1-ma’ruza: Temir-beton konstruksiyalarni ishlatilish sohasi (qo‘llanilishi) va klassifikatsiyasi



Yüklə 54,77 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü54,77 Kb.
#152007
  1   2   3   4   5   6
1-маъруза.doc


1-ma’ruza: Temir-beton konstruksiyalarni ishlatilish sohasi (qo‘llanilishi) va klassifikatsiyasi
Reja:
1.1. Kirish. Temirbeton va tosh-g’ish konstruktsiyalarning tarixda va istiqbolda qo`llanish sohalari hamda rivojlanishi haqida qisqacha ma`lumotlar.
1.2. Temirbetonning mohiyati. Po`lat armatura bilan betonning birgalikda ilashib bog`lanishini ta`minlaydigan omillar.
1.3. Temirbeton konstruktsiyalari uchun qo’llaniladigan betonlar
1.4. Temirbetonning xossalari
1.5. Temirbeton, uning ishlab-chiqarish usullari
1.1. Kirish. Temirbeton va tosh-g’ish konstruktsiyalarning tarixda va istiqbolda qo`llanish sohalari hamda rivojlanishi haqida qisqacha ma`lumotlar
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma`naviy islohatlar barcha sohalarga o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatib, O`zbekiston industrial davlatga aylanib bormoqda. Horijiy sarmoyalar ishtirokida ko`plab zavod-u, fabrikalar, korxona va yoqilg`i-energetik komplekslarini barpo etilishi hamda davlat ahamiyatidagi magistrial avtotranspot va tez yurar temiryo`llarning, muhandislik-kommunikatsion komplekslarning qurilishi yangi-yangi sanoatlarni vujudga keltirib bu sohalarga xizmat qiluvchi fuqaro va sanoat bino( inshoot)larning arxitekturaviy-konstruktiv loyiha echimlarini O`zbekistonning kuruq-issiq, yozi jazirama issiq, keskin kontinental iqlimi va zilzilaviy sharoitiga moslab yangilashga, mamlakatimiz hududining tabiiy iqlimi va iqtisod-geografik xususiyatlarini e`tiborga olgan holda xom ashyodan, yoqilg`i va energiya resurslaridan oqilona va maqsadga muvofiq ravishda foydalanib loyihalash jarayonida tosh-g`isht va yig`ma, yig`ma-yaxlit yo yaxlit-quyma temirbetondan yoki metalldan bino (inshoot)larni barpo etishni kamida 3-4 variant uchun keltirilgan xarajat, energohajm, sermehnatlilik, kamchil va qimmat bo`lgan po`lat sarfi, ishonchlilik, uzoq muddatda uning chidamliligi, texnologik jihatlardan bo`ladigan ta`sirlar kabi omillar o`rganilib, ularning texnik-iqtisodiy ko`rsatkich (T.I.K.)larini taqqoslash natijasida samarali va zamon talabidagi arxitekturaviy-konstruktiv loyihalarni tanlash iqtisodiyotimizning muhim va ajralmas sohasi – kapital qurilishning nafaqt ajralmas balki, uning asosi bo`lgan istiqbolli fuqaro va sanoat qurilishi taraqqiyotini jadallashtirib uni yuqori pog`onaga ko`tarishni taqozo etmoqda.
Keng va ommaviy qurilayotgan bino va inshootlarning yuk ko`taruvchi konstruktsiyalari asosini – beton va temirbeton, tosh-g`isht tashkil etmoqda. Pishiq g`ishtli binolarga ketadigan mehnat sarfi hajmining kattaligidan tashqari, bunday binolarni barpo etish jarayonini industriyalashtirish va mexanizatsiyalash ishlarining qiyinligi masalan, g`isht terimidagi konstruktsiya massasi umumiy bino massasining o`rtacha 65% ni tashkil etishi (1m3 g`isht terimiga ketadigan mehnat sarfi, xuddi shu hajmdagi temirbeton panelni montaj qilishga ketadigan sarfidan 3 marta katta; 1m2 panelning massasi g`isht terimi massasining 25...65% foiziga tengligini inobadga oladigan bo`lsak, u holda 1m2 devor sirtiga ketadigan mehnat sarfi temirbetonda 4,5...9,5 gacha kamayishi) mumkinligi loyihachilar va quruvchilar oldida – energiya sarfi hajmini iqtisodiy jihatdan asoslangan va texnik imkoniyatlari ham samarali bo`lgan temirbetondan konstruktsiyalarini qo`llash, ayniqsa, zilzilaviy hududlar uchun bino massasini kamaytirish muhimligi katta ahamiyatga egaligini e`tiborga olgan holda loyihalashning bosh masalasi sifatida qaralmoqda.
Temirbeton nisbatan arzon va mustahkam, istalgan ko`rinish va shaklni oladi. Undan tashqari, temirbeton konstruktsiyasi uchun mustahkamligi yuqori bo`lgan beton va po`latlarni qo`llash oldindan zo`riqtirilgan temirbetonda armatura sarfini, zavod yoki qurilish maydonchasida mehnat unumi va energoresurs sarfini kamaytirish mumkinligi - temirbeton o`rnini egalaydigan yoki bosadigan alternativ materialning o`zi yo`qligini ko`rsatishdan tashqari, rekonstruktsiya va modernizatsiyalash hamda kapital ta`mirlashda ham, temirbeton – uning asosiy materiali bo`lib qolmoqda.

Yüklə 54,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə