1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi


Kompyuterlarning turlari sifatida esa, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin



Yüklə 33,76 Kb.
səhifə10/11
tarix25.12.2023
ölçüsü33,76 Kb.
#161566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma\'ruza

Kompyuterlarning turlari sifatida esa, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Kompyuterlarning turlari sifatida esa, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  • 1.Shaxsiy kompyuterlar (ishchi stansiyalar).
  • 2.Serverlar.
  • 3.O‘rnatiladigan kompyuterlar – mikrokontrollerlar (rus tilida – встраиваемые компьютеры).
  • 4.Ishchi stansiyalardan iborat komplekslar – klasterlar.
  • 5.Meynfreymlar.
  • 6.O‘yinlar uchun mo‘ljallangan kompyuterlar (rus tilida – игровые компьютеры) PS-3, PS-4.
  • 7. «Bir marotaba qo‘llaniladigan» kompyuterlar (rus tilida – одноразовые компьютеры).

Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalarning haqida umumiy tushunchalar

Kompyuter tarmoqlarida xabarlar almashinuvi jarayonida foydalanuvchilarning ikkita kompyuteri qatnashadi, demak, turli kompyuterlarda ishlaydigan ikki apparat-dasturiy vositalarning o’zaro aloqa tizimlarining ishlashini ta’minlash zarur. Bunday aloqalarni moslashgan bajarilishi uchun uzatiladigan ma’lumotlar o’lchami, ularning formati, nazorat qilish usullari bo’yicha moslashtirilgan standartlar qabul qilinishi kerak. 1.6-rasmda o’zaro ishlashning uchta pog’onasi keltirilgan bo’lib, ulardan har biri ikki turdagi: o’z kompyuteridagi past va qo’shni yuqori pog’onalar bilan o’zaro ishlashni hamda boshqa kompyuterning o’xshash pog’onalari bilan o’zaro ishlash interfeyslarini ko’zda tutadi. Bu ikki tushuncha mos ravishda protokol va interfeys deyiladi. Boshqacha aytganda, protokollar tarmoqning turli bog’lamalarida (kompyuterlarida) bir pog’onadagi modullarning o’zaro ishlash qoidalarini, interfeyslar esa - bitta bog’lamadan bo’lgan qo’shni pog’onalarning qoidalarini belgilaydi [3,4].


А боғлама
В боғлама
3А-3В protokol





2А-2В protokol
1А-1В protokol
2В-3В
interfeys
interfeys
1В-2В
2А-3А
interfeys
1А-2А
interfeys
1.6-rasm. Bog’lamalar o’rtasida o’zaro aloqa tartibi

  • Shunday qilib, tarmoq arxitekturasida muhim elementlardan biri kommunikasion protokol - tarmoq bog’lamalarining o’zaro ishlash qoidalarining rasmiylashtirilgan to’plami hisoblanadi. Protokol doimo bir rangdagi (pog’onadagi) bog’lamalar orasida o’zaro ishlash qoidasi hisoblanadi. Iyerarxik tashkil etishga mos ravishda turli pog’onalar uchun tarmoq bog’lamalarining o’zaro ishlashini ta’minlaydigan protokollar to’plami protokollar steki deyiladi.

Yüklə 33,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə