Kirish Zamon shiddat bilan oʻzgarayapti, sanoat ilmga asoslanishi kerak Shavkat Mirziyoyev


Havo me’yoriy harorati va namligini saqlash



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə14/16
tarix01.06.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#115039
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Usmonjonov Elbek 651-19

4.3. Havo me’yoriy harorati va namligini saqlash .


Kompyuterda ishlash kislorodning kontsentratsiyalanishi pasayishiga, azonning ko`payishiga bu esa o`z navbatida xavo atmosferasi tarkibidagi azonni chegaraviy qiymatlaridan ham oshishiga olib kelishi mumkin. Havoning ionli tarkibi buziladi. O`quv xonasida agar kompyuterlar yoqilgan va hech kim bo`lmasa, manfiy ionlar miqdori chegaraviy qiymatdan oshib ketishi mumkin, bu esa odamlar kayfiyatini yomonlashuviga, bosh ogrigining paydo bo`lishiga, ishlash kobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Havo tarkibidagi ionlarning mumkin bo`lgan chegaralari quyidagicha:

  1. Xonada foydalanuvchilar bo`lsa, xavo organik tabiatli antropogen moddalar va uglerod dioksidi bilan ifodalanadi. Shu sababli exmni xonalarda hamma iqlimiy sohalar uchun optimal xarorat namlik rejimini ta’minlovchi oqimli suruvchi ventelyatsiyaga ega bo`lish tavsiya etiladi.

  2. Harorat va nisbiy namlikning optimal va chegaraviy parametrlari.

Oqimli suruvchi ventelyatsiya bo`lmagan vaqtda xavoning maishiy konditsionerlarni unumdorligiga mashinalardan, odamlardan, quyosh radiatsiyasidan, sun’iy yoritish manbalaridaan bo`ladigan ortiqcha issiklik miqdoriga bog`lik ravishda o`rnatiladigan konditsionerlarning sonini hisoblash mumkin. Hisoblashlar ventelyatsiyalar bo`yicha muxandis tomonidan hisoblanishi kerak. Konditsionerlar me’yor qiymatidan oshmaydigan shovqinni hosil qilmasligi kerak. Konditsionerlar ishlayotgan vaqtda xona eshiklari yopiq bo`lishi kerak. Oqimli suruvchi ventelyatsiya va konditsionerlar bo`lmagan vaqtda xonani har bir tanaffusda va har qanday xavoda shamollatishni tashkil etib turish kerak. Agar ob-xavo sharoitlari yo`l qo`ysa, darslarni ochik derazalari xonada ham o`tqazish mumkin.
Kompyuterli xonalar yuqori shovqinli va vibratsiyali xonalardan (mashina zallari, gimnastika zallar, musiqa maxsulotlari uchun kabinetlar, ustoxonalar va h.k.) Shuningdek koʻcha magistrallaridan, katta transport qatnovi ko`chalaridan uzoqroq bo`lishi kerak. Kompyuter xonalarida shovqin darajasi 40, xavo isitish tizimi, ventelyatsiya va konditsioner ishlaganda esa 35, o`quv mashg’ulotlari vaqtida esa shovqin 50 dan oshmasligi kerak.
Shovqinni pasaytirish maqsadida kompyuterli xonalarda 63 - 8000 gts chastotali soxada tovushni yutuvchi yuqori ssamarali materiallar ishlatilishi mumkin. Xonada tovushni yutuvchi qo`shimcha vosita bo`lib derazalardagi og`ir, zich darpardalar xizmat qilishi mumkin.
Ular devordan 15 – 20 sm masofada osilgan bo`lishi kerak. Bunday parda eni deraza enidan 2 marta katta, bir xil rangda va o`quv xonasi rangi bilan mos tushgan bo`lishi kerak.
Har xil polimer materiallar ishlatilgan kompyuterli xonalarda olib borilgan gigienik tadqikotlar shuni ko`rsatadiki, xavoga har xil fenol, formaldegid, xlorli vinil ammiak, toluol, hokazolarga ega ekan. Ular mumkin bo`lgan chegaraviy ta’sir ko`rsatish, uni mexnat qobiliatini pasaytirissh mumkin. Havo haroratini oshishi xona havo muxitidan ximik moddalarni mavjudligi bir xil darajada sezilmaydigan yoqimsiz xid tug`diradi. Bu moddalar kontsentratsiyasi ob – xavo sharoitlari, tashqaridagi havo xarorati, atmosfera bosimi, shamolni tezligi va xona derazalariga yo`nalishi va hokazolar bilan aniqlanadi. Yomg`irli ob - havoda tashqi havo haroratini ko`tarilishida suruvchi ventelyatsiya ishi yomonlashadi.
Shu sabalarga ko`ra, kompyuterli xonalar devorlarini bezashda xavoga zararli ximik moddalar va birlashmalar ajratuvchi sintez sintetik materiallardan foydalanishga yo`l qo`ymaydi.
Yong`in - odamlarning hayoti va sog`liqiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdеk, atrrof tabiiy muxitga zarar еtkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish.
Yong`in va portlashning asosiy sababi va turlari:
Yong`in xafvsizlik qoidalariga amal qilmaslik.;
Fuqarolarning layoqdsizligi, e`tiborsizligi;
Elektr simlarining nosozligi;

XULOSА
Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish davomida sotuv tizimi haqida yanada koʻproq ma’lumotlar oldim va loyiha ishimda yaratilayotgan dasturiy ta’minotimda ushbu tizimni oʻzida mujassamlashtirib ketishga harakat qildim.
Bitiruv malakaviy ishim “Safo wate” korxona markazini savdo jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy taʼminot yaratishga bagʻishlangan. Va ushbu savdo tarmog’i yaratilgan dasturiy ta’minotdan foydalanib kelmoqda. Ishda maʼlumotlar bazasi toʻgʻrisida umumiy tushunchalar, tovarlarni kirim-chiqimlar, tovar qoldiqlari, tovar miqdorlari, buxgalteriya xisobotlari va hisoblari va ularning turlari koʻrib chiqilgan.
Dastur 1C platfotmasi asosida yaratildi, bundan maqsad 1C platformasi biznes jarayonlardagi muammolarni yechish uchun eng qulay boʻlgan platformadir. Foydalanuvchilarni ish jarayonini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida boshqarishni koʻzda tutadi. Dastur intefeysi 1C muhitida ishlaydi. Dasturda axborot xavfsizligiga katta eʼtibor berilgan boʻlib “Postgressql” MBBT dan foydalanildi. Xar bir ishchi hodim uchun login parol berish imkoniyati mavjud. Dasturda har xil qoida buzarliklarni oldi olingan.
Dastur barcha hisob kitoblarni nazorat qilish bilan birga korxona xodimlari va rahbarlarini vaqtini tejaydi. Ikki-uch kunlab tayyorlangan hisobotlar endi birgina tugmani bosish orqali soniyalar ichida olinmoqda.
Ixtiyoriy paytda turli xil operativ hisobotlar olish imkoniyati mavjud boʻladi. Ish jarayonini toʻliq nazorat ostiga olinadi. Undan tashqari foydalanuvchi–xodimlarga katta qulayliklar yaratiladi.
Bitiruv malakaviy ishda avtomatlashtirilgan dasturiy taʼminotni axborot tizimlari atroflicha koʻrib chiqilgan. 1C dasturlash muxitini oʻrnatish va ishga tushirish usullari va turli-xil yoʻllari taxlil qilingan.
Ushbu bituruv ishida maʼlumotlar bazasi haqida maʼlumot va ularning turlari. Mbbtda ishlash texnologiyasi asoslari, muammoning qoʻyilishi, maʼlumotlarni kiritish va taxrirlash, maʼlumotlar bazasining asoslari, maʼlumotlar bazasini loyixalash, Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) nazariyasi, haqida maʼlumotlarni toʻplash, saralash berilgan va oʻrganilib chiqilgan. Buxgalteriya xisobotlari va xisob schyotlari xaqida maʼlumotlar xam berib oʻtilgan. Аvtomatlashtirilgan axborot tizimlari, dasturning yaratilishi, dasturning ishlatilishi va koʻrinishi, dasturning modul qismi yaʼni dasturiy qismi, mehnatni muxofaza qilish va texnik xavfsizligi masalalari koʻrib chiqilgan.
Chet el dasturlaridan farqli ravishda ushbu dasturda oʻzbek tili mavjud boʻlib bu oʻrganish oson boʻlishini ta’minlaydi.
Kirish qismidagi iqtibos, prezidentimiz takidlaganlaridek “zamon shiddat bilan oʻzgarayapti, sanoat ilmga asoslanishi kerak” ilmni hayotda qoʻllay olishimiz, har bir biznes jarayon uchun biz oʻzimiz dasturiy mahsulotlar ishlab chiqa olsak oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun ham kata foyda keltirgan boʻlamiz desam mubolag’a boʻlmaydi.


Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə