1-Ma’ruza Mavzu: Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari: Reja


Kiberxavfsizlikning bilim sohalari



Yüklə 310,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix23.09.2023
ölçüsü310,62 Kb.
#123415
1   2   3   4   5   6   7
1-Mavzu. KIberxavfsizlik tushunchasi

Kiberxavfsizlikning bilim sohalari.
CSEC2017 JTF manbasiga ko‘ra 
kiberxavfsizhk 8 ta bilim sohasiga bo‘lingan, o‘z o‘rnida ularning har biri 
qismsohalarga bo‘linadi (1.4-rasm). 
1.4.Rasm. Kiberxavfsizlik bilim sohasi 
“Ma’lumotlar xavfsizligi” bilim sohasining maqsadi ma’lumotlarni saqlash, 
ishlash va uzatishda himoyani ta’minlash. Mazkur bilim sohasida himoyani to‘liq 
amalga oshirish uchun matematik va analitik algoritmlardan foydalaniladi. 
“Dasturiy ta’minot xavfsizligi” bilim sohasi foydalanilayotgan tizim yoki 
axborot xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy vositalarni ishlab chiqish va foydalanish 
jarayoniga e’tibor qaratadi. 
“Tashkil etuvchilar xavfsizligi” bilim sohasi katta tizimlarda integrallashgan 
tashkil etuvchilarni loyihalashga, sotib olishga, testlashga, tahlillashga va texnik 
xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligi gohida tashkil etuvchilar 
xavfsizligidan farq qiladi. Tashkil etuvchilar xavfsizligi tizimning qanday 
loyihalanganligiga, yaratilganligiga, sotib olinganligiga, boshqa tarkibiy qismlar 


bilan bog‘langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
“Aloqa xavfsizligi”
bilim sohasi tashkil etuvchilar o‘rtasidagi aloqani 
himoyalashga e’tibor qaratib, o‘zida fízik va mantiqiy ulanishni mujassamlashtiradi. 
“Tizim xavfsizligi”
bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va dasturiy 
ta’minotdan iborat tizim xavfsizligining jihatlariga e’tibor qaratadi. Tizim 
xavfsizligini tushunish uchun, nafaqat uning tarkibiy qismlari va ularning 
bog‘lanishlarini tushunish, balki yaxlitlikni ham hisobga olish talab etiladi. Ya’ni, 
tizimni to‘liqligicha ko‘rib chiqish talab etiladi. Mazkur bilim sohasi, “Tashkil 
etuvchilar xavfsizligi” va “Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil 
etuvchilar bog‘lanishlarining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish 
masalasini hal etadi. 
“Inson faoliyati xavfsizligi”
bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog‘liq inson 
hatti-harakatlarini o‘rganishdan tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy 
hayot sharoitida ma’lumotlarni va shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi. 
''Tashkilot xavfsizligi”
bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan 
himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli bajarishini madadlash uchun 
risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi. 
“Ijtimoiy xavfsizlik”
bilim sohasi jamiyatda u yoki bu darajadagi ta’sir 
ko‘rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. Kiberjinoyatchilik, 
qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot va ularning bir-biri bilan 
munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchalar hisoblanadi. 

Yüklə 310,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə