18-Mavzu: Mars router,Ko’prik o’zgartirish



Yüklə 19,73 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü19,73 Kb.
#139752
  1   2   3
18 Mavzu


18-Mavzu: Mars router,Ko’prik o’zgartirish.
Reja:
1.Kirish.
2. Wi-Fi tushunchasi haqida umumiy ma’lumot



Bugungi kunimizni internet tarmog‘isiz tasavvur qilish judayam qiyin. Agar siz tizim administratori yoki bo‘lmasa, texnik qurilmalar bilan ishlovchi xodim bo‘lsangiz, u xolda ish jarayonida xam, uyingizda xam internetdan keng foydalanishingiz aniq. Sizga modemni sozlash ish emas.
Shunday insonlar xam borki, uyida internetdan foydalanadi biroq u qanday sozlanishini bilmaydi. Nosozlik kelib chiqishi bilan mutaxassis chaqiradi. Shundaylar uchun ushbu maqolamizda ADSL routerlarni “Bridge” (most) rejimiga qanday sozlanishi va u nima uchun kerakligi xaqida gapirib o‘tamiz.
ADSL modemlar ikki rejimda sozlanishi mumkin: router va bridge rejimi.

“Bridge” rejimi o‘z nomi bilan ikki turdagi tarmoq o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaruvchi rejim hisoblanadi. Modem bu rejimga sozlanganda internet xizmatini ko‘rsatuvchi provayder tomonidan sizga berilgan barcha ma’lumot kompyuterga yoki bo‘lmasa routerdan keyingi qurilmaga kiritiladi. Bu ma’lumotlar albatta login va paroldir. Demak “Bridge” rejimida internetga ulanish uchun ADSL modem faqat ko‘prik vazifasini bajaradi. Siz kompyuterda login va parolni kiritgan xolda yangi ulanish yaryatishingizga to‘g‘ri keladi. Agarda kompyuterni yoqmasangiz, internet ishlamaydi.
Shu bilan birga kompyuterda tarmoq ekrani, fayrvol yoki bo‘lmasa tarmoq xujumlaridan ximoyalovchi dastur bo‘lishi lozim. Chunki bridge rejimida routerning o‘zida mavjud fayrvolDHCP server va boshqa bir qancha vazifalari ishlamaydi. Bu rejimda foydalanganda bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmalarda (Wi-Fi) internet ishlatib bo‘lmaydi, faqatgina modem ulangan kompyuterdagina ishlatish mumkin (ziqna odamlarga to‘g‘ri keladigan rejim).
“Bridge” rejimida router OSI modelning quyi ikki pog‘onasi: fizik va kanal pog‘onasida ishlaydi. Bu rejimda router trafikni kompyuterdan provayder tomonga xech qaysi portni berkitmagan shaffof xolda uzatadi. Router DSL va Ethernet ma’lumot uzatish muxitlari o‘rtasida oddiygina o‘zgartiruvchi (preobrozovatel) vazifasini bajaradi. Internetga ulanganda tarmoq platasiga provayder tomonidan IP manzil beriladi. Bu esa ko‘pgina xolatlarda bizga qo‘l keladi.

Yüklə 19,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə