1-Ma’ruza mavzusi: Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi fanining mazmuni, predmeti, metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot obyekti, metodlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə164/171
tarix24.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#158739
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171
3-KURS SIRTQI MAJMUA INNOVATSIYA

Ma’naviy-axloqiy bilim-olingan ma’naviy tushunchalarni o‘quvchi puxta o‘zlashtirib, mustaqil aytib bera olishi kerak. Lekin bu o‘rinda ushbu bilim uning xulqida namoyon bo‘lmaydi.
Ma’naviy-axloqiy extiyoj-bunda bilim ijobiy munosabat yuzaga keltirib, taqlid qilishga moyillikni hosil qiladi. Lekin bu irodaviy manbaga tayanmaganligi tufayli rivojlanmasdan moyillik shaklida qolaverishi ham mumkin.
Ma’naviy-axloqiy ko‘nikma - ba’zi hollarda bolada taqlid, ma’naviy-axloqiy maqsad va vazifalarni hosil qilishi mumkin. Lekin u real hayot bilan bog‘lanmagan bo‘lsa, faol hatti-harakatlar darajasiga ko‘tarilmaydi. SHuning uchun tarbiyachi o‘quvchida shakllanayotgan ko‘nikmalarni hayotiyligiga e’tibor berish bilan birga uning faol xulqiy odatlarga aylantirishga ham xarakat qilishi kerak.
Ma’naviy-axloqiy e’tiqod - ma’naviy-axloqiy ideal bo‘lib, u bilim, ehtiyoj, qo‘nikma shaklida mavjud xatti-harakatlarda uchraydi.
SHunday qilib, ma’naviy-axloqiy ishlarga kompleks yondashuv bu borada izchillikni ta’minlanishi o‘quvchilarda shakllanayotgan ma’naviy-axloqiy sifatlarni yuzaga kelishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
5. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish shakl va metodlari.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya barcha ko‘rinishdagi o‘quv yurtlari faoliyatining ajralmas, hayotiy zarur qismdir. Hamma narsa-dars, tanafus, yig‘ilish, mehnat faoliyati, muomala va munosabatlarning barcha ko‘rinishlari yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga qaratilgan
O‘quv yurtlarida o‘tiladigan darslardan tashqari, turli fakultativ mashg‘ulotlar, seminar, suhbatlar, ekskursiya, uchrashuvlar, bahs, munozara, klublar, lektoriylar, davra stoli atrofida fikr almashuvlar, savol-javob kechalari kabilar ma’naviy-axloqiy tarbiyani hayot bilan, yangilanish, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi munosabatlar bilan bog‘lash imkoniyatini beradi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishning frontal va umummaktab, umumsinf shakllaridan tashqari, guruh va individual shakllari ham foydalaniladiki, bular ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirishda shu guruh yoki ayrim shaxs o‘ziga xosligini, imkoniyatlarini, sharoitni hisobga olib tashkil etilsa, samarasi yuqori bo‘ladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə