1 Ma'ruza Mavzu


Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari. Genomika fanidagi yutuqlar



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə4/9
tarix27.09.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#124190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
portal.guldu.uz-Genomika tushinchasi va uning tarixi. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushincha.

1.3. Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari. Genomika fanidagi yutuqlar.
Bir qancha xorijiy davlatlarda 20-21 asrlarda genomika jadal suratda rivojlanayotgan dunyo biotibbiyot fanlari sohasiga aylanib bordi. Bioinformatsion texnologiyalar iste’molchilari tadqiqotchilar, fundamental ishlanmalar mualliflari bilan bir qatorda tibbiyot, farmakologiya, biotexnologiya hamda o‘quv muassasalari hisoblanadi. Fanning bu sohasi AQShda va shuningdek boshqa rivojlangan davlatlarda muhim yo‘nalish safatida qaraladi.
Evropa, Osiyo, AQSh hamda Avstraliya davlatlarida bioinformatika markazlari soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bioinformatika bo‘yicha davlat, akademik hamda ta’lim markazlari bilan bir qatorda so‘nggi yillarda sohada olingan tadqiqot natijalardan tijorat maqsadida foydalanishga yo‘naltirilgan sezilarli darajadagi tashkilot va loyihalar yuzaga keldi (3-rasm).
Bu eng avvalo genomlarning, shuningdek odam genomining strukturaviy, funktsional hamda qiyosiy tahlili bo‘yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardir. Genomika sohasi bo‘yicha yaratilgan usullarni qo‘llash bilan birga amaliy muammolarni echish yo‘lida, xususan farmokologiyada texnik hamda dasturiy bazalar jadal suratda rivojlanib bormoqda. Bunday muammolarni bartaraf etishda dasturiy ta’minot sanoati ham takomillashib bormoqda.



1.3-rasm. Bioinfrmatika servis markazlari va resurslari
Mamlakatimizda genomika va bioinformatika fanlarining rivojlanishiga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli dunyo fanida o‘z o‘rniga ega nufuzli ilmiy maktab va muhit shakllantirildi, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilib, keng miqyosda xalqaro ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.9 Xususan O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazida sohada anchagina muvaffaqiyatli dasturlar amalga oshirildi. Markazda etakchi horijiy ilmiy markaz tajribalariga ega, bioinformatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni puxta egallagan ilmiy xodimlarning faoliyat olib borishi va shular hisobga olingan holda markazda bioinformatika laboratoriyasining tashkil etilganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Markaz ilmiy jamoasi hanuzgacha noaniq bo‘lgan g’o‘za genomidagi rekombinatsion bloklar (ya’ni, avloddan-avlodga ko‘chib o‘tadigan gen allellari to‘plami) o‘lchamlarini topib, zamonaviy tezkor “assotsiativ kartalashtirish” usulini kashf etdi. Natijada g’o‘za genomidagi genlardan foydalanishning yangi imkoniyatlari ochilib, g’o‘zada zamonaviy markerlarga asoslangan selektsiya usullari ishlab chiqildi.
Gen-nokaut yoki RNK interferentsiyasi molekulyar genetika va bioinformatika usullari mahsuli bo‘lib, organizmning belgilangan genlari faolligini to‘xtatish imkonini beradi. Shu tufayli genlari “o‘chirilgan” (nokaut qilingan) organizm vujudga keladi. Bu nukleotid ketma-ketligi ma’lum bo‘lgan genlarning funktsiyasini aniqlashga yordam beradi. Nokaut qilingan va normal organizm namunalari orasidagi farqlar, o‘rganilayotgan gen funktsiyasini ko‘rsatib beradi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik ko‘rsatkichlari – hosildorlik, ertapisharlik, zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon bo‘lishida ishtirok etuvchi genning tarkibi va funktsiyasi aniqlangandan so‘ng maqsadga muvofiq ravishda ushbu gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha uni to‘xtatish mumkin. Markaz olimlari erishgan eng so‘nggi yutuqlardan biri – bu ular tomonidan g’o‘za uchun yaratilgan dunyodagi ilk gen-nokaut texnologiyasidir.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə