1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Mahsulot va xizmatlar sifatini ta‟minlashda ISO 9000 xalqaro



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

6.1.3 Mahsulot va xizmatlar sifatini ta‟minlashda ISO 9000 xalqaro 
standartlarining ahamiyati 
Mamlakatimizda 
olib 
borilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlar 
natijasida 
respublikamizning ichki bozorida tovar va xizmatlarning erkin aylanishi va bozor 
mexanizmlaridan foydalanish uchun kerakli sharoitlar shakllantirildi, bozor 
infrastrukturasi va raqobat muhiti yaratildi. Shu asosda ishlab chiqarish madaniyati 
hamda mahsulot sifati va xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha ishlab chiqaruvchilar va 
boshqa tovar yetkazib beruvchilarning ham mas‘uliyatlari oshib bormoqda. Shuning 
bilan birgalikda respublikamiz milliy korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlari va ko‗rsatadigan xizmatlari bilan tashqi bozorga chiqish uchun ham 
qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. 
Ma‘lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab 
chiqarish va uning bilan tashqi bozorda qatnashishni ta‘minlash, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot sifatini yanada yaxshilash va korxonada ko‗proq foyda 
olishni ta‘minlaydigan sifat tizimini yaaratishga imkoniyat yaratib beradi. Bunday 
sifat tizimlarini yaratishda esa ISO 9000 seriyali xalqaro standartining roli juda katta. 
Chunki barcha rivojlangan mamlakatlarda ISO 9000 seriyali xalqaro standartlari 
ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishni tashkil etishda ajralmas qism, tashqi bozor 
eshigini ochuvchi «kalit» sifatida xizmat qiladi. Shuning bilan birgalikda 
respublikamizda ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar talablari asosida milliy 


144 
korxonalar sifatni boshqarish tizimlarini amalga oshirish va ulardan samarali 
foydalanish, yuqori sifatli, inson hayoti uchun zararsiz mahsulot va xizmatlar 
yaratish, ularning tashqi bozorda chet matlakatlarda ishlab chiqarilgan o‗xshash 
mahsulotlar bilan raqobatda qatnashish va mahsulotni import qilinadigan 
mamlakatlar hududlarida sertifikatlashtirish va standartlashtirish bilan bog‗liq 
bo‗lgan ayrim texnik to‗siqlarni kamayishiga imkon yaratadi. Yana shu narsani 
ta‘kidlash joizki, ISO 9000 xalqaro standarti oilasiga kiruvchi standartlarning joriy 
etilishi birgina ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilab va uning 
xavfsizligini ta‘minlab qolmasdan, balki ular universal harakterga ega bo‗lganligi 
sababli, ularni har qanday ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish korxonalarida ham 
qo‗llash mumkin. 
Respublikamizning ishlab chiqarish korxonalarida ISO 9000 xalqaro standarti 
bazasida sifatni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish mahsulot ishlab 
chiqaruvchilar uchun yuqorida takidlab o‗tilganidek, ko‗plab qo‗layliklar yaratadi. 
Shuningdek, ISO 9000 xalqaro standartlari bozor iqtisodiyoti sharoitida 
korxonalarning barqaror faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishi uchun ham ma‘lum 
darajada foyda olish garovi hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə