1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Standartga texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.4.1 Standartga texnikaviy topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash 
1-bosqich: 
Texnik topshiriq me‘yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini 
o‗rnatish maqsadida buyurtmachi-tashkilot bnlan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi 
tashkilot tomonidan tuziladi.va odatda quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
– standartlaatirish ob‘ekti va qo‗llanish sohasi; 
– standartning bo‗limlari va standartda o‗rnatiladigan asosiy talablar ro‗yxati; 


79 
– standartni ishlab chiqish bosqichlari; 
– standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro‗yxati; 
– standart loyihasini kelishish lozim bo‗lgan boshqaruv idoralari va (yoki) 
korxonalar ro‗yxati; 
– buyurtmachining boshqa talablari. 
3.4.2 Standartlar loyihasini ishlab chiqish va muhokama uchun tarqatish 
2 – bosqich: 
Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) 
tayyorlovchi-korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi. 
Standartning loyihasini ishlab chigqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga 
tushuntirish yozuvi tuziladi va zarur bo‗lganda, standartni joriy etish bo‗yicha asosiy 
tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik – asosiy tadbirlar 
rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi bilan birga 
va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi bilan nus‘hasi ko‗paytiriladi va fikr olish uchun 
quyidagi ro‗yxat bo‗yicha manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi: 
– buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste‘molchi)ga yoki standartning loyihasini 
kelishish bo‗yicha tayanch tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga; 
– standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o‗rnatilgan bo‗lsa, davlat 
nazorati idoralariga, sog‗liqni saqlash vazirligiga, atrof muhitni muhofazalash 
qo‗mitasiga; 
– mahsulotning biriktirilgan turlari bo‗yicha standartlashtirish tayanch 
tashkilotlariga; 
– standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta‘minlovchi tashkilotlar va 
korxonalarga. 
Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‗rib chiqib, o‗z fikr-
mulohazalarini yozadi va standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan 
kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo‗natadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə