1-ma’ruza. Programalashtirilgan kontrollerlar. Mikroprotsessorli sistemalarni loyihalash



Yüklə 446,96 Kb.
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü446,96 Kb.
#131791
  1   2   3
1-Тажриба иши


Tajriba ishi №1.
Sanoat tarmoqlarining tuzilishi va topologiyasi.
Avtomatlashtirilgan tizimning bir qismi bo'lgan qurilmalar (kompyuterlar, kontrollerlar, datchiklar, ijro qurilmalari) o'rtasida ma'lumot almashish odatda sanoat tarmog'i (Fieldbus , "maydon shinasi") orqali amalga oshiriladi.
Sanoat tarmog'i - bu bir nechta qurilmalar o'rtasida axborot almashinuvini (aloqa) ta'minlaydigan uskunalar va dasturiy ta'minot majmuasidir.
Sanoat tarmog'i ofis tarmoqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
• chang, namlik, tebranish, zarbadan himoya qiluvchi maxsus konstruksiysi;
• keng harorat diapozoni (odatda -40 dan +70° C gacha);
• kabel, izolyatsiya, ulagichlar, mahkamlash elementlarining mustahkamligini oshirilganligi;
• elektromagnit shovqinlar ta’siriga kuchaytirilgan turg'unligi;
• ishonchlilikni oshirish qobiliyati;
• ma'lumotlarni uzatishning ishonchliligini oshirish;
• avariya holatidan keyin o'z-o'zini tiklash qobiliyati;
• xabarni yetkazish vaqtining determinantlashganligi (aniqligi);
• real vaqtda ishlash qobiliyati (kichik, doimiy va ma'lum kechikish bilan);
• uzun aloqa liniyalari bilan ishlash (yuzlab metrdan bir necha kilometrgacha).
Sanoat tarmoqlari odatda bitta korxona chegarasidan tashqariga chiqmaydi. Biroq, Ethernet va Internetning paydo bo'lishi bilan sanoat tarmoqlari ofis tarmoqlari bilan bir xil tasnifni qo'llay boshladilar:
• LAN (Local Area Network) - cheklangan hududda joylashgan tarmoqlar (sexda, ofisda, zavod ichida);
• MAN (Metropolitan Area Network) - shaharlar tarmoqlari;
• WAN (Wide Area Network) - bir nechta shaharlar yoki qit'alarni qamrab olgan global tarmoq. Buning uchun odatda Internet texnologiyasi qo'llaniladi.
Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlarining 50 dan ortiq turlari mavjud. Biroq, ulardan faqat ba'zilari keng tarqalgan. O'zbekistonda texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarining katta qismida Modbus va Profibus tarmoqlari ishlatiladi. So'nggi yillarda CANOpen va DeviceNet asosidagi tarmoqlarga qiziqish ortgan.

Yüklə 446,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə