1-Ma’ruza Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari: Reja



Yüklə 310,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix23.09.2023
ölçüsü310,62 Kb.
#123415
  1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu. KIberxavfsizlik tushunchasi



1-Ma’ruza 
Mavzu:
Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari:
Reja: 
1.
Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari
2.
Kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi
3.
Konfidensiallik, yaxlitlik, foydalanuvchanlik, 
4.
Risk, hujumchi kabi fikrlash, tizimli fikrlash
5.
Aktiv, tahdid, zaiflik, boshqarish vositasi 
6.
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari 
Tayanch iboralar: 
Axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, yaxlitlik, konfidentsiallik, 
foydalanuvchanlik, g‘arazli shaxs, milliy xavfsizlik, xavfsizlik darajalari, vakolat berish
foydalanishni nazoratlash, risk, tahdid, zaiflik
 
Axborotni ishlash, uzatish va to‘plashning zamonaviy usullarining 
rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo‘qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan 
bog‘liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va 
tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining 
yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. Hayotda qonuniy 
faoliyat olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1.1-rasmda 
Alisa
va 
Bob
timsolida 
akslantirilgan. Biroq, hayotda qonuniy faoliyat yurituvchi insonlarning faoliyatiga 
qiziquvchi, ularning ishlariga xalaqit beruvchivchi insonlar ham mavjud va ular 1.1-
tasvirda 
Tridi
timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g‘arazli niyatlarnii amalga 
oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi. 
1.1-rasm. Axborot xavfsizligining hayotdagi timsollari 


Ushbu hayotiy senariy Alisaning onlayn banki (AOB) deb ataladi. Bunga 
ko‘ra, Alisa onlayn bankning biznes faoliyatini amalga oshiradi. Mazkur senariyda 
Alisaning xavfsizlik muammosi nima? Alisaning mijozi bo‘lgan Bobning xavfsizlik 
muammosichi? Alisa va Bobning xavfsizlik muammolari bir xilmi? Tridi nuqtai 
nazaridan qaraganda qanday xavfsizlik muammolari mavjud? Ushbu savollarga 
keyingi qismlarda javob berib o‘tiladi. 
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va axborot 
xavfsizligiga tegishli bo‘lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik. 
Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo‘lib, unga 
berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida 
kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan: 

Yüklə 310,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə