1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


Masala 11. Quyidagi har bir korxona uchun aniqlanmagan ustunlarni aniqlang



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə21/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

Masala 11. Quyidagi har bir korxona uchun aniqlanmagan ustunlarni aniqlang.

korxona

aktiv

majburiyat

Xususiy kapital

“A”

98350

32980

?

“B”

256440

?

76540

“V”

?

99710

110623



Masala12. Quyida «Otabek» kichiq korxonasining 31 oktyabr holatidagi ma’lumotlari keltirilgan.

Olinadigan schetlar

40000

bino

600000

uskunalar

950000

Oldindan to’langan ijara

15300

Ustav kapitali

456000

To’lanadigan schetlar

?

Pul mablag’lari

45820

yer

156899

Taqsimlanmagan foyda

125000

patent

68000

Barcha balans moddalarini ketma – ket aks ettirish orqali korxona balansini tayyorlang va “to’lanadigan schetlar” schetining to’g’ri saldosini aniqlang.


Masala13. “SALVE” ma’suliyati cheklangan jamiyat binolar uchun fundament qurish bilan shug’ullanadi. Quyida 30 noyabr holatidagi schetlar saldosi ko’rsatilgan

Olinadigan schetlar

40000

Qurilish materiallari

57000

bino

600000

uskunalar

950000

Oldindan to’langan ijara

15300

Ustav kapitali

1956000

daromadlar

522000

To’lanadigan veksellar

600000

To’lanadigan schetlar

45820

Pul mablag’lari

?

yer

156899

Taqsimlanmagan foyda

125000

patent

68000

Ofis uchun mini-avtobus

660000

Barcha balans moddalarini ketma – ket aks ettirish orqali korxona balansini tayyorlang va “Pul mablag’lari” schetining to’g’ri saldosini aniqlang.


Buxgalteriya hisobi registrlarida aniqlangan xatolarni tuzatish usullari quyidagilar:

  1. Korrektura usuli

  2. Qizil storno usuli

  3. Qo’shimcha provodka usuli.

Korrektura usuli - hisob registrlarida jami hisoblanmagan, biroq sonlarni yozishda xatoga yo’l qo’yilgan paytda qo’llaniladi. Bunda bu noto’g’ri yozuvning ustidan yupqa qilib chizilib, uning yoniga yoki tepasiga to’g’ri yozuv yoziladi. Bu yozuvni to’g’rilanganligi haqida izox yozilib, imzo qo’yiladi.
Qizil storno usuli - xo’jalik operatsiyasining summalari to’g’ri yozilgan, biroq schetlar korrespondentsiyasi noto’g’ri tarqatilgan. Bu xato yozuvni qizil siyoh bilan xuddi o’zidek qilib, yana bir marta yoziladi. Undan keyin to’g’ri yozuv avvalgidek tegishli registrda aks ettiriladi. Yozuv to’g’rilanganligi to’g’risida ma’lumotnoma yoziladi.
Masalan, ishchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob schetidan kassaga 450000 so’m pul olib kelindi.
D-t 5010 "Kassa" scheti 450000
K-t 5210 "Valyuta" scheti 450000


To’g’rilashda, noto’g’ri yozuv qizil siyoh bilan xuddi o’zidek yoziladi (shartli ravishda ramkaga olinadi)
D-t 5010 "Kassa" scheti 450000
K-t 5210 "Valyuta" scheti 450000


Undan keyin to’g’ri yozuv yoziladi
D-t 5010 "Kassa" scheti 450000
K-t 5110 "Hisob-kitob scheti 450000
Qizil storno usuli noto’g’ri summa to’g’ri summadan ko’p bo’lgan xolda xam tuziladi.
Qo’shimcha provodka usuli- bunda schetlarning korrespondentsiyasi xato bo’lmagan lekin, xo’jalik operatsiyasining summasi kam (ko’p) yozilib qolgan paytda qo’llaniladi. Bunday xatoni qo’shimcha buxgalteriya provodkasi berish yo’li bilan to’g’rilanadi.


Korxonaning hisob siyosati.
Hisob siyosati deganda xo’jalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qabul qiladigan usullarning yig’masi tushuniladi, moliyaviy hisobot shu usullarga muvofiq va ularning qoidalari va asoslariga muvofiq ravishda tuziladi.
Hisob siyosatining asosini shakllantirish tartibi «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» №1 BXMSda keltirilgan (Moliya vazirligi №474 14.08.1998 y).
Yangi ochilgan korxonalar davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab 90 kun ichida o’z hisob siyosatini ishlab chiqishi lozim.


5-mavzu. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari



  1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining mohiyati va zarurligi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

  2. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining amaldagi tarkibi.



5.1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining moxiyati va zarurligi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish va joriy qilish.
«Buxgalteriya hisobi» to’g’risidagi qonunga muvofiq, buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining milliy standarti buxgalteriya hisobi obyektini baholash, ularni hisobda aks ettirish tartib qoidasini aks ettiradi. Bugungi kunda qadar Moliya vazirligi tomonidan 24 ta buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilgan va foydalanish uchun Adliya vazirligida ro’yxatga olingan.
O’zR MV yagona buxgalteriya hisobini tartibga solib turuvchi organ hisoblanadi.



Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə