1-ma’ruza: Temir-beton konstruksiyalarni ishlatilish sohasi (qo‘llanilishi) va klassifikatsiyasi



Yüklə 54,77 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü54,77 Kb.
#152007
1   2   3   4   5   6
1-маъруза.doc

Temirbeton deb, beton va po`lat armaturadan tashkil topib, birga ishlaydigan suniy qurilish materialiga ataladi.
Quyidagi sabablar beton bilan po`lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi:
1. Beton qotish jarayonida po`lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlashadi).
2. Zich beton po`lat armaturani zanglashdan, chirishdan va yong`indan asraydi, chunki armatura sirtida sement toshidan iborat yupqa qatlam hosil bo`ladi..
3. Po`lat armatura va og`ir betonning harorat ta`sirida chiziqli kengayish koeffitsientlari bir-biriga juda yaqin ( (αst=12·10-6; αbt=(7…15)·10-6) bir biriga juda yaqinligi sababli havo harorati -40...+500S oralig`ida ekspluatatsiya sifati o`zgarmaydi.
Ana shu uchta muhim xossasi tufayli temirbeton konstruktsiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo`lindi.
Temirbeton elastik qayishqoq sifatidagi material bo`lib, kuch yoki yuk ta`siri ostida yuklanishini ortishi bilan darz ketib yoriq paydo bo`lishi va yoriqlarning kengayib kattalashishi va emirilishiga qadar kuchlanish bilan deformatsiyalanish orasidagi bog`lanish bir tekis chiziqli ko`rinishda emasligi tajribalarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Shu sababli materiallar qarshiligi fanida qo`llanilgan formulalarni to`liqligicha qo`llab bo`lmaydi. Temirbeton qarshiligining hisoblash nazariyasi qattiq jismlar mexanikasi va elastiklik nazariyasi hamda yuk yoki kuch ta`siri ostda ishlayotgan elementlarning tajriba orqali haqiqiy kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatlari aniqlangan.
Beton to`sinining egilishga ishlashini ko`rib chiqamiz (rasm 1 a). F kuchning ortishi bilan boshlang`ich davrida betondagi kuchlanish va deformatsiya chiziqli bog`lanishga ega bo`ladi. Keyinchalik yukning yanada ortishi bilan cho`zilgan zonada noelastik (plastik) deformatsiyalar rivojlanadi. Hamda cho`zilgan zona chegaraviy kuchlanishlar va chegaraviy deformatsiya qiymatiga etib borganda birinchi yoriqlar paydo bo`lib, to`sinining mo`rt buzilishi yuz beradi. Bunda, beton to`sinining cho`zilgan zonasi mustahkamligining kichikligi tufayli siqilgan zonasi mustahkamligi to`liq ishlatilmaydi. Natijada, bunday beton to`sinning yuk ko`tarish qobiliyati ham past bo`ladi. Bunda, beton to`sinining siqilgan zonasining yuk ko`tarish qobiliyatining 5...7 % ishlatiladi. Bu holatda, haoratning o`zgarishi, betonning notekis qurishi, tasodifiy dinamik kabi ta`sirlar natijasida qurilish borayotgan davrda konstruktsiyada yoriqlar paydo bo`lishi mumkin. Shuning uchun betondan asosan, siqilishga ishlaydigan devorlar, katta va keng massiv poydevorlar va tirgak devorlar barpo etiladi. egilishga yoki cho`zilishga ishlaydigan armaturalanmagan beton konstruktsiyalar qo`llanilmaydi ayniqsa, seysmik hududlarda.
Agar beton to`sining cho`zilgan zonasiga po`lat sterjenlar joylashtirsak, bunday to`sining ishlash xarakteri va buzilishi beton to`sinining ishlash xarakteri va buzilishidan keskin farq qiladi(rasm 1 b, v). Yuklanishning boshlang`ich bosqichida beton va armatura birgalikda ishlaydi, betonning cho`zilgan zonasida kichik qiymatdagi plastik deformatsiyalar rivojlanadi. YAnada, yuklanish ortib borishi bilan betonning cho`zilgan zonasi chegaraviy qiymatlarga etib boradi, birinchi yoriqlar paydo bo`ladi. Yoriq paydo bo`lish lahzasini keltirib chiquvchi yuk, bunday to`sinni buzuvchi yuk qiymatining 15... 25% ni tashkil qiladi. Yoriqlari mavjud bo`lgan kesimlardagi cho`zilgan beton ishdan chiqadi va barcha cho`zuvchi kuchlanishlarni po`lat sterjenlar qabul qiladi. Yukning ortishi sari yoriqlar kesim balandligi bo`ylab rivojlanadi va kengayadi. Yoriqlari mavjud bo`lgan kesimlardagi po`lat oquvchanlik chegarasiga etganda, to`sinning buzilishi ro`y beradi. Bunday buzilish to`sinni egilishini kattalashtirib chegaraviy holatidan chiqadi va betonning siqilgan zonasi uvalanishi (maydalanishi) kuzatiladi va to`sinlarning buzilishi ro`y beradi.







Rasm 1. Beton va temirbeton to`sinlarning yuk ostida ishlash xarakteri: a) – beton to`sinining buzilishi; b) v) – oddiy temirbeton to`sinining buzilish bosqichlari; g) – tayyorlanish bosqichida oldindan zo`riqtirilgan to`sinning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati; d) – ekspluatatsiya bosqichida oldindan zo`riqtirilgan to`sinning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati. 1 – siqilgan zona; 2 – cho`zilgan zona.
Beton to`sinlarini armatura bilan jihozlashi ularning yuk ko`tarish qobiliyatini kamida 10 martadan ko`p oshiradi. Lekin, oddiy temirbeton konstruktsiyalarning jiddiy nuqsoni, ya`ni cho`zilgan zonasida yoriqlar mavjud bo`lishi natijasida normal ekspluatatsiya sharoiti talablariga javob bermay qolishi kuzatilib, ko`pincha chegaraviy qiymatdan oshib ketadi. Buni oldini olishning eng samarali usuli – armaturani oldindan zo`riqtirishdir.

Yüklə 54,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə