1 Ma'ruza Mavzu



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə2/9
tarix27.09.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#124190
1   2   3   4   5   6   7   8   9
portal.guldu.uz-Genomika tushinchasi va uning tarixi. Gen va gen konsepsiyasi haqida tushincha.

1.1-rasm. Oqsil ketma-ketliklari va ularning tuzilishi bo‘yicha atlas-kitob
90-yillarda genomika fani paydo bo‘la boshladi. Hozirgi kunga kelib bir qancha organizmlar, jumladan odam, sichqon, tovuq, qurbaqa, bir qancha baliq turlari, chuvalchanglar, yuzlab viruslar va bakteriyalar hamda yuzlab o‘simlik turlarining genom ketma-ketliklari aniqlandi.1 Bakteriya genomining o‘qilishi – bu 2-3 tadqiqotchidan tashkil topgan guruhning vaqt hisobida taxminan 1 yildan kam muddatga to‘g’ri keladigan vazifasidir. Odam genomi qariyb 3 mlrd.ga teng xarflardan iborat bo‘lib bu esa 15000 kitob tomlariga to‘g’ri keladi.2 Uni “o‘qib chiqish” esa biologlar uchun Mendeleevning ximiklar uchun yaratilgan davriylik qonunini ochish bilan tenglashtiriladi.
Shu boisdan ham bunday hajmdagi biologik ma’lumotlarni tahlil qilishda kompyuter texnologiyasidan foydalanila boshlandi. Gen ketma-ketliklarini tenglashtirish bo‘yicha birinchi algoritm 1970 yilda yaratildi. Kompyuterlar axborotlarni virtual ma’lumotlar bazasida saqlash va ular ustida yuqori tezlikda operatsiyalar o‘tkazish imkonini berdi. Bioinformatika ham boshqa zamonaviy fanlar singari bir qancha fanlar, ya’ni molekulyar biologiya, genetika, matematika va kompyuter texnologiyalari fanlari birlashuvi asosida vujudga keldi. Uning asosiy vazifasi bu biologik molekulalar, eng avvalo nuklein kislotalar va oqsillar struktura va funktsiyalari bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish uchun hisoblash algoritmlarini ishlab chiqishdir.
DNK nukeotid ketma-ketliklarini sekvenirlashning jadal usuli ishlab chiqilgandan so‘ng ma’lumotlar bazasida to‘planayotgan genetik axborotlar hajmi yuqori tezlik bilan orta boshladi. Informatika, lingvistika va informatsiya nazariyasi yutuqlari genetik matnlarni tahlil qilish imkoniyatlarini ochib berdi. Genomikaning boshqa fan sohalari bilan o‘zaro bog’liq holdagi rivojlanishi organizm va xujayrada yuz berayotgan biologik jarayonlarni tushunishning yangi darajasi shakllantirishga imkon beradi.
Bioinformatikaning yaralish tarixi 13 asrlarga borib taqaladi. Matematika tarixiga Fibonachchi (Fibonacci) nomi bilan kirib kelgan yosh italyan Pizalik Leonardo (Leonardo of Pisa) biologik jarayonning birinchi matematik modelini tuzgan holda quyonlarnig ko‘payishi to‘g’risidagi masalani tavsiflab bergan. XX asrning 20 yillariga kelib esa yana bir italyan olimi Vito Volterra (Vito Volterra) “yirtqich-o‘lja” ko‘rinishidagi ikki biologik turning o‘zaro harakati modelini yaratdi. 40 yillar oxirida biologiyaga fizik va matematiklar kirib kela boshladi. Biologiyaning zamonaviya tarixi 1953 yildan, amerika olimlari Jeyms Uotson (James Watson) hamda Frensis Krik (Francis Crick) tomonidan DNK ning qo‘sh spiralligi kashf qilingan davrdan boshlandi. Agarda birinchi shaxsiy kompyuter 1981 yilda va internet (World Wide Web) – 1991 yilda, ya’ni yaqindagina yaratilganligi hisobga olinadigan bo‘lsa, bioinformatika jadallik bilan rivojlanayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.3
Bugungi kunga qadar bioinformatikaga turlicha ta’riflar beriladi, biroq asosan bioinformatika deganda turli biologik axborotlarni tahlil qilishda kompyuterdan foydalanish tushuniladi.4 Shuningdek «bioinformatika» termini maydoni ham juda kengaydi va biologik ob’ektlar bilan bog’liq barcha matematik algoritmlardan hamda biologik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanadi. Bioinformatikada informatikdagi singari amaliy matematik, statistika va boshqa aniq fanlar usullari qo‘llaniladi. Bioinformatika shuningdek biokimyo, biofizika, ekologiya, genetika va qator tabiiy fanlar sohalarida faydalaniladi.
Bioinformatika o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1) qiyosiy genomikada kompyuter tahlilining matematik usullari (genom bioinformatikasi);
2) oqsil strukturalarini bashorat qilish uchun algoritm va dasturlarni ishlab chiqish (strukturaviy bioinformatika);
3) muvofiq hisoblash uslubiyatlari strategiyasi tadqiqoti hamda informatsion murakkablikning biologik tizimlar tomonidan umumiy boshqarilishi.
Amaliy ma’noda bioinformatika – bu biologlar manfaatlari uchun xizmat qiladigan amaliy fandir. Ma’lumotlarni birlamchi tahlil qilish texnik bioinformatika sohasiga tegishlidir. Olingan ma’lumotlarni qaerdadir saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash lozim. Bioinformatiklarning eng murakkab va shuning bilan birga eng qiziqarli bo‘lgan mashg’ulotlari bu genom haqidagi ma’lumotlar asosida aniq tasdiqlangan natijalar olish, ya’ni masalan; A oqsili qandaydir funktsiya bajaradi, B geni qaysidir jarayonda qatnashadi va h.o.lar. bu esa bioinformatika fanining amaliy ahamiyatidan dalolat beradi.
Genomika va bioinformatika biologiya sohasining quyidagi yo‘nalishlarida qo‘llaniladi:
– genomika, transkriptomika va proteomika;
– rivojlanish biologiyasida kompyuter modellashtirish;
– gen tarmoqlarining kompyuter tahlili;
– populyatsion genetikada modellashtirish.
Genomika va bioinformatika dori preparatlarini loyihalashtirish muddatini 5-6 yildan bir necha oylarga qisqartish imkoniyatini yaratib farmakologiya sohasiga ham osongina kirib bordi. Shuningdek bu fan ko‘plab boshqa tibbiyotga va biologiyaga oid fanlar bilan integratsiyalandi.
Bugungi kunda genomika va bioinformatikaning quyidagi bo‘limlari mavjud:
– umumiy bioinformatika;
– klinik bioinformatika;
– strukturaviy genomika;
funktsional genomika;
– farmakogenomika;
– klinik proteomika;
– funktsional proteomika;
– strukturaviy proteomika.
Genomika va bioinformatika usullari yordamida katta hajmdagi biologik ma’lumotlarni shunchaki tahlil qilish emas, balki har doim ham oddiy tajribalarda aniqlab bo‘lmaydigan qonuniyatlarni isbotlash, genlar va ular kodlaydigan oqsillar funktsiyalarini bashorat qilish, hujayradagi genlarning o‘zaro ta’siri modelini qurish, dori preparatlarini yaratish mumkin.
Phi-X 174 fagining 1977 yilda sekvenirlanganidan buyon ko‘plab organizmlar DNK ketma-ketliklari aniqlandi va ma’lumotlar bazasiga joylashtirildi.5 Bu ma’lumotlar oqsil ketma-ketliklarini va regulyator uchastkalarni aniqlash uchun foydalaniladi. Ma’lumotlar miqdorining ko‘payishi bilan endi ketma-ketliklarni qo‘lda (vruchnuyu) tahlil qilish mumkin bo‘lmay qoldi. Va hozirgi kunda milliardlab juft nukleotidlardan tashkil topgan minglab organizmlar genomlari bo‘yicha qidiruvlar olib borish uchun kompyuter dasturlaridan foydalaniladi.
Yirik genomlar uchun DNK fragmentlarini yig’ish etarli darajada qiyin vazifalardan hisoblanadi. Bu usul hozirda qariyb barcha genomlar uchun qo‘llaniladi va genomlarni yig’ish algoritmlari bioinformatika sohasida bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Genomda genlarni va regulyator elementlarni avtomatik tarzda qidirish genetik ketma-ketliklarga kompyuter tahlilini qo‘llashda yana bir misol bo‘la oladi.
Genomika kontekstida anotatsiya – bu DNK ketma-ketligida genlarni va boshqa ob’ektlarni markirovkalash (nishonlash) jarayonidir. Genomlar annotatsii birinchi dasturiy tizimi Ouen Uayt (Owen White) tomonidan 1955 yildayoq yaratilgan edi.
Evolyutsion biologiya turlarning kelib chiqish va paydo bo‘lishini, ularning davrlar bo‘yicha rivojlanishini o‘rganadi. Informatika evolyutsiyani o‘rganuvchi biologlarga bir necha jihatlarda yordam beradi:
1) barcha DNKadagi o‘zgarishlarni o‘rgangan holda ko‘p sonli organizmlar evolyutsiyalarini tadqiq qilishda;
2) yanada kompleks evolyutsion hodisalarni o‘rganish imkonini beruvchi genomlarni bir-biriga taqqoslashda;
3) populyatsiyalar kompyuter modellarini qurishda;
4) ko‘p miqdordagi turlar haqida ma’lumotni o‘z ichiga oluvchi nashrlarni kuzatib borishda.
Ekotizimning biologik xilma-xilliklari go‘yoki bu bir tomchi suv yoki bir hovuch tuproq, yoki Er sayyorasining barcha biosferasi kabi barcha tirik turlardan iborat bo‘lgan ma’lum bir muhitning to‘la genetik yig’indisi sifatida aniqlanishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot mahsulotlari qidirish, vizualizatsiya qilish, axborotni tahlil qilish va eng muhimi, natijalarni boshqa tadqiqotchilar bilan bo‘lishda foydalaniladi.
Hozirgi zamon ilmiy biologik adabiyotida bioinformatika bilan birgalikda “hisoblash biologiyasi” iborasi ham uchrab turadi. Hisoblash biologiyasi – bu fan sohasi emas, balki biologik jarayonlarni o‘rganish uchun kompyuterlardan foydalanishga uslubiy yondashuv hisoblanadi. Garchi “hisoblash biologiyasi” ko‘proq algoritmlar va aniq hisoblash usullarini ishlab chiqishlar bilan shug’ullansada hozircha “bioinformatika” va “hisoblash biologiyasi” iboralaridan tez-tez ma’nodosh (sinonim) so‘zlar sifatida foydalanilmoqda. Hisoblash biologiyasida foydalaniladigan barcha usullar ya’ni, masalan, garchi biologik vazifalar bilan bog’liq bo‘lsada matematik modellashtirish – bu bioinformatika hisoblanmaydi.
Bundan tashqari matematik biologiya ham mavjud bo‘lib, u ham bioinformatika singari biologik muammolarni echishda ishlatiladi, biroq unda qo‘llaniladigan usullar natijasi son bilan ifodalanmaydi va ularni amalga oshirishda dasturiy va jihoz ta’minoti talab etilmaydi.
Oqsillar fazoviy tuzilmalarini bashorat qilishda ishlatiladigan algoritm va dasturlar ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi srukturaviy bioinformatika boshqalaridan ajralib turadi.6 Shunday qilib bioinformatika ham anatomiya, botanika, virusologiya, mikrobiologiya, tsitologiya, paleontologiya, fiziologiya va boshq. kabi biologiya bo‘limlari qatoriga qo‘shilmoqda.
1.2. Rekombinant DNK texnologiyasi, genom revolyutsiyasi, genomika asoslari, genomni kartalashtirish, genomni sekvenslash (nukleotid ketma- ketligini aniqlash), genomni sharxlash (genlarni aniqlash)
Genomika biologiyaning ilmiy tajribalari asosida olingan natijalarni tahlil qiladi. Olingan ma’lumotlarni tadqiqotchi ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan barcha to‘plamlar bilan solishtiradi. Bordiyu, u o‘zi aniqlagan ketma-ketlikni ma’lumotlar bazasidan topa olmasa bunda u bu ma’lumotni shu joyga kiritib qo‘yadi va bu bilan bazani yanada boyitadi. Ma’lumotlar bazasi funktsiyalariga saqlash, tizimlashtirish, axborotlarni yangilab turish unga kirish huquqi bilan ta’minlashlar kiradi. Bu operatsiyalar esa katta qudratlardagi kompyuterlarni talab qiladi.7
Shuningdek biologik mavzular majmuidagi ilmiy nashriyotlar bazalari ham mavjud. Biologiya bo‘yicha istalgan ilmiy jurnalning barcha sonlarida chiqadigan har bir maqola ma’lumotlar bazasiga joylashtiriladi izlanuvchi uni internet tarmog’i orqali oson topib olishi uchun qisqa ta’rif berib qo‘yiladi (2-rasm). Eng katta tibbiy-biologik nashrlar on-line kutubxonasi PubMed so‘nggi 50 yil mobaynida 16 mln. dan ortiqroq maqolalarni o‘z ichiga oladi.
Integral ma’lumotlar bazasi va entsiklopediyalar konkret gen, oqsil, organim va h.o. haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida jamlash kabi muhim funktsiyalarni amalga oshiradi. Ular katta miqdordagi boshqa ma’lumotlar bazalari axborotlarini umumlashtiradi va uni hamisha yangilab turadi.
Har qanday yangidan o‘qilgan genom harflarning turli xil kombinatsiyalarida takrorlanuvchi ulkan ketma-ketliklar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bioinformatika bunday xilma-xillikdagi matndan genlarni ajratib olish imkoniyatini beradi. Genomdan genni ajratib olish kabi bunday operatsiya genomni belgilash deb ataladi.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə