1 –Ma’ruza mashg’ulotlari. Biznesda axborot tizimlari asoslari. Reja


Axborot tizimlarini xayotda qo’llab qanday natijalar olish mumkin



Yüklə 20,22 Kb.
səhifə3/3
tarix13.09.2023
ölçüsü20,22 Kb.
#121731
1   2   3
1-Ma\'ruza mashg\'uloti. Biznesda axborot tizimlari asoslari.

Axborot tizimlarini xayotda qo’llab qanday natijalar olish mumkin.

  • Matematik metod va intellektual tizimlarni qo’llab, boshqarishning optimal variantlarini olish.

  • Tizimni avtomatlashtirish natijasida ishchilarning vazifalarini yengillashtirish.

  • Eng to’g’ri axborotga ega bo’lish.

  • Axborotlarni qog’ozda emas balki magnit yoki optik disklarda saqlash

  • Maxsulot ishlab chiqarish sarf xarajatlarnini kamaytirish.

  • Foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish.



Axborot tizimlarida boshqaruv tuzilmasining o’rni.
Axborot tizimi jamiyat va xar bir tashkilot uchun quyidagilarni bajarishi lozim:

  • Axborot tizimining tuzilmasi va uning qo’llanilish maqsadi, jamiyat va korxona oldida turgan vazifa bilan to’g’ri kelishi kerak. Masalan; tijorat firmasida – foydali biznes, davlat korxonasida ijtimoiy va siyosiy vazifalarni bajarishi kerak.

  • Axborot tizimi inson tomonidan boshqarilishi va ijtimoiy etika prinstiplari asosida foyda keltirishi kerak.

  • To’g’ri, kafolatli va o’z vaqtida axborotlarni mijoz yoki tizimlarga etkazishi lozim. Mamlakatimizda axborot tizimini rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarni amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak.

  • O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot sharoitida axborot tizimlari ekotizimlarini yaratish;

  • Mamlakat axborot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish;

  • Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi informatsion jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

  • Global miqyosida va global bozorlarda respublikamizning raqobatbardoshligini oshirish. Bugungi kunda axborot tizimlarini tashkil etish va raqamli axborot texnologiyalari (IT) sohasida mamlakatimizda OTM da quyidagi yo’nalishlarda zamonaviy mutaxasislar tayyorlashni (Ayniqsa, 1 mln dasturchilarni) yo’lga qo’yish zarur:

  • Yuqori darajadagi dasturlash tillarida ishlay oladigan dasturchilar;

  • Elektron platformalar va ekotizimlar bo’yicha mutaxasislar;

  • AR (qo’shimcha reallik) va VR (virtual reallik) bo’yicha mutaxasislar;

  • Moliyaviy texnologiyalar bo’yicha mutaxasislar;

  • Digital Banking mutaxasislari;

  • Ijtimoiy tarmoqlarda ishlash bo’yicha mutaxasislar;

  • Bilimlar bazalari bo’yicha mutaxasislar;

  • Ma’lumotlar havfsizligi bo’yicha mutaxasislar;

  • Turli xil sohalardagi raqamli transformatsiya bo’yicha mutaxasislar;

  • Bulutli texnologiyalar bo’yicha mutaxasislar;

  • Masofaviy ta’lim bo’yicha mutaxasislar;

  • Ma’lumotlar bazalari administratorlari;

  • Raqamli logistika bo’yicha mutaxasislar;

  • Raqamli fazodagi marketologlar;

  • Aqilli texnologiyalar bo’yicha mutaxasislar;

  • Big Data bo’yicha mutaxasislar;

  • Digital Analitika bo’yicha mutaxasislar;

  • Buyumlar internetining arxitektori;

  • Taqsimlangan ma’lumotlar bazalari bo’yicha mutaxassislar;

  • Virtual muhit dizaynerlari - VR-arxitektorlar;

  • Ovozli interfeyslar dizayneri;

  • Buyumlar interneti interfeysi dizaynerlari;

  • Robototexnika injenerlari;

  • Ma’lumotlar bilan ishlaydigan mutaxasislar;

  • Informatsion texnologiyalar bo’yicha yuristlar;

  • Kompyuter lingvistikasi bo’yicha mutaxassislar;

Nazorat savollar.

  1. Axborot tizimi ?

  2. Axborot ta’minoti?

  3. Dasturiy ta’minot?

  4. Texnik ta’miniot?

Yüklə 20,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə