Kirish Zamon shiddat bilan oʻzgarayapti, sanoat ilmga asoslanishi kerak Shavkat Mirziyoyev


-rasm. Dasturning sozlamalar oynasi



Yüklə 4,36 Mb.
səhifə12/16
tarix01.06.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#115039
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Usmonjonov Elbek 651-19

3.3.10-rasm. Dasturning sozlamalar oynasi.
dasturni sozlamalar boʻlimida ma’lumotlar xavfsizligi uchun ya’ni ma’lumotlarni koʻrish, oʻzgartirish, oʻchirish uchun parollar oʻrnatish kabi tizim sozlamalari mavjud.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan funksionlliklar oxirgi paytda keng qoʻllanib kelinayotgan va asosiy funksiyalari hisoblanadi bundan tashqari dastur 1000 dan ortiq funksiyalarni oʻz ichiga oladi.
IV.BOB. MEHNАT MUHOFАZАSI VА TEXNIKА XАVFSIZLIGI

4.1. Mehnat muhofazasi tushunchasi.


Mazkur bitiruv malakaviy ishi orqali yaratilgan dasturdan ham bevosita kompyuter yordamida foydalanilganligi bois uning inson salomatligi va mehnat faoliyatiga ta’siri yuzasidan bir qator muhim ma’lumotlar keltirib oʻtaman.
Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli, u bilan bog`liq masalalarni o`rganishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Hozirgi vaqtda inson - tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi.
Hayot faoliyat xavfsizligi – inson va uning salomatligi uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta`minlashga qaratilgan texnikaviy sanitar–gigienik va huquqiy tadbirlar majmuidir.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi tushunchasi ko`p uchraydigan ta`riflar bilan belgilanadi. Faoliyat - insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kerakli sharoit. Mehnat - faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, insonning ta`rifi – harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.
Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bo`lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, manaviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi.
Mehnat muhofazasi - ish jarayonida inson xavfsizligi, salomatligi va ish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi qonunlar tizimi hamda ularga muvofiq keladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, gigienik va davolash profilaktikasi tadbirlari hamda vositalari.
Mehnat shartli ravishda jism oniy va aqliy mehnatga boʻlinadi. Ular oʻzaro uzviy bog'langan. Jism oniy zoʻriqishlarni statik va dinamik koʻrinishlarga boʻlish mumkin.
Statik zoʻriqish : kishi tanasini yoki uning alohida organlarini majburan uzoq vaqt bir holatda boʻlishi toliqishga olib keladi, ya’ni zoʻriqtiradi.
Dinamik zoʻriqish: ish doirasida boshqaruvchining qoʻzg'alishi bilan bog'liq.
Jismoniy ishning samaradorligi quyidagicha aniqlanadi:

Bu yerda: q - bajarilayotgan mexanik ish ;


E - sarf boʻlgan quvvat;
Et - organizmning tinch holatida sarf boʻladigan quvvat.
Qoʻl mehnati bilan bajariladigan ishlar xavfsiz mehnat qoidalari me’yorlariga
va standartlarga toʻliq rioya qilgan holda amalga oshiriladi, shuningdek, mehnat
qilish va dam olish tartibiga rioya qilinadi. Ayrim turdagi qoʻl mehnatini
boshqarishda xavfsizlik choralari qoʻllanmalarda koʻrsatilgan. Shu ishlarni
bajarishda, ayniqsa, qoʻl asbobiga alohida e’tibor beriladi.
Shovqin haqida tushuncha. Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil boʻlgan havoning elastik tebranishi harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda toʻlqin hosil qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil qiladi va bu tebranish tezligi toʻlqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina boʻladi.
Shovqinning oqibatlari ma`lum. U birinchi navbatda ishlab-chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni ma`naviy toliqtiradi, shovqin chiqaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni har xil hatoliklarga yo`l qoʻyishlariga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida ishlab-chiqarish jarohatlanishlari kelib chiqishining asosiy manbai hisoblanadi.
Katta shovqin ta`sirida insonning asab sistemalari zirqillaydi, eshitish organining susayishiga sabab boʻladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida shovqinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash muhim ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, inson salomatligini saqlashi bilan katta ahamiyat kashf etadi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə