1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va omborga kelib tushishi hisobi



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə73/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

2. Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va omborga kelib tushishi hisobi
Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar sexdan tayyor mahsulot omboriga topshiriladi. Tayyor mahsulotni omborga topshirishda qabul qilish-topshirish yuk xati rasmiylashtiriladi, unda quyidagi ko`rsatkichlar bo`lishi kerak: ombor nomeri, mahsulot nomi, soni, o`lchov birligi, bahosi va summa. Bajarilgan ish va xizmatlar topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborda tayyor mahsulotlar hisobi natura ko`rinishida ombor kartochkalarida yuritiladi. Bu kartochkalarda har bir kirim va chiqim hujjat ma’lumotlari yoziladi, har bir yozuvdan so`ng qoldiq chiqariladi. Topshirish nakladnoylariga asosan mahsulotning chiqimi to`g`risidagi qaydnoma tuziladi, bunda tayyor mahsulotlar ikki xil bahoda: hisob bahosida va haqiqiy tannarxida aks ettiriladi. Tayyor mahsulot hisobi 2810 “Tayyor mahsulotlar” sintetik schetda olib borildi.


MISOL. Hisobot davrida tayyor mahsulotlar omboriga hisob bahosida kelib tushdi, hisob bahosi 800 ming so`m. Oy oxirida haqiqiy tannarxi aniqlandi 750 ming so`m. Hisob bahosida kelib tushgan mahsulotlarga buxgalteriya o`tkazmasini beramiz:
Dt____ “Tayyor mahsulotlar”
Kt _____ “Asosiy ishlab chiqarish” 800 ming so`m
Hisob bahosi va haqiqiy ishlab chiqarish tannarx orasidagi farqqa, agar haqiqiy tannarx hisob bahosidan kam bo`lsa, “Qizil storno” buxgalteriya o`tkazmasi rasmiylashtiriladi:
Dt ______ “Tayyor mahsulotlar”
Kt _____ “Asosiy ishlab chiqarish” 50 ming so`m
Agar haqiqiy tannarx hisob bahosidan ortiq bo`lsa, oradagi farqqa qo`shimcha “Qizil” yozuv bilan buxgalteriya o`tkazmasi beriladi.
MISOL. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi 900 ming so`m.
Dt _____ “Tayyor mahsulotlar”
Kt ______ “Asosiy ishlab chiqarish” 800 ming so`m
Hisob bahosi va haqiqiy ishlab chiqarish tannarx orasidagi farqqa
Dt _____ “Tayyor mahsulotlar”
Kt______ “Asosiy ishlab chiqarish” 100 ming so`m



Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə