1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi



Yüklə 33,76 Kb.
səhifə9/11
tarix25.12.2023
ölçüsü33,76 Kb.
#161566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma\'ruza

Hozirgi kompyuterlarda keng qo‘llanib kelayotgan – bir vaqtning o‘zida, bir nechta dasturlarni ishlashini amalga oshirish mexanizmi – multidasturlash, IBM firmasi tomonidan 1964 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan, uchinchi avlod kompyuterlari hisoblangan IBM 360 kompyuterlari oilasiga mansub bo‘lgan modellarda yo‘lga qo‘yilgan edi.

  • Hozirgi kompyuterlarda keng qo‘llanib kelayotgan – bir vaqtning o‘zida, bir nechta dasturlarni ishlashini amalga oshirish mexanizmi – multidasturlash, IBM firmasi tomonidan 1964 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan, uchinchi avlod kompyuterlari hisoblangan IBM 360 kompyuterlari oilasiga mansub bo‘lgan modellarda yo‘lga qo‘yilgan edi.
  • 1981 yilda IBM kompaniyasi tomonidan xozirgi shaxsiy kompyuterlarning dastlabkilari hisoblangan, o‘ta katta integral sxemalar asosida to‘rtinchi avlod kompyuterlariga mansub bo‘lgan IBM PC (Personal Computer) kompyuterlari ishlab chiqarila boshlangan. Ushbu kompyuterlarda Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan MS-DOS operatsion tizimi o‘rnatilgan edi.
  • 1985 yili xozirgi Pentium protsessorlari oilasiga mansub bo‘lgan so‘z uzunligi 32 bitli Intel 386 protsessori o‘rnatilgan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshladi. Ushbu kompyuterlarda esa, MS-DOS operatsion tizimi asosida ishlaydigan, Microsoft korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Windows operatsin tizimi ham o‘rnatilgan edi.
  • 1980 yillarning o‘rtalariga kelib qisqartirilgan buyruqlar to‘plamiga ega bo‘lgan - RISC (Reduced Instruction Set Computer) kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. Ushbu kompyuterlarning buyruqlari, ulardan avval ishlab chiqarilgan - to‘liq buyruqlar to‘plamiga ega bo‘lgan - CISC (Complex Instruction Set Computer) kompyuterlarning buyruqlariga nisbatan ancha sodda va tez bajarilar edi. RISC kompyuterlari asosida keyinchalik ko‘p sonli buyruqlarni bir vaqtda bajara oladigan -superskalyar kompyuterlar ishlab chiqarila boshladi.
  • 1981 yili sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan - beshinchi avlod kompyuterlari uchun Yaponiya xukumati o‘zining milliy kompaniyalari uchun 500 million dollar sarmoya ajratishini e’lon qildi. Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida beshinchi avlod kompyuterlarini ishlab chiqish g‘oyasi, unga mos texnologik bazaning yo‘qligi tufayli amalga oshmay qoldi.
  • Apple Newton nomli cho‘ntak kompyuteri ishlab chiqildi. Keyinchalik esa ana shu avlod kompyuterlariga mansub deb hisoblangan, kompyuter texnologiyasi sohasida keskin burilish yasagan – «ko‘rinmas kompyuterlar» deb nom olgan kompyuterlar ham ishlab chiqarila boshladi. «Ko‘rinmas kompyuterlar» hozirda – maishiy texnika qurilmalari, soatlar, bank kartochkalari va boshqa-boshqa ko‘pgina qurilmalar tarkibida ishlatilmoqda. Ushbu kompyuterlar, jahon ishlab chiqarishining rivojlanishiga, o‘zining juda kuchli ta’sirini ko‘rsatdi va yillar o‘tishi bilan uning bu ta’siri yanada kuchayib borishini ko‘rish qiyin emas.

Yüklə 33,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə