1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


 Standartlashtirish va sifatni ta‟minlash tizimlarini rivojlantirish va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

6.1.2 Standartlashtirish va sifatni ta‟minlash tizimlarini rivojlantirish va 
takomillashtirish Konsepsiyasi 
Kirish qismi va 9ta bo‗limdan tuzilgan: 
1-bo‗limda «Mahsulot raqobatbardoshligini va sifatini oshirishning qonuniy va 
me‘yoriy-huquqiy asoslarining hozirgi holati va uni takomillashtirish vazifalari» deb 
ataladi. Unda amaldagi me‘yoriy hujjatlar darajasi va ularning xalqaro standartlar 
talablariga muvofiqligini aniqlash, texnik reglamentlararo standartlashtirish 
tizimlarini shakllantirish va qo‗llash, me‘yoriy hujjatlarni xalqaro texnik reglamentlar 
va standartlarga muvofiqligini aniqlash to‗g‗risidagi vazifalar rejalashtirilgan. 
2-bo‗limda «Respublikani Jahon Savdo tashkilotiga kirishiga tayyorlash 
sharoitida xalqaro tajribani hisobga olgan holda davlat standartlashtirish tizimini 
takomillashtirish» deb nomlangan Jahon Savdo Tashkiloti a‘zolari bo‗lgan davlatlar 
bilan axborotlar almashish usullari, texnik qonunlar majmuini shakllantirish va 
rivojlantirish yo‗nalishlari, xavfsizlik va ekologiya, axborotlar texnologiyalari, 
resurslarni 
tejash, 
mahsulot 
sifatini 
me‘yoriy ta‘minlash, tarmoqlararo 
standartlashtirish tizimlari, xizmatlari va standartlashtirishning eng muhim 
yo‗nalishlari sohalaridagi vazifalar ko‗rsatib berilgan. 
3-bo‗limda «Standartlashtirish sohasida xalqaro hamkorlik» bo‗limida 
Respublikaning ushbu sohada xalqaro hamkorligidagi asosiy vazifalari belgilangan.
4-bo‗limda «Standartlashtirishni axborotlar bilan ta‘minlanishi va mahsulotni 
kataloglash davlat tizimining ishlab turishini ta‘minlash» masalalari o‗z aksini 
topgan.
5 – bo‗limda «Mudofaa mahsulotlarini standartlashtirish masalalari ushbu 
konsepsiyaning» ko‗rsatib berilgan. 
6-bo‗limda «Standartlar ustidan davlat tekshiruvi va nazorati» bo‗limida 
standartlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini kelajakda texnik reglamentlarga 
rioya qilish ustidan nazorat qilishga aylanishi to‗g‗risida ma‘lumotlar berilgan.


143 
7–bo‗limda «Mahsulot va xizmatlarning muvofiqligini tasdiqlovchi milliy 
tizimni takomillashtirish» deb nomlangan muvofiqlikni tasdiqlashning amaliy 
yo‗nalishlari ko‗rsatilgan. 
8– bo‗limda Xalqaro standartlar darajasida ishlab chiqarishni o‗zlashtirganligi 
va mahsulot ishlab chiqarganligini rag‗batlantirish masalalari o‗z aksini topgan. 
Konsepsiyaning «Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni 
takomillashtirish» deb nomlangan 9 - bo‗limda O‗zbekistonni Jahon Savdo 
Tashkilotiga a‘zo bo‗lib kirishga tayyorlash davrida o‗quv jarayonini kompleks 
boshqarish masalalariga e‘tibor qaratilgan. 
Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar dasturi uch qismga ajratilgan: 
1. Standartlashtirishni takomillashtirish; 
2. 
Ishlab 
chiqarish, 
mahsulot 
va 
xizmatlarni 
sertifikatlashtirishni 
takomillashtirish; 
3. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə