1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Me‟yoriy hujjatni rasmiylashtirilishiga talablar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

3.5.3 Me‟yoriy hujjatni rasmiylashtirilishiga talablar 
Bo‗lim (kichik bo‗lim) sarlavhalari va oldingi yoki keyingi matn orasidagi 
masofa, shuningdek bo‗lim va kichik bo‗lim sarlavhalari orasidagi masofa kamida 
to‗rtta shrift balandligiga teng bo‗lishi lozim. 
Kichik bo‗limlar va moddalar sarlavxalarining qatorlari orasi matn ichidagidek 
qabul qilinadi. 
Satr boshi hujjat matnida bir xil chetlashtirilgan va beshta belgiga teng bo‗lishi 
lozim. 
Me‘yoriy hujjatning loyihasini rasmiylashtirishda matnning chap tomoni 
(kengligi) dagi ochiq joy kengligi kamida 20 mm bo‗lishi kerak. 
Standart loyihasining matnini tayyorlashda yunon va boshqa alfavit harflari, 
formulalar, alohida shartli belgilarni qora pasta yoki tush bilan yozish ruxsat etiladi. 
Bunda kiritilgan matn zichligi qolgan matn zichligiga yaqinlashtirilgan bo‗lishi 
lozim. Agar chizmalar, sxemalar, diagrammalar, rasmlar va/yoki boshqa grafik 
materialni mashina usulida tayyorlash iloji bo‗lmasa, bu holda qora tush yoki 
pastadan foydalaniladi 
Me‘yoriy hujjat loyihasini tayyorlashda uning nus‘hasini reprografiya usulida 
sifatli qilib tayyorlash imkoni ta‘minlanishi lozim. 
Standartlar rasmiy ravishda davlat va rus tillarida nashr qilinadi. 


88 
3.5.4 Me‟yoriy hujjatni mazmuniga talablar 
Standartlashtirish ob‘ektlarining o‗ziga xos xususiyatlariga va mazmuniga 
qarab, quyidagi turdagi me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqiladi: 
– asos bo‗luvchi (tashkiliy-metodik va umumtexnikaviy); 
– mahsulot(xizmatlar)ga. 
Asos bo‗luvchi tashkiliy-metodik standartlar: 
– turli vazifalarga mo‗ljallangan standartlashtirish ob‘ektlarining maqsadlari, 
vazifalari, tasniflanish tuzilmasini, faoliyatning ma‘lum doirasida ishlarni o‗tkazish 
bo‗iicha umumiy tashkiliy-texnik nizomlarni va b.; 
– me‘yoriy xujjatlarni, texnik (konstruktorlik, texnologik, loyihaviy, dasturiy) 
xujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy tartibi (qoidalari)ni o‗rnatadi. 
Asos bo‗luvchi umumtexnik standartlar: 
– fan, texnika, sanoat va qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida, qurilishda, 
transportda, madaniyatda, sog‗liqni saqlash va xalq xo‗jaligining boshqa sohalarida 
ko‗p qayta-qayta foydalaniladigan ilmiy-texnikaviy atamalarni va ularning 
ta‘riflarini; 
– turli standartlashtirish ob‘ektlari uchun shartli belgilar (nomi, kodlari, 
belgilari, simvollari va h.k.), ularnlng raqamli, harf-raqamli belgilarini, shu jumladan 
fizik kattaliklar parametrlarining belgilari (rus, lotin, yunon harflari), ularning 
o‗lchamliligi, yozuv o‗rnida ishlatiladigan simvollarni va h.k.; 
– turli (me‘yoriy, konstruktorlik, loyihaviy, texnologik, dasturiy va b.) 
hujjatlarni tuzish, bayon etish, rasmiylashtirish va mazmuniga talablarni; 
– ishlab chiqarish jarayonlarini texnikaviy, shu jumladan metrologik ta‘minlash 
uchun zarur bo‗lgan umumtexnik kattaliklar, talablar va me‘yorlarni o‗rnatadi. 
Mahsulotga, xizmatlarga quyidagilar ishlab chiqiladi: 
– bir turli mahsulot, xizmatlarning guruhlariga umumiy talablarni o‗z ichiga 
olgan umumiy texnikaviy talablar, sinash usullari, umumtexnik shartlar standartlari; 
– muayyan mahsulot, xizmatlar (muayyan mahsulot, xizmatlar guruhi) ga 
talablarni o‗z ichiga olgan texnik shartlar standartlari. 
Mahsulot, xizmatlar guruhiga alohida talablarni standartlaitirish maqsadga 
muvofiq bo‗lganda tasnifini, asosiy parametrlari (yoki) o‗lchamlari, xavfsizlik 
talablari, atrof muhitni muhofaza qilish talablari, xillari, navlari, rusumlari, qabul 
qilish, tamg‗alash, joylash qoidalari, tashish qoidalari, saqlash qoidalari, foydalanish, 
ta‘mirlash va qayta foydalanish qoidalarini o‗rnatuvchi standartlar ishlab chiqilishi 
mumkin. 


89 
Umumiy texnik shartlar standartlari umumiy holda quyidagi bo‗limlardan iborat 
bo‗ladi: 
– tasniflash, asosiy parametrlar va (yoki) o‗lchamlar; 
– umumiy texnikaviy talablar; 
– xavfsizlik talablari; 
– atrof muhitni muhofazalash talablari; 
– qabul qilish qoidalari; 
– tekshirish usullari; 
– tashish va saqlash; 
– foydalanish (ta‘mirlash, qayta foydalanish) bo‗yicha ko‗rsatmalar; 
– tayyorlovchining kafolatlari. 
Bo‗limlar (kichik bo‗limlar) ning nomenklaturasi, tarkibi, mazmuni, va nomi 
standartlashtiriladigan mahsulotning o‗ziga xos xususiyatlariga va unga qo‗yiladigan 
talablarning xarakteriga muvofiq aniqlanadi. 
Ishlab chiqarilganda va foydalanilganda fuqarolarning sog‗ligi va mulkiga, 
shuningdek atrof muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‗lgan mahsulotga standartlar 
tarkibida majburiy ravishda ―Xavfsizlik talablari‖ va ―Atrof muhitni muhofazalash 
talablari‖ bo‗limlari bo‗lishi shart. 
―Tasniflash, asosiy parametrlari va (yoki) o‗lchamlari‖ bo‗limida mahsulotning 
turini, navini, rusumini, modelini va h.k. ni tavsiflovchi parametrlar va (yoki) 
o‗lchamlar o‗rnatiladi va, zarur bo‗lganda, mahsulotning asosiy parametrlari va 
(yoki) o‗lchamlari bo‗yicha tasniflangan nomenklaturasi (navi), kimyoviy tarkibi 
bo‗yicha, ba‘zi hollarda esa, shuningdek asosiy iste‘mol (foydalanish) tafsilotlari 
bo‗yicha ham tasniflangan materiallar (xom ashyo) rusumlarining nomenklaturasi 
o‗rnatiladi. Bo‗limda materiallarning qo‗llanilishi bo‗yicha tavsiyanomalarni, ularga 
ishlov berish rejimlari va h.k. larni keltirish ruxsat etiladi. 
―Umumiy texnikaviy talablar‖ bo‗limida quyidagi kichik bo‗limlar bo‗ladi: 
– tafsilotlar (xossalari); 
– xom ashyo, materiallar, sotib olinadigan buyumlarga talablar; 
– butligi; 
– belgilanishi; 
– joylash. 
―Tafsilotlar (xossalari)‖ kichik bo‗limda quyidagi talablar keltiriladi: 
– vazifasi; 
– puxtaligi (ishonchliligi); 


90 
– radioelektron himoya; 
- tashqi ta‘sirlarga qarshi chidamliligi va yashovchanligi; 
– ergonomika; 
– xom ashyo, materiallar, yoqilg‗i, energiya va mehnat resurslaridan tejamkorlik 
bilan foydalanish; 
– texnologiyabopligi; 
– konstruktiv talablar. 
―Vazifa talablari‖ moddasida mahsulotning xossalarini tavsiflovchi talablar 
o‗rnatiladi. Bunday talablar mahsulot bajarishi lozim bo‗lgan asosiy vazifalarni 
belgilaydi. Bu moddada, shuningdek tannarx va o‗zaro almashinuvchanlik talablari 
ham o‗rnatiladi. 
―Puxtalik (ishonchlilik) talablari‖ moddasida mahsulotning o‗z vazifalarini 
belgilangan vaqt oralig‗ida topshiriqdagi samaradorlik bilan bajarishiga va bu 
vazifalarning berilgan texnik xizmat ko‗rsatish sharoitlarida, ta‘mirlash, saqlash, 
tashishda saqlanib qolishiga talablar, shu jumladan mahsulotning puxtalik 
ko‗rsatkichi va yoki mahsulotning buzilmasligi, umrboqiyligi ko‗pga chidamliligi, 
ta‘mirlashga yaroqliligi va saqlanuvchanligi ko‗rsatkichlarining qiymatlari 
ko‗rinishidagi miqdoriy talablar o‗rnatiladi. 
Ma‘lum vaqt o‗tgandan keyin foydalanish odamlarning hayoti, sog‗ligiga, atrof 
muhitga xavf solishi yoki fuqarolarning mulkiga zarar keltirishi mumkin bo‗lgan 
mahsulotga xizmat muddati o‗rnatilishi lozim.
―Ergonomika talablari‖ moddasida mahsulot texnik tafsilotlarini odamning 
ergonomik tafsilotlari va xossalari bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan talablar, 
(xizmat ko‗rsatuvchi xodimning ish joylariga, buyumning va buyum elementlarining 
odam tanasining o‗lchamlariga muvofiqligi talablari va h.k.) o‗rnatiladi. 
―Xom ashyo, materiallar, sotib olinadigan buyumlarga talablar‖ kichik bo‗limda 
quyidagilar o‗rnatiladi: 
– sotib olinadigan buyumlar, suyuqliklar, moylar, bo‗yoqlar va materiallar 
(mahsulotlar, moddalar) ni qo‗llanish; 
– qo‗llanish va (yoki) qo‗llaniladigan materiallarni cheklash, ularni hisobga 
olish tartibi; 
– ikkilamchi xom ashyo va sanoat ishlab chiqarishidagi chiqindilarni qo‗llanish. 
―Butligi‖ kichik bo‗limda yetkazib beriladigan komplektga kirgan buyumning 
alohida (yetkazib berishda mexanikaviy birlashtirilmagan) tarkibiy qismlar, ularga 


91 
ehtiyot qismlar, asboblar va moslamalar, materiallar va h.k., shuningdek buyumga 
qo‗shib yuboriladigan xujjatlar aniqlanadi. 
―Tamg‗alash‖ kichik bo‗limda mahsulotni tamg‗alashga, shu jumladan transport 
tamg‗asiga quyidagi talablar o‗rnatiladi: 
– tamg‗a bosish joyi (bevosita mahsulotga, yorliqlarda, etiketkalarda, idishda va 
h.k. da); 
– tamg‗ani bosish usuli (o‗yma naqsh tushirish, xurushlash); 
– tamg‗aning mazmuni. 
―Xavfsizlik talablari‖ bo‗limida quyidagilar o‗rnatiladi: 
– elektr xavfsizligi talablari; 
– yong‗in xavfsizligi talablari; 
– portlash xavfsizligi talablari; 
– radiatsion (nurlanish) xavfsizligi; 
– kimyoviy va iflos qiluvchi moddalarning ta‘siridan xavfsizlik talablari, shu 
jumladan modda va uning tarkibiy qismlarining eng ko‗p ruxsat etilgan 
konsentratsiyasiga talablar; 
– mashinalar va jihozlarga xizmat ko‗rsatishda xavfsizlik talablari, shu jumladan 
xizmat ko‗rsatuvchi xodim noto‗g‗ri harakat qilgandagi va o‗zidan-o‗zi noto‗g‗ri 
ishlab ketgandagi xavfsizlik talablari va boshqalar. 
Xavfsizlik talablari joiz xavflikning barcha turlarini va me‘yorlarini o‗z ichiga 
olishi va mahsulotning xizmat (yaroqlilik) muddati davomida mahsulot (ishlar, 
mollar, xizmatlar) ning xavfsizligi ta‘minlanadigan darajada o‗rnatilishi lozim. 
―Atrof muhitni muhofazalash talablari‖ bo‗limida ekologik jihatdan xavfli 
mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va ishlatish (qo‗llanish) va qayta 
foydalanishda atrof tabiiy muhitga, odamning sog‗ligiga, genetik fondiga zararning 
oldini olish uchun ekologik talablar o‗rnatiladi. 
―Qabul qilish qoidalari‖ bo‗limida mahsulotlarni ularning sifati va soni bo‗yicha 
qabul qilishga talablar, tekshirish rejasi, shuningdek, sinovlarning turi va, zarur 
bo‗lganda, dasturlari belgilanadi. 
―Tekshirish metodlari‖ bo‗limida mahsulotning standartda bayon etilgan 
talablarga muvofiqligini tekshirish (sinashlar, o‗lchashlar, tahlil) yo‗llari, usullari, 
tartibotlari o‗rnatiladi. 
―Tashish va saqlash‖ bo‗limida mahsulotni tashish va saqlashda uning 
saqlanuvchanligini ta‘minlash, shu jumladan xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha talablar 
o‗rnatiladi. Bo‗limda transport turlari (havo, temir yo‗l, dengiz, avtomobil 


92 
transportlari) va tashish vositalari (yopiq yoki ochiq vagonlar, refrijeratorli vagonlar, 
sisternalar, kemalarning tryumlari-yuk saqlanadigan ostki xonalari yoki palubalar va 
h.k.), mahsulotni bu vositalarda mahkamlab va ustini berkitib qo‗yish usullari, 
shuningdek, 
mahsulotni 
hammabop, 
ixtisoslashtirilgan 
konteynerlarda, 
ixtisoslashtirilgan transport bilan va paketlarda tashishga oid talablar, konteynerda 
mahsulot joylari soni (massasi), paketlarning gabarit o‗lchamlari, paketdagi joylar 
soni, paketlarni joylashtirish tartibi va h.k. ko‗rsatiladi. 
Saqlash qoidalari quyidagi tartibda bayon qilinadi: 
– saqlash joyi; 
– saqlash sharoitlari; 
– tahlash sharoitlari; 
– saqlashning maxsus qoidalari va muddatlari (zarur bo‗lganda). 
―Foydalanish bo‗yicha ko‗rsatmalar‖ (ta‘mirlash, qayta foydalanishga oid 
ko‗rsatmalar) bo‗limida rioya qilinganda mahsulotning ma‘lum sharoitlarda va 
tartibotlarda ish qobiliyatini va xavfsizligini ta‘minlaydigan va iste‘mol (foydalanish) 
tafsilotlarini kafolatlaydigan talablar o‗rnatiladi. Bo‗limda buyumni foydalanishga 
tayyorlash va kiritishga talablar, buyumni foydalanish joyida o‗rnatish tartibi, 
shuningdek texnik tafsilotlariga muvofiq ish imkoniyatlarini va xavfsizligini saqlash 
uchun buyumlardan foydalanish asosiy me‘yorlari va qoidalari, shu jumladan 
uzluksiz va siklik ishlash vaqti, texnik xizmat ko‗rsatishlarning turlari (kalendar 
kunlar, bajarilgan ishlar hajmi, texnik holati bo‗yicha va b.), davriyligi va hajmi 
ko‗rsatiladi. Mahsulotdan foydalanish, unga texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash 
bo‗yicha talablar mahsulotni sertifikatlashtirish uchun yaroqli bo‗lishi lozim. 
―Tayyorlovchining kafolatlari‖ bo‗limida mahsulotni tayyorlovchi (yetkazib 
beruvchi, xizmatlarni bajaruvchi) ning chiqariladigan shu jumladan ta‘mirlangan 
mahsulot 
(xizmatlar) 
ning 
standart 
talablariga 
muvofiqligini 
kafolatlash 
majburiyatlari ko‗rsatiladi, shuningdek, kafolat turi, davom etish muddati va 
kafolatning boshlanish paytini hisoblash ko‗rsatiladi. Butlovchi buyumlarga va 
tarkibiy qismlarga foydalanishning kafolatlangan muddati asosiy buyumni kafolatlash 
muddatiga teng hisoblanadi, kafolatlash muddati yetkazib berishga tuzilgan 
shartnomalar bilan ham belgilanadi. Asosiy buyumga standartdarda butlovchi 
buyumlarga va tarkibiy qismlarga asosiy buyumlarnikidan ko‗proq yoki kamroq 
kafolat muddatini o‗rnatish ruxsat etiladi. 
Mahsulotga standartlarda va (yoki) tekshirish metodlariga standartlarda 
o‗rnatiladigan tekshirish (sinash, o‗lchash, tahlil) metodlari mahsulotga standartlarda 


93 
o‗rnatilgan sifatga majburiy talablarning barchasini holis (ob‘ektiv) tekshirilishini 
ta‘minlashi lozim. Tekshirish (sinash, o‗lchash, tahlil) metodlari ob‘ektiv, aniq 
ifodalangan, ravshan bo‗lishi, tartibini va natijalarning takrorlanuvchanligini 
ta‘minlashi lozim, har bir metod uchun, tekshirishning o‗ziga xos xususiyatlariga 
qarab, quyidagilar belgilanadi: 
– tekshirish vositalari va yordamchi qurilmalar; 
– tekpshrishni o‗tkazishga tayyorlanish tartibi; 
– tekshirishni o‗tkazish tartibi; 
– tekshirish natijalariga ishlov berish qoidalari; 
– tekshirish natijalarini rasmiylashtirish qoidalari; 
– tekshirishdagi joiz (ruxsat etilgan) xatolik. 
Tekshirishni o‗tkazishga tayyorlanish tartibini bayon etishda mahsulotni 
tekshirishga tayyorlannshga tegishli ma‘lumotlar, shuningdek namunalar (kichik 
namunalar) ni olish joyi va usuli, shakli, turi, o‗lchamlari yoki massasi ko‗rsatiladi, 
zarur bo‗lganda, ularni saqlash va yoki tashish sharoitlari ham ko‗rsatiladi. Zarur 
bo‗lganda, o‗lchash uskunasining tuzilish va ishlash sxemasi, shuningdek priborlar 
yoki apparatlarni ulash sxemalari ham keltiriladi. 
Tekshirishni o‗tkazish metodikasiga talablarni bayon etishda tekshirish 
sharoitlarining tavsiflari ularning joiz qiymatlarini va qayta tiklashdagi xatoliklarni 
qo‗shib ko‗rsatiladi, shuningdek agar tekshirish ishlariii o‗tkazish tartibi tekshirish 
natijalariga ta‘sir etadigan bo‗lsa, bu tartib va o‗tkaziladigan ishlar bayoni ham 
keltiriladi. 
Tekshirish natijalariga ishlov berish qoidalarini bayon etishda hisoblash 
formulalari keltiriladi. 
Tekshirish natijalarini rasmiylashtirishga talablarni bayon etishda tekshirish 
jurnallari (bayonnomalari) ga, bularga kiritiladigan ma‘lumotlarning mazmuni va 
tartibiga talablar o‗rnatiladi. 
Tekshirish metodining aniqligiga talablarni bayon etishda metodning ruxsat 
etilgan xatoliklari, hisoblashlarning to‗g‗riligi va ma‘lumotlarni (sonlarni) 
yiriklashtirish darajasi ko‗rsatiladi, shuningdek ushbu metod bilan ta‘minlanadigan 
natijalarning qayta tiklanuvchanligi va takrorlanuvchanligi to‗g‗risida ham 
ma‘lumotlar keltiriladi. 
Jarayonlarga standartlar mahsulot (xizmatlarni ishlab chiqish, tayyorlash, 
saqlash, tashish, foydalanish, ta‘mirlash va qayta foydalanish texnologik 
jarayonlarida har xil ishlarni bajarish metodlari (usullari, yo‗llari, tartibotlari, 


94 
meyorlari) ga talablarni o‗rnatadi. Bu talablar bajariladigan barcha ishlarning 
texnikaviy birliligini va maqbulligini ta‘minlashi lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə