1– Ma’ruza. Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi, vazifalari hamdaturlari rivojlanishining tarixiy tavsifi reja



Yüklə 26,13 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü26,13 Kb.
#144941
  1   2   3   4
1-MA\'RUZA


1– Ma’ruza. YENGIL ATLETIKA VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANINING MAQSADI, VAZIFALARI HAMDATURLARI RIVOJLANISHINING TARIXIY TAVSIFI


Reja:
1.1. Yengil atletikaning ta’rifi va tavsifi
1.2. Yengil atletikaning mazmuni va tushunchalari
1.3. Fanning maqsad va vazifasi:
1.4. Qadimgi zamonda yengil atletikaning rivojlanishi
1.5. Xorijiy mamlakatlarda yengil atletikaning rivojlanishi


Tayanch iboralar.

  1. Yengil atletika

  2. Stadion

  3. Sportchi

  4. Murabbiy

  5. Stadionda yurish

  6. Ko’cha yo’llarida yurish

  7. Tabiiy sharoitda yugurish

  8. To’siq osha yugurish

  9. O’rta va uzoq masofaga yugurish

  10. Estafeta



1.1. YENGIL ATLETIKANING TA’RIFI VA TAVSIFI

Yengil atletika – bu o’zbekchada shartli bo’lib, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va ayrim mamlakatlarda track and field athletics – ya’ni yo’lka va maydonlardagi kurash deb, AQSHda athletics ya’ni atlet – kurash, kurashuvchi degan ma’nolarni bildiradi.


Rossiyada “Legkaya atletika” – ya’ni og’ir atletika mashqlariga qaraganda yengil ko’ringanligi sababli “Yengil atletika” deb nomlangan. O’zbekistonga kirib kelishida yengil atletikaning zamonaviy ko’rinishi sport turi sifatida XX asrning boshida kirib kelgan.


1.2. YENGIL ATLETIKANING MAZMUNI VA TUSHUNCHALARI

Yengil atletika atamasi shartli bo’lib, bu sport turiga kiradigan hamma mashqlarning tabiiy ahamiyatini yoritib bera olmaydi. Shu bilan birga yengil atletika qadimiy yunoncha “atletika” so’zidan olingan bo’lib, “mashq”, “kurash”, “bellashuv” ma’nosini anglatadi. Qadimiy Yunonistonda kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalashgan kishilarni atletlar deb ataganlar.


Hozirgi kunda jismoniy kamolotli kishilar atlet deyiladi. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani “Atletika” (Fransiyada), “yo’lka va maydondagi mashqlar” (AQSH va Angliyada) deb ataydilar.
Yengil atletika hayotda keng tarqalgan eng kerakli mashqlar – yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlarini birlashgan eng ommaviy sport turi hisoblanadi.
Ko’pgina yengil atletika mashqlarini umumiy omma – eng kichik yoshdagi bolalardan boshlab kattalargacha bu mashqlar kundalik hayotda har–xil turda uchraydi va turlicha me’yorlanadi. Yengil atletika bilan yil davomida shug’ullansa bo’ladi. Shu sabablarga ko’ra yengil atletika mashqlari (yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish) Respublika maxsus testlar majmuasini “Alpomish va Barchinoy” ko’pchilik qismining amaliy me’zonlarini tashkil etadi.
Yengil atletikani ko’pincha “Sport malikasi” deb atashadi. Respublika xalqaro musobaqalar Olimpia o’yinlarining hamma dasturlariga kiritilgan, shu bilan birga o’ynaladigan medallarning majmuasi va soni bo’yicha eng ko’p hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya instituti, Universitetlar va pedagogik institutlarning “jismoniy madaniyat” fakultetlari dasturida yengil atletika asosiy o’quv fani bo’lib, “jismoniy tarbiya va sport” yo’nalishidagi bakalavrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 26,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə