Sanoat korxonalarining energetik balansi va siyosati Reja; Korxonaning energetika balansi 2



Yüklə 25,33 Kb.
tarix21.10.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#129622
Sanoat korxonalarining energetik balansi va siyosati


Sanoat korxonalarining energetik balansi va siyosati
Reja;
1. Korxonaning energetika balansi
2.
3.

Korxonaning energetika balansi


Sanoat korxonasining energetika balansi korxona energetik xo‘jaligini
eng muhim tavsifidir. U energoresurslarni iqtisod qilishning barcha
zaxiralarini aniqlash maqsadida tuziladi.
Energiya balansi – energiyani va energiya rusurslarini barcha turlarini
qazib olish, qayta ishlash, uzatish, o‘zgartirish, taqsimlash va istemol
qilish balansidir.
Energetik balans kelib tushish va sarflash qismlaridan iborat.
Energetik balansning kelib tushish qismi turli energiya tashuvchilar
(qazib olinadigan yoqilg‘i va yadro yonilg‘isi, gaz, bug‘, suv, havo, elektr

energiya) yordamida kelib tushadigan energiyaning miqdorini o‘z ichiga


oladi.
Energetik balansning sarflash qismi energiyaning barcha turlarini
ularning turli ko‘rinishidagi sarfini, bir turdagi energiyani boshqa
turdagisiga aylantirilgandagi yo‘qotishlarni hamda maxsus qurilmalarda
(masalan,
gidro
akkumulyalovchi
qurilmalarda)
yig‘iladigan
(akkumulyatsiya qilinadigan) energiya aniqlanadi.
Boshqa balanslarda bo‘lgani kabi, masalan, buxgalteriyada energiya
balansining kelib tushish va sarflash qismlari teng bo‘lishi kerak.
Energetika balansi bir tomondan kelayotgan jami energiyaning,
boshqa tomondan jami foydali energiyani uning yuqotishlari bilan
mosligini ko‘rsatadi. Balansni tuzishda, korxonada istemol qilinadigan
barcha energiya turlari: elektr energiya, gaz, mazut, suv , bug‘ va h.k.
ko‘rib chiqiladi. Korxonaning har bir uchastkasida barcha maqsadlarda
istemol qilinadigan energiya miqdori o‘lchanadi, bundan tashqari
energiya yo‘qotishlari ham baholanadi.
Balansni tuzish mazkur korxonaning konkret uchastkalarida haqiqiy
energiya istemoli to‘g‘risidagi malumotlar asosida amalga oshiriladi
(dvigatellar, elektr jihozlar, yoritish va h.k.) bunday axborotni olish uchun
maxsus asboblar – elektr energiya, gaz, bug‘, suv va h.k.
hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Energetik balanslarni o‘rganish, korxonaning ayrim uchastkalarida va
butun korxonada energiyadan foydalanishning haqiqiy holatini o‘rnatish
imkonini beradi. Energetika balansi korxona ishlash samaradorligi
to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Balans korxonani energiya iqtisod
qilinishi mumkin bo‘lgan nuqta va uchastkalari aniqlanishi kerak.
Energiya tashuvchilarning turi va miqdoriga bog‘liq xolda balans
xususiy, yani faqat bitta energiya tashuvchi uchun, yoki umumiy yani
korxonadagi barcha energiya resurslaridan foydalaniladigan jami istemol
bo‘yicha tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Xususiy energiya balanslarini tuzishda energiya tashuvchilarini
miqdoriy o‘lchash joullarida (Dj, mDj, GDj), kilovatt-soatlarda (kVt.s),
tonna shartli yoqilg‘i (t.sh.yo.) amalga oshiriladi. Umumiy energiya

214
balansini tuzishda turli energiya resurslari va energiya tashuvchilarni


o‘lchash tonna shartli yoqilg‘ida amalga oshiriladi.
Sanoatda, shahar va qishloq xo‘jaligida energiyani asosiy turi issiqlik
va elektr energiyadir. Shuning uchun qisman energiya balanslarini-issiqlik
va elektr balanslari tuziladi. Elektr balanslarini tuzish xususiyatlarini
ko‘rib chiqamiz.
Harakatdagi korxonalar sharoitlarida energiya balanslari ayrim
agregatlar yoki ularning guruhiga, tsexlar va butun korxona uchun tuzib
chiqiladi. Elektr balanslar asosida mazkur korxonada, ishlab-chiqarish
bo‘linmalarida yoki energo sig‘imli agregatlarda elektr energiyani ishlatish
sifati to‘g‘risida obektiv fikr yuritiladi, ishlab chiqarishga bog‘liq
bo‘lmagan elektr energiya sarflarini qisqartirish imkoniyatlari aniqlanadi,

Elektr balansining uchta asosiy turlarga ajratishadi:


haqiqiy, tsex yoki korxonada hosil bo‘lgan ishlab – chiqarish
sharoitlarini aks ettiradigan;
normallashtirilgan,
elektr
istemolini
ratsionalizatsiyalash
va
optimallash imkoniyatlarini va mexanizmlarda va elektr tarmoqlaridagi
yo‘qotishlarini hisobga oluvchi;
kelajakka mo‘ljallangan, ishlab-chiqarishning rivojlanishini oldindan
hisobga oladigan va yaqin kelajakdagi yoki undan ko‘proq muddatga
(5 yilgacha) uning sifat o‘zgarishlarini hisobga oladigan tashkil etuvchilar.
Elektr balansining bosh maqsadi – elektr energiyani foydali ishlatish
darajasini aniqlash va isroflarni pasaytirish yo‘llarini qidirish, elektr
istemolini ratsionalizatsiyalash. SHuning uchun balansning asosiy turi
etib asosan elektr istemolini real hajmini va elektr energiyadan
foydalanish darajasini aniqlovchi aktiv energiya balansini hisoblash kerak.
Kirib kelish va sarf etish qismlari aktiv energiya hisoblagichi
ko‘rsatishi va hisobiy quvvat bo‘yicha qabul qilinadi va hisobga olinadi.
Aktiv elektr energiya elektr balansining sarfiy qismi quyidagicha sarf
qismlarga bo‘linadi:
1. Ishlab – chiqarishning energiya sig‘imli jihozlarining turli
zvenolarida (elektr pechlarda, kompressor va nasos qurilmalarda)

215
yo‘qotishlarni hisobga olmasdan chiqarilgan mahsulotga foydali sarfni


ajratish bilan, asosiy texnologik jarayonlarga elektr energiyani to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xarajatlari;
2. Texnologik jarayonlarning takomillashmagani yoki texnologik
normalar buzilganligi natijasida elektr energiyani asosiy texnologik
jarayonlarga bilvosita sarfi;
3. Elektr energiyani yordamchi ehtiyojlarga (tsex xonalarini
shamollatishga, tsex transporti, yoritish) sarflari;
4. Elektr taminoti tizimi elementlarida (transformatorlar, reaktorlar,
liniyalarda) elektr energiya yo‘qotishlari;
5. Elektr energiyani chetki istemolchilarga (oshxonalar, klublar,
magazinlarga) berish.
Elektr balansini tuzish vazifalari quyidagilardir:
-elektr energiya sarfini 2,3,4,5 bandlar bo‘yicha topish, bu bilan
korxonaning asosiy mahsulotiga bo‘lgan sarf ajratiladi;
-korxonaning birlik mahsulotiga ketadigan elektr energiyaning haqiqiy
solishtirima sarf normalarini aniqlash;
-elektr energiyani, ham ishlab chiqarishdan tashqariga sarflarini
(2,3,4,5 bandlar), ham texnologik jarayonni takomillashtiruvchi turli
tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan asosiy mahsulot chiqarishga bo‘lgan
sarflarini qisqartirish imkoniyatlarini aniqlash.
Erkin normallashtirilgan elektr balansini tuzish korxonaning haqiqiy
balansini tahlil etishning oxirgi bosqichi. Normallashtirilgan elektr balansi
korxonalarda elektr energiya iqtisodining zaxiralarini baholashga xizmat
qiladi.
Elektr energiya iqtisod qilishning umumiy zaxiralari amalga
oshiriladigan o‘tayotgan davrda kichik xarajatlar bilan o‘tayotganga (

Wt)
va kelajak (

Wn) ga, yani uzoq kelajakda (3-5 yil va undan ortiq)
qo‘shimcha xarajatlarni talab etadigan tadbirlarni o‘tkazish hisobiga
amalga oshirish mumkin bo‘lgan zaxiralarga bo‘linadi.
Energetik balansning tahlili korxona energetika xo‘jaligi xolatini sifat
va miqdoriy jihatdan baholashdan iborat.
Energo
tashuvchilardan
foydalanishning
tahlili
haqiqiy
ko‘rsatkichlarni me`yoriylari bilan, oldingi davrdagi haqiqiy bilan,

216
kelajakdagisi, boshqa korxonadagi o‘xshashlari bilan solishtirish yo‘li


bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda ko‘rsatkichlarni solishtirish bir xil
sharoitlarni hisobga olib (ishlab-chiqarishning bir xil hajmi, mahsulotning
tarkibi, sifati va h.k.) o‘tkazilishi kerak.
Korxonaning energiya samaradorligini oshirish bo'yicha barcha
faoliyatni energetika siyosati doirasida amalga oshirilishi kerak – rasmiy

hujjat:
- energiya samaradorligini oshirish bo'yicha korxona manfaatlarining


darajasini;
- boshqaruvni jalb qilish darajasi, energetik menejmentning barcha
bosqichlarida menejyerlar - energiyani boshqarish;
- energetik menejmentning umumiy siyosatining qisqacha mazmuni;
- uzoq muddatli maqsadlar;
- qisqa muddatli maqsadlar;
- yaqin muddatdagi harakatlar rejasi;
- resurslar (moliyaviy, moddiy, xodimlar va h.k.);
- energetika tizimida hisobot berishning tuzilishi;
- komissiya a'zolarining ro'yxatini, Shu jumladan energetika bo'yicha
komissiya tarkibini (energetika qo'mitasi) vazifalarini belgilash, tavsifi;
- energetika siyosatini amalga oshirishni nazorat qilish va nazorat
qilish tizimi;
- energiya siyosatini qayta ko'rib chiqish, qayta ko'rib chiqish tartibi.
Korxonaning energiya siyosatini ishlab chiqish muhim ahamiyatga
ega bo'lishi kerak, chunki ushbu hujjat energiya samaradorligi sohasidagi
faoliyatning asosiy yo'nalishi hisoblanadi.
Iqtisodiy manfaat va energetik menejmentdagi muvaffaqiyatga
qaramasdan, yozma energetika siyosati yo'qligi, xodimlarning (rahbariyat,
bosh menejyerlar, energetika menejyerlari) almashtirilishi, operatsion
vazifalardagi o'zgarishlarning sababi bilan energetik menejmentni bartaraf
etishga olib kelishi mumkin.
Etakchining yo‘qotilishi, energetik menejment masalalarida asosiy
qaror qabul qiluvchilarni almashtirish korxonaning energiya samaradorligi
sohasidagi harakatlariga putur etkazishi mumkin.
Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə