1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha


bunda, passiv xususiy kapital va majburiyatlardan iborat



Yüklə 3,55 Mb.
səhifə8/84
tarix05.07.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#119286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84
ZBX 1-2 qism 2020aa

bunda, passiv xususiy kapital va majburiyatlardan iborat.



Aktivlar = xususiy kapital + majburiyatlar



Bu tenglik buxgalteriya hisobining fundamental asosi bo’lib hisoblanadi.
Balansning bir qancha turlari mavjud:
1) joriy balans - har oy yoki chorakda tuziladi;
2) yillik balans - yil yakuni bo’yicha tuziladi;
3) kirish balansi - yangi tuzilgan korxona tomonidan birinchi marta tuziladigan balans;
4) tugatish balansi - korxona tugatilishida tuziladigan oxirgi balansi;
5) yig’ma balans - vazirlik, idora, kontsernlar tomonidan aloxida tuzilgan balanslarni umumlashtirish natijasida tuziladi;
6) umumlashgan (konsidatsiyalashgan) balans - aloxida balansga ega bo’lgan, iqtisodiy jixatdan bir-biri bilan bog’liq bo’lgan yuridik shaxslarning balansini bosh korxona tomonidan umumlashtirish natijasida tuziladigan balans;
7) balans-brutto (ital. brutto - qo’pol) «Asosiy vositalarning eskirishi», «Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi», «Savdo ustamasi», va «Shubxali qarzlar bo’yicha rezervlar» kontraktiv schetlarini o’zida qamrab turuvchi balans;
8) balans-netto (ital. netto - sof) yuqorida sanab o’tilgan moddalardan xoli bo’lgan balans.
Shunday qilib, brutto balansda asosiy vositalar balansning aktivida, ularning eskirishi passivida aks ettiriladi.
Netto balansda esa, bu moddalar faqat balansning aktiv qismida aks ettirilib, asosiy vositaning qoldiq qiymati (asosiy vositaning boshlang’ich qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash natijasida) aniqlanadi va balans valyutasiga qo’shiladi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga mos keladigan balans-netto shakli tuziladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə