiyalari ijtimoiy rivojlanishning sanoat davridan jahon ko‘lamidagi axborot davriga o‘tishning asosidir.
Hozirgi paytda yangi axborot texnologiyasi sohasida dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy dasturlar yaratish va sozlash uchun quvvatli va qulay vositalarni tashkil etadi.
O‘zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intelektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Axborot texnologiyalarining turli vositalariga ehtiyoj mamlakatimizda kundan-kunga ortib bormoqda.
Bugungi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni, Internet xizmatlariga kirib borishni rivojlantirish va zamona-viylashtirish respublikamizda ustuvor o‘rinlarga chiqmoqda.
Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o‘rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O‘zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta’sirchan choratadbirlar natijasida 2019 yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog‘onaga ko‘tarilib, 52 o‘rinni egalladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo‘llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə