1 laboratoriya ishi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#140513
1   2   3   4   5   6
1-LABORATORIYA

CPU sovutish tizimi. Asosiy yuk protsessorga tushadi, natijada katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi va qurilma sovutilishi kerak. Protsessor kuchiga qarab, havo sovutish tizimining o‘lchamlari ham farq qiladi. Issiqlik miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, protsessor sovutgichlarining o‘lchamlari shunchalik katta bo‘ladi.



9-rasm. CPU sovutgichlari
Operativ xotira. Bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha dastur va ma’lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko‘pincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi dastur va ma’lumotlar faqat kompyuter yoniqligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter o‘chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma’lumotlar saqlab qo‘yilishi lozim. Operativ xotira ba’zida ixtiyoriy murojaat qilish mumkin bo‘lgan saqlash qurilmasi deb ham yuritiladi. Buning ma’nosi shundan iboratki, operativ xotiradagi ma’lumotlarga murojat undagi ma’lumotlarning ketma- ketligiga bog‘liq emas.

10-rasm. Operativ xotira
Operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur) lari bor.
1. SIMM;
2. DIMM;
3.DDR;
4.DDR1;
5. DDR2;
6. DDR3;
7. DDR4;
Bular bir-biridan ko‘rinishi, xotira hajmi, chastotasi va boshqa parametrlari bilan farqlanadi.

11-rasm. Operativ xotira turlarini bir-biridan farqi


Operativ xotira tipidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ona platada operativ xotira qurilmasi uchun 2 va undan ortiq joy bo‘lishi ham mumkin. Bugungi kunga kelib DDR4 turidagi operativ xotiralarni 2-4-8 Gb hajmlilari va undanda yuqori hajmlilari ham bor. DDR2 turidagi operativ xotiralarda 1-2 Gb yuqori hajm hisoblanar edi. Operativ xotirani xotira hajmi haqida gap ketganida operatsion tizimni ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Chunki agar, operatsion tizim maksimum 2 Gb ma’lumot bilan ishlay olsayu, operativ xotira hajmi 8 Gb bo‘lsa, unda qolgan 6 Gb ishlatilmay yotaveradi. Tuzlishi jihatidan DDR3 - DDR2 dan ancha kichikroq ko‘rinishda bo‘lsada, ko‘pgina parametrlari undan yuqoridir.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə