1-mavzu: Auditga umumiy tavsif reja: Auditning mohiyati va rivojlanish tarixi



Yüklə 154,42 Kb.
səhifə2/6
tarix19.10.2023
ölçüsü154,42 Kb.
#128080
1   2   3   4   5   6
1-MAVZU. Auditga umumiy tavsif

Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.

  • Maqsadli sistemali audit – bu bosqichda muomala (operatsiya)larni nazorat qilish sistemasini kuzatish imkoniyati yaratildi.

  • Tavakkalchilikka asoslangan audit - sistemani nazorat qiluvchi shaxslar tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlariga baho beriladi.

    Maqsadli sistemali audit shakllanishi bilan auditorlar ichki nazorat orqali ekspertiza o’tkaza boshladilar. Buning oqibatida shu narsa isbotlandiki, agar ichki nazorat tizimi samarali tashkil qilingan bo’lsa, xato va kamchiliklarni aniqlash uchun jiddiy tekshirishlar o’tkazishga hojat qolmaydi.
    Tavakkalchilikka asoslangan audit yoppasiga yoki tanlov yo’li bilan o’tkaziladigan tekshirish bo’lib, u korxona faoliyati sharoitidan kelib chiqadi va asosan tor doiradagi ob’ektlarni tekshirish bilan yakunlanadi.
    Davlat organlarining auditorlik xizmatlariga munosabati turlicha. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada auditorlik tashkilotlari mustaqil bo’lib, ular auditorlarni o’zlari tayyorlaydilar, tegishli malakaviy unvonlarni beradilar va keyinchalik ham ularning o’z vazifalarini vijdonan, halol bajarishlarini nazorat qilib turadilar. Boshqa Evropa mamlakatlarida auditorlik faoliyati hukumat organlari tomonidan tashkil qilinadi.
    Bozorning kengayishi bilan auditorlik firmalari ko’rsatadigan xizmatlar turlari va hajmlari ham ortib boradi. Ko’plab firmalar odatdagi buxgalteriya hisobiga oid maslahatlar va xizmatlardan tashqari soliqqa tortish, boshqaruv faoliyati va axborotlarni olish texnologiyasi, marketing, moddiy ishlab chiqarish zahiralarini baholash, iqtisodiy rejalashtirish va istiqbolni belgilash, bank va sug’urta ishlari bo’yicha ham xizmat ko’rsata boshladilar.
    Bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy nazoratning quyidagi tashkiliy tizimidan foydalaniladi:
    1. Davlat moliyaviy nazoratining oliy organi schyotlar palatasi yoki davlat bosh auditorlik apparati bo’lib, u bevosita parlament yoki prezidentga bo’ysunadi. Uning asosiy vazifasi davlat byudjetining xarajatlar qismini umum nazorat qilishdir.
    2. Soliq boshqarmasi. Hukumatga yoki moliya vaziriga bo’ysunadi, davlat byudjeti daromadlar qismining to’ldirilishini nazorat qiladi.
    3. Vazirliklardagi nazorat taftish bo’linmalari byudjet tomonidan mablag’ bilan ta’minlanib, davlat moliyaviy nazoratining oliy organi yoki tegishli vazirlikka bo’ysunadi. Asosiy vazifasi byudjet mablag’larining to’g’ri sarflanishini nazorat qiladi.
    4. Mustaqil auditorlik moliyaviy nazorat balans ma’lumotlarining to’g’riligini, amalga oshirilgan muomalalarning qonuniyligini shartnoma asosida nazorat qiladi. Nodavlat sektoridagi korxona va tashkilotlarga ham shartnoma asosida hisob va moliya masalalari bo’yicha maslahat (konsultatsiya) beradi.
    Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga oshiriladi.
    Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud:

    • korxonalar moliyaviy hisobotlarini majburiy audit nazoratidan o’tkazish;

    • auditorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar uchun ma’lum malakaga ega bo’lishi bilan bog’liq talablar;

    • auditorlikka faqat shu mamlakat fuqarolarini tayinlash.

    Bu mamlakatlarning har birida auditorlik xizmatlarining soni juda ko’p. Ularning faoliyati shu darajada keng tarqalganligi xalqaro auditorlik tashkilotlarining shakllanishiga olib keldi. Xususan, Diplomli jamoatchi buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi 147 ta mamlakatda faoliyat ko’rsatadigan 4 mingdan oshiq auditorlik firmalarini birlashtiradi. Xorijiy mamlakatlarning nazorat amaliyotidagi ijobiy tajribalarni o’rganish va yoyish maqsadida 1953 yili BMT qoshida nodavlat tashkiloti - Oliy Nazorat Organlarining Xalqaro Tashkiloti (INTOSAI) tuzilgan. Bu tashkilotni tuzishga quyidagi omillar sabab bo’lgan:

    • jahon iqtisodiyotida baynalminallashish tendentsiyalarining kuzatilishi;

    • biznes va savdo-sotiqning rivojlanishi;

    • ko’p millatli korporativ operatsiyalarning kengayishi;

    • pul mablag’larini samarali nazorat qilishga intilish;

    • davlat nazoratining kuchaytirilishi va chet el inves-titsiyalarining boshqarilishi.

    Buxgalter-auditorlarning professional tashkilotlari jahonning ko’p mamlakatlarida tuzilgan. Jumladan Buyuk Britaniyada Angliya va UELS mamlakatlarida mustaqil buxgalterlar instituti tashkil qilingan bo’lsa, AQShda diplomli va diplomsiz jamoatchi buxgalterlarning buxgalter-auditorlar jamiyati, Germaniyada Auditorlar palatasi va Auditorlar instituti faoliyat ko’rsatmoqda.
    Barcha auditorlik firmalari, xizmatlari o’z faoliyatlarida «Xalqaro audit normalari va qo’shimcha ishlar Nizomi» dan foydalanadilar. Xalqaro audit normalari normativi 29 ishdan iborat bo’lib, unga yana 4 ta qo’shimcha ishlar normativlari ham kiritilgan.
    Tashqi audit bilan birga ko’pchilik korxonalarda ichki audit yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular ishlab chiqarish xarajatlarining darajasi, rentabellik, tejamkorlik, maqbul rejimga rioya qilish va ko’rsatiladigan xizmatlarning yuqori sifatliligi ustidan nazorat qiladilar.
    Firmalarning, shu jumladan auditorlik firmalarining ham bozorda mustahkam o’rin topishida ularning mahsulot (ish, xizmat)larining sifati muhim ahamiyatga ega. Ichki audit transnatsional firmalar ishlab chiqarish-moliya faoliyatining muhim omilidir. Masalan, «Istmen Kodak» oliy sifatli sport mollari sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha jahonda etakchi o’rin egallaydi. Unda ichki auditning tashkil qilinganiga 60 yildan oshgan. Uning uchun mas’uliyat Rochester (Nyu-York shtati) dagi umumiy audit bo’limiga yuklangan.
    Har bir korxona va har bir tadbirkor ular xo’jalik yuritadigan sohada amalga oshiriladigan muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarurati bilan to’qnashadilar. Ammo audit nima ekanligini hali ko’pchilik tushunib etgan emas.
    Audit mamlakatimizdagi xo’jalik faoliyatini nazorat va iqtisodiy tahlil qilishning nisbatan yangi yo’nalishidir. Agar Јarb mamlakatlarida audit 150 yildan buyon ma’lum bo’lsa, O’zbekistonda esa, mustaqil faoliyat sohasi sifatida xo’jalik yuritishda davlat monopoliyasidan voz kechish va bozor iqtisodiga o’tish natijasida shakllana boshladi. Shuning uchun auditorlik faoliyati rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish zarurdir. Ta’kidlash joizki, oldin ham mamlakatimizdagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda xo’jalik faoliyatini nazorat va taftish qilish amalga oshirilgan. Ammo, nazorat va taftish bilan audit tushunchalari bir-birlariga yaqin bo’lsa ham, ularni bitta narsa deb tushunish to’g’ri emas.
    Auditorlik bizning tushunchamizdagi xo’jalik faoliyatining tahlili, hujjatli to’liq taftish, balans schyotlarini tekshirish yoki aytaylik, sud-buxgalterlik ekspertizasi emasligiga qaramasdan, auditorlar o’z xizmat vazifalarini amalga oshirish chog’ida yuqorida sanab utilgan ishlar tartibi va hisob hamda nazorat-tahliliy amaliyotning boshqa sohala-ridan foydalanadilar.
    Audit tushunchasi nazorat va taftish tushunchalariga qaraganda kengroq, chunki u nafaqat moliyaviy ko’rsatkichlar to’g’riligini tekshirishni, balki xarajatlarni maqbullashti-rish va qonuniy asosda foydani ko’paytirish maqsadida xo’jalik faoliyatini yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Auditni biznesni o’ziga xos ekspertiza qilish deb ta’riflash mumkin. Bunda buxgalteriya hisobi va ichki xo’jalik nazorati shartnoma asosida amalga oshirilib, moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka muvofiqligi tekshiriladi (ya’ni hisobot ko’rsatkichlarining haqqoniyligi nazorat qilinadi). Shuningdek, noo’rin xarajatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida ekspert konsultatsiyasi o’tkaziladi.
    Biznes bo’yicha ekspert vazifalarini bajarish uchun auditor keng bilim, mahorat va tajribaga ega bo’lishi lozim.
    Bizning mustaqil mamlakatimizda auditning dunyoga kelishi va auditorlik firmalarining barpo etilishi asosan, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va tijorat banklarining tashkil etilishi bilan bog’liq bo’lib, ularning hisobotlari auditor xulosasiz rasmiy maqomga ega bo’la olmaydi.

    2.Auditning maqsadi, vazifalari va usullari tavsifi
    Auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Auditning perdmeti xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z ustavlariga asosan faoliyat yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalaniladi. Korxonalarning aktivlari doimiy ravishda daromad, foyda olishga qaratilgan bo’ladi. Lekin, ushbu natijalarga faqat qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilgan holda erishish mumkin. Korxonalar o’z faoliyatlarida me’yoriy hujjatlarga, qabul qilingan qoidalarga rioya qilishlari shart. Har bir korxona o’zining hisob siyosatini belgilaydi va unga asosan hisob-kitoblarni yuritadi. Audit paytida korxona faoliyatining qabul qilingan qonunlarga monandligi, hisob ma’lumotlarining korxona moliyaviy-xo’jalik ko’rsatkichlariga muvofiqligi tekshiriladi.
    Auditning predmeti taftishdan o’laroq korxonaning faqat bir faoliyat turi yoki birgina ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Misol uchun, savdo faoliyati, ishlab chiqarish faoliyati yoki bo’lmasa pul mablag’lari, tovarlar, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta operatsiyalari va boshqalar. Auditning predmetiga korxona moliyaviy hisobotning to’g’riligi, hisob siyosatiga, soliq siyosatiga to’liq amal qilinishlikni tekshirish ham kiradi. Auditning aniq predmeti yoki ob’ekti mijoz bilan tuzilgan shartnomaga bevosita bog’liq bo’ladi.
    Bozor sharoitida korxonalarning faoliyati kengayib har tomonlama rivojlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida auditning asosiy ob’ektlari quyidagilardan iborat bo’lishi kerak deb hisoblaymiz:
    - mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bog’liq bo’lgan opretsiyalar;
    - moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi ko’rsatkichlar ( xarajatlar, daromadlar, foyda ( zararlar);
    - valyuta operatsiyalari;
    - tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan xorijiy sarmoyalar;
    - hisob-kitob operatsiyalari ( debitorlik, kreditorlik qarzlari);
    -qimmatbaho qog’ozlar bilan bog’liq jarayonlar.
    Shunday qilib auditning predmeti va ob’ektlari quyidagi tartibda guruhlash mumkin:

    • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari;

    • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning aktivlari va majburiyatlari;

    • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning alohida jarayonlari ( operatsiyalari).

    Auditning asosiy predmeti bo’lgan korxonalarning faoliyatlari quyidagilarga bo’linadi:

    • ishlab chiqarish faoliyati;

    • savdo faoliyati;

    • xizmat ko’rsatish faoliyati.

    Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatlari o’z navbatida quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:

    • ta’minot jarayoni;

    • ishlab chiqarish jarayoni;

    • realizatsiya jarayoni.

    Jarayonlar xo’jalik operatsiyalari orqali sodir bo’ladi.
    Xo’jalik jarayonlarning auditi ma’lum ko’rsatkichlarni tekshirish orqali amalga oshiriladi. Ushbu ko’rsatkichlarning ikkiga bo’lish mumkin:

    • miqdor ko’rsatkichlari;

    • sifat ko’rsatkichlari.

    Miqdor ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilan mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan xizmatlar hajmidan iborat.
    Sifat ko’rsatkichlar - faoliyat yuritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, foyda, mehnat unumdorligini ifodalaydi. Korxonalarning alohida jarayonlari va ko’rsatkichlari auditning ob’ektlari hisoblanadi.
    Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konstalting xizmatlarini ko’rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro tuzilgan shartnomalarga asosan «Biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni to’g’ri hisoblash, mahsulot tannarxini aniqlash, moliyaviy hisobot tuzish kabi masalalarda yaqindan yordam beradilar.
    Auditning o’ziga xos usullari va uslubiyati mavjud. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Korxonada audit o’tkazish mutaxassis auditordan ma’lum bilimni va ish tajribasini talab qiladi. Bozor sharoitida turli mulkka asoslangan korxona va firmalarning faoliyatlari bir-biridan farq qiladi. Ularning so’nggi moliyaviy natijalari ham turli operatsiyalar va omillar tufayli shakllanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qabul qilingan qonun-qoidalarga monandligini ekspertiza qilish, baholash, asosli xulosalarga kelish va tavsiyalar berish auditordan ko’p bilim va saviyani talab qiladi. Audit natijasida ishonchli xulosaga kelish ushbu jarayonda qo’llaniladigan usullarga bevosita bog’liqdir. Ushbu usullarning turi ham ko’p.
    Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining o’zgaruvchanligi yotadi. Korxonalar faoliyatidagi operatsiyalar tufayli mablag’lar bir shakldan boshqa shaklga o’zgarib turadi. Ushbu jarayon natijasida korxona samara (naf) olishi kerak. Bu samara, o’z navbatida qabul qilingan qonun-qoidalarga to’liq amal qilingan holda erishilgan bo’ladi. Noqonuniy operatsiyalar mijozlarga faqat zarar keltiradi, xolos.
    Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan xalqaro amaliyotda keng foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu usullar tarkibi auditning predmeti, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liqdir. Audit nazariyasi va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
    - solishtirish usuli (iqtisodiy hodisalar, ko’rsatkichlarni o’zaro va biznes-reja bilan solishtirish);
    - gipoteza usuli (hodisalarning sodir bo’lishi, natijalari turli shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda o’rganiladi. Bunday usul ko’pincha “yashirin iqtisodiyot” natijalarini aniqlashda keng foydalaniladi);
    - tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi);
    - taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi);
    - inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi);
    - kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
    - ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi);
    - buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
    - balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish).
    Auditor tekshirish jarayonida me’yorlashtirish, baholash, guruhlash usullaridan ham foydalaniladi. Audit usullari har bir hodisaning kelib chiqish sabablari, ularning oqibatlari, ho’jalik jarayonlarining qonun-qoidalarga (mezonlarga) muvofiqligini aniqlashga yordam berishi kerak. Auditorlik faoliyatining rivojlanishi tufayli uning uslubi, unda qo’llaniladigan usullar ham takomillashib boraveradi. Keyingi paytlarda maxsus adabiyotlarda auditning quyidagi usullariga katta e’tibor berilmoqda: xodimlar (yoki uchinchi shaxslar) bilan og’zaki so’rovlar o’tkazish, tekshirilayotgan korxona bo’yicha muqobil (alternativ) balans tuzish, audit ob’ektlari bo’yicha testlar anketalar o’tkazish, kompyuter axborotlari texnolgiyalaridan keng foydalanish kabi usullar. Shuni ham qayd qilish kerakki, auditorlar (auditorlik tashkilotlari) audit jarayonida qabul qilingan umumiy (an’anaviy) usullardan foydalanish bilan bir qatorda ular o’zlariga ma’qul bo’lgan yoki boshqalar uchun “tijorat siri” hisoblangan noan’anaviy (lokal) usullardan ham foydalanishlari mumkin. Audit o’tkazishda milliy va xalqaro audit standartlariga asoslanadi. Shunday qilib, auditda qo’llaniladigan usullar uning turi, maqsadi va vazifalariga bevosita bog’liq bo’ladi.

    3.O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni va fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq jihatlari


    Davlatni boshqarish funktsiyasining muhim funktsiyalaridan biri bo’lgan moliyaviy nazorat davlat tuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodyotiga o’tish sharoitida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi. Bir tomondan, moliyaviy nazorat moliyani boshqarishning yakuniy bosqichi hisoblanadi, boshqa tomondan esa, uni samarali boshqarishning zarur sharti bo’lib xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat moliyaviy resurslar harakatining xamma jarayonlarini o’z ichiga oladi, mablag’larni tashkil topish jarayonidan boshlab, har qanday faoliyatni boshlashdan to uning moliyaviy natijalarini aniqlashgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish, davlat mulkini xususiylashtirish natijasida moliyaviy mexanizm va moliyaviy tizimni tashkil etish talabini qo’yadi. Natijada ushbu sharoitda moliyaning o’zi kabi moliyaviy nazoratning xam maqsad va vazifalari, shakllari tubdan o’zgardi. Endi u faqatgina jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o’z vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larning to’liq to’planishi, byudjet mablag’laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat va ko’rsatmalar berish kabi vazifalarni bajarmokda. Iqtisodiyotning markazlashmagan tizimga o’tishi, O’zbekiston Respublikasi mulklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish natijasida moliyaviy nazoratning roli yanada oshadi.
    O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan davlat nazoratini tashkil etish muammosiga qayta qurish jarayonida juda katta e’tibor berilmoqda va quyidagi me’yoriy xuquqiy xujjatlar qabul qilindi: O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvar №504-XII “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O’zbekiston Respublikasi davlat nazorati qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabr 734-XII “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, mazkur Qonunning yangi tahriri O’zbekiston Respublikasi 2000 yil 26 maydagi 78-II son Qonuniga muvofiq tasdiqlangan, bundan tashqari 2021 yil 25 fevral O’RQ-677-son Qonuni ya’ni “Auditorlik Faoliyati To‘g‘risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 fevral “O’zbekiston Respublikasida davlat nazorati tizimini takomillashtirishning ayrim choralari to’g’risida”gi Farmoni, 1996 yil 8 avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni akomillashtirish to’g’risida kabi hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi. Ushbu ishlar yana davom ettirilib, 2000 yildan xozirgi davrgacha O’zbekiston Respublikasi moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo’yicha ko’plab qonunchilik aktlari qabul qilindi. (O’zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi to’g’risidagi”, “Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi to’g’risida”gi Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 13 dekabrdagi №PQ-3161 Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi Qarori va boshqalar) .
    Amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni quyidagicha guruhlash mumkin:
    Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini davlat nazorati O’zbekiston Respublikasini 1998 yil 24 dekabr №717-1 “Xo’jalik sub’ektlari faoliyatini davlat nazorati to’g’risida”gi Qonuni asosida tartibga solinadi;
    Davlat nazoratini prokuror nazorati tomonidan amalga oshirilishi tegishli qonunchilik asosida tartibga solinadi;
    Davlat nazoratini soliq tekshiruvlari yo’li bilan amalga oshirish tegishli soliq qonunchiligi tomonidan belgilanadi. Lekin O’zbekistonda moliyaviy nazoratni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilganligi bilan umumiy qabul qilingan jahon amaliyotiga to’liq mos keltirish bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish lozim.
    Moliyaviy nazorat tizimi o’z tarkibida - sub’ektlar (nazorat qiluvchilar), ob’ektlar (nazorat qilinuvchilar), nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlaydi.
    Moliyaviy nazoratning maxsus uslublari: doimiy monitoring-kuzatuv, markazlashgan topshiriqlar bo’yicha tekshirish, xarajatlar smetasining ijrosi yuzasidan hujjatli taftish, xo’jalik faoliyati tahlili singari birmuncha xususiy uslublarga bo’linadi. Oraliq vazifalarni bajarish uchun hujjatlarni muqobil tekshirish, pul mablag’lari va moddiy boyliklarni ro’yxatga olish, miqdor hisobni tiklash va boshqalardan foydalaniladi.
    Moliyaviy nazorat, shuningdek, majburiy va o’z tashabbusiga ko’ra amalga oshirilishi mumkin.
    Nazorat samaradorligiga rasmiy va mantiqiy, hujjatlar va faktlar asosidagi tekshirishlar kabi xilma-xil usullarni qo’shib foydalanish orqali erishiladi. Bundan tashqari, byudjet ijrosining nazorati to’liq yoki qisman, kompleks yoki mavzuli, yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan nazorat turlariga bo’lish tekshirish hajmi, yoki tekshirilayotgan ob’ektning to’liq qamrab olinishiga bog’liq.
    O’zbekiston Respublikasi ham moliyaviy nazorat sohasida jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, ularda mavjud bo’lgan moliyaviy nazorat tizimiga o’tish borasida muhim bo’lgan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, har tomonlama xolis bo’lgan, ijroiya hukumatiga emas, balki qonun chiqaruvchi davlat organiga bo’ysunuvchi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 21 iyundagi PF-3093 sonli «O’zbekiston Respublikasi hisob palatasini tashkil etish to’g’risida»gi farmoniga asosan tashkil etildi.
    Moliyaviy nazoratni tashkil etishda uning turlarini to’g’ri belgilash muhim hisoblanadi. Shu jihatdan moliyaviy nazoratni 3 turga bo’lish maqsadga muvofiq hisoblanadi: byudjet-moliyaviy nazorati, moliyaviy – xo’jalik (tadbirkorlik, tijorat) nazorati, mustaqil audit. (1.1.-rasm).

    Moliyaviy nazorat funktsiyasi bo’limi

    Moliyaviy nazoratga kiruvchi mustaqil auditning maxsus funktsiyasi bo’limi

    Byudjet-moliyaviy nazorati

    Moliyaviy-xo’jalik (tadbirkorlik, tijorat) nazorati

    Mustaqil audit

    Byudjet daromad va xarajat moddalarini tekshirish

    Moliyaviy xo’jalik faoliyatini va moliyaviy hisobotlarning to’g’riligini tekshirish

    Moliyaviy hisobotlarning to’g’riligini tasdiqlash

    Mavzu bo’yicha tekshirish yoki operatsion audit




    Baholash dasturi, aniq natijalar olishga mo’ljallash, «sanset» metodi




    Taftish va tekshirish natijalarini kamomad hamda o’g’irliklar sodir bo’lganda yuqori tashkilotga taqdim etish

    Auditorlik firmasining maslahat xizmatlari

    1.1-rasm. Moliyaviy nazoratni har bir tur funktsiyasi bo’yicha bo’limi
    Moliyaviy byudjet - nazoratining sub’ektlari bo’lib, birinchi navbatda, nazorat huquqiga ega bo’lgan davlat organlari, qonunchilik va ijro organlari va boshqaruv hisoblanadi. O’zbekistonda bunga Oliy Majlisning Senat va qonunchilik palatasi, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi, moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqalar kiradi.
    Davlat moliyaviy nazoratining ob’ekti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi byudjeti va boshqa qonunchilikka rioya qilinishini tahlil qilish va tekshirish orqali uning buzilishiga yo’l qo’ymaslik, buzilish holati sodir bo’lsa, aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish hisoblanadi.
    Davlat moliyaviy nazorati quyidagicha guruhlashtiriladi:
    1) Nazoratni amalga oshiruvchi organning bog’liqligiga qarab, ichki va tashqi davlat moliyaviy nazoratiga bo’linadi;
    2) Byudjetning tegishli darajasiga bog’liq holda, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra Respublika va mahalliy darajada amalga oshiriladi.
    Davlat moliyaviy nazorati organlari tizimiga quyidagilar kiradi: 1) O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi;
    2) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari;
    3) Davlat boshqaruvi respublika va mahalliy organlarining ichki nazorat xizmati.
    Rejadan tashqari nazorat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, shunga vakil davlat organlari va deputatlik so’rovlari asosida amalga oshiriladi.
    Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari:
    Davlat moliyaviy nazoratining sub’ektlari bo’lib, nazorat qilishga vakolati bo’lgan Davlat hokimiyati organlari, birinchi navbatda, qonunchilik, hukumat ijro va boshqaruv organlari hisoblanadi. O’zbekistonda ularga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, O’zbekiston Respublikasi Prezident Devoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa davlat boshqaruv organlari kiradi.
    a) O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi
    Davlat moliyaviy nazoratining yuqori organi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi hisoblanib, uning tomonidan Davlat byudjeti ijrosi, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlar byudjetining tashqi nazoratini amalga oshiradi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bevosita bo’ysunadi va hisobdor hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat byudjeti bajarilishi nazoratini amalga oshiradi:
    - Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlari loyihasini ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi;
    - Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining ijrosi natijalari bo’yicha hisobotni ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi;
    - Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishini, shu bilan birga, soliq va bojxona organlarini, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlar faoliyatining monitoringini amalga oshiradi;
    - Byudjet mablag’larining harakati to’g’risida qonunchilik doirasida bankdan ma’lumot oladi;
    - Moliya organlari, g’aznachilik bo’limlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar va xo’jalik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi hamda taftish o’tkazadi;
    - Qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa vakolati doirasida faoliyat ko’rsatadi.
    O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi yilning har choragida Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishi natijalarini ko’rib chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
    b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat byudjeti ijrosini yilning har choragida ko’rib chiqadi.
    v) O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
    O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat byudjetining ijrosi nazoratini amalga oshiradi:
    - turli darajadagi byudjet ijrosi natijalarini ko’rib chiqadi;
    - soliq va bojxona organlari, davlat maqsadli fondlari taqsimlovchi organlardan turli darajadagi byudjetlar mablag’larining kelib tushishi to’g’risida axborotlar oladi;
    - davlat byudjeti mablag’lari va byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan byudjet mablag’lari oluvchilari yuridik majburiyatlarini ro’yxatdan o’tkazish orqali (G’aznachilik) dastlabki nazoratni amalga oshiradi;
    - byudjetdan mablag’ oluvchilar moliyaviy majburiyatlarining hisobini yuritish orqali (G’aznachilik) va ularning nomidan mol etkazib beruvchilar tovar (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlar) uchun ularning schyotiga bevosita pul o’tkazish orqali yoki boshqa ko’zda tutilgan maqsadlar uchun (ish haqi, majburiy to’lovlarni to’lash va boshqalar) to’lovni amalga oshirish orqali joriy nazoratni amalga oshiradi;
    - qonunchilikka ko’ra bankdan byudjet mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumot oladi;
    - o’zining vakolati doirasida taftish o’tkazadi va byudjetdan mablag’ oluvchilar moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi;
    - keyingi davlat moliyaviy nazoratini (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari) respublika va mahalliy darajada amalga oshiradi.
    g) ichki nazorat xizmati
    Respublika va mahalliy davlat boshqaruvining ichki nazorat xizmati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda nazorat funktsiyasini amalga oshiradi.
    Ichki nazorat xizmati:
    1) davlat organlarining faoliyati yo’nalishi bo’yicha uning ishining unumdorligi va sifatini oshirish maqsadida amalga oshiradi;
    2) davlat organlari, uning hududiy bo’linmalari va bo’ysinuvchi tashkilotlar faoliyatining yo’nalishi bo’yicha baholashni amalga oshiradi hamda davlat organlarining birinchi rahbariga uning faoliyatini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar taqdim etadi;
    3) O’zbekiston Respublikasi byudjet va boshqa qonunchiliklarini davlat organlari rioya qilishini tekshirishni amalga oshiradi;
    4) Davlat organlarining strategik va operatsion rejalarini amalga oshirishni va natijalarini baholashni tekshirishni amalga oshiradi;
    5) Davlat organlari tomonidan hisob va hisobotni to’g’ri va ishonchli yuritilishi nazoratini amalga oshiradi;
    6) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublika va mahalliy byudjet mablag’laridan foydalanishda buzilishlarni aniqlaydi, oldini oladi va yo’l qo’ymaslik bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
    7) Nazorat natijalrining jami bo’yicha qaror qabul qilish, nazorat ob’ektlarining yo’nalishi va ijrosining nazoratini amalga oshiradi;
    8) Nazorat ob’ektlaridan belgilangan muddatlarda nazorat o’tkazish bilan bog’liq zarur hujjatlar, spravka, og’zaki va yozma tushuntirish xatlari so’rashi va olishi mumkin;
    9) nazorat tadbirlarining savollari bilan bog’liq, tegishli sir saqlash rejimiga rioya qilishi, xizmat, tijorat yoki qonun bilan qo’riqlanadigan sirni saqlagan holda nazorat ob’ekti hujjatlari bilan hech qanday to’siqsiz tanishishi;
    10) davlat organi rahbari belgilagan vakolat doirasida boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin.
    Ichki nazorat xizmati davlat organi rahbariga nazorat natijalari to’g’risida hisobotlar va davlat organi ishining samaradorligini oshirish maqsadida, uning faoliyati bo’yicha to’g’ri va yakuniy natijalarga erishish uchun ichki jarayonlar, qoidalar, protsesslarni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar beradi.
    Ichki nazorat xizmati tashkiliy jihatdan boshqa tarkibiy bo’linmalarga bog’liq emas, faqat davlat organining birinchi rahbariga bo’ysinadi va unga hisobot beradi.
    Ichki nazorat xizmati ijro organi bo’lib, viloyat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi, ijro organlarida ichki davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi, viloyat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi va tegishli ijro organlari tuman (viloyat ahamiyatga ega shahar) byudjeti hisobidan moliyalashtiradi.
    Davlat moliyaviy nazorati printsiplari
    Davlat moliyaviy nazorati printsiplariga quyidagilar kiradi:
    1) mustaqillik printsipi – davlat moliyaviy nazorati organlari bog’liq bo’lmaydi, aralashishga yo’l qo’yilmaydi;
    2) ob’ektivlik printsipi – O’zbekiston Respublikasi mos kelishini qat’iy nazoratini amalga oshiradi, davlat moliyaviy nazorati standartlari asosida, tomonlarning o’zaro nizolaridan tashqari;
    3) ishonchlilik printsipi-nazorat ob’ektini buxgalteriya hisobi, bank va boshqa hujjatlar asosida nazorat natijalarini tasdiqlash;
    4) shaffoflik printsipi – davlat moliyaviy nazorat organlari O’zbekiston Respublikasi Prezideni, O’zbekiston Respublikasi Hukumati, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari, davlat organlarining rahbarlari, jamoatchilikka hisobdor, nazorat natijalarini ifoda etishning aniqligi;
    5) kompetentlik printsipi – davlat moliyaviy nazorat organlarining xodimlari nazorat qilishni amalga oshirish bo’yicha zaruriy kasbiy bilim va mahorati yig’indisi;
    6) oshkoralik printsipi – davlat moliyaviy nazorati natijalarini maxfiyligi, xizmat, tijorat yoki boshqa shu kabi qonun bilan sir saqlanadigan axborotlarni hisobga olgan holda chop etish.
    Davlat moliyaviy nazoratiga yagona talablar davlat moliyaviy nazorati standartlari tomonidan belgilanadi.
    Davlat moliyaviy nazorati quyidagi turlarga bo’linadi:
    1) mos kelishining nazorati-O’zbekiston Respublikasi byudjet va shu kabi qonunchiligini nazorat ob’ektlari faoliyatiga mos keluvchanligini baholash;
    2) moliyaviy hisobotlar nazorati – nazorat ob’ektlarining moliyaviy hisobotini o’z vaqtida tuzilishi va taqdim etilishini hamda asoslanganligini, ishonchliligini baholash;
    3) samaradorlik nazorati – baholash, shu jumladan, moliyaviy hisobotlar va unga mos kelishning nazorati, davlat aktivlarini hamda kafilligini, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzlarni, grantlardan foydalanish bilan bog’liq davlat xizmatlarining ko’rsatilishi, davlat va byudjet dasturi realizatsiyasi, ularning strategik rejasida ko’zda tutilgan, davlat organlari erishgan to’g’ri va yakuniy natijalar hamda davlat organlari va sub’ektlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi kompleks va ob’ektiv tahlil va davlat boshqaruvi ayrim olingan tarmoq(soha) yoki ijtimoiy soha, iqtisodiyotning rivojlanishi davlat sektori sub’ektlariga ta’siri ko’rib chiqiladi.
    Davlat moliyaviy nazorati turlari
    Davlat moliyaviy nazorati organlari o’zining vakolati doirasida quyidagi nazorat turlarini amalga oshiradi:
    1) kompleks nazorat – aniq davr bo’yicha hamma masalalar bo’yicha nazorat ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
    2) tematik nazorat – aniq davr bo’yicha ayrim masalalar bo’yicha nazorat ob’ektlarini tekshirish va faoliyatini baholash;
    3) muqobil nazorat – uchinchi shaxs nazorati, tekshirilayotgan savol doirasida asosiy nazorat ob’ekti bilan bog’liq faqat o’zaro munosabatlar savollari qarab chiqiladi;
    4) qo’shma nazorat – davlat moliyaviy nazorati organlari boshqa davlat organlari bilan hamkorlikda o’tkazadigan nazorat.
    Kompaniyalarda yillik buxgalteriya hisobi jarayoni tugashi bilan, auditorlik tekshiruvi ishlari boshlanib hisob kitoblarining haqiqiyligi va ularning amaldagi qonunchilikka muvofiq yuritilganligi sifatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobi - xo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish, hisobotni saqlash, moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishga ma’suldir. Buxgalterlik firmalari korxona tomonidan ularning pul muomalalarini yuritilishini olib boradi. Bu biznesni tushunadigan tildir, chunki u tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotini taqdim etish vositasidir.
    Aksincha, Audit - bu moliyaviy hisobotni tekshirish va baholash faoliyati. Korxonaning buxgalteriya xodimlari tomonidan tayyorlangan moliyaviy hisob-kitob operatsiyalarining haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlashga qaratilgan. Shunday qilib, u buxgalteriya ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligini belgilaydi.
    Buxgalteriya hisobi va audit o‘rtasidagi farqni tushunish uchun quyidagi jadvalni ko‘rib chiqamiz.

    Yüklə 154,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə