Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#136676
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15


1
 
TOSHKENT ARXITEKTURA 
QURILISH INSTITUTI 
 
Muxandislik qurilish infrastrukturasi 
fakulteti
46-17
guruh talabasi 
Mingboyev Hayotning 
“Muqobil energiyadan foydalanish”
fanidan 
tayyorlagan mustaqil ishi 
 
Mavzu
: Quyosh energiyasi yordamida isitish 
tizimini hisoblashning o’ziga hosligi
O’qituvchi : 
Qo’chqorova D 


2
Reja : 
Kirish.
1.
O‗zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari va 
muqobil
energiya tizimini yaratish zaruriyati
2.
Ekologik muammolarni bartaraf etishda muqobil energiya tizimini yaratish
zaruriyati
3.
O‘zbekistonda energiya muammosini bartaraf etishda quyosh energiyasidan
foydalanishning ahamiyati
 
Xulosa
 
 
 
 
 
 


3
 
 
 
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. 
Sanoat va qishloq xo‗jaligi texnologik 
jarayonlari, isitish va issiq suv ta‘minoti hamda havoni mu‘tadillash uchun past 
va o‗rta temperaturali issiqlik
ishlab 
chiqarish 
quyosh 
energiyasidan 
foydalanishning 
asosiy 
yo‗nalishlaridan biridir. Respublika yoqilg‗i-energetik balansi hisobidagi 
energiya miqdorining 25% isitish va issiq suv ta‘minotida iste‘mol qilinadi. 
Shuningdek, respublikaning radiatsiya-iqlim sharoitida isitish va issiq suv 
ta‘minoti uchun quyosh energiyasidan foydalanish texnikaviy va iqtisodiy nuktai 
nazardan eng samarali hisoblanadi.
Eng qulay iqlim sharoitiga ega bo‗lgan janubiy mintakalarda uy-joy-
kommunal ho‗jalik sohasida iste‘mol qilinadigan umumiy issiqlik miqdorining 
50...70% issiq suv ta‘minotida ishlatiladi. Individual xo‗jaliklar rivojlanishi bilan 
quyosh qurilmalariga (avtonom va ekologik toza energiya manbai sifatida) 
bo‗lgan talab ortib boradi.
Quyosh qurilmalari kommunal-xo‗jaliklarda, shaxsiy uylarda, madaniy va 
maishiy xizmat hamda davolash muassasalarida keng kullaniladi. Shuning bilan 
birga issiq suv ta‘minot darajasi turmush tarzini belgilaydi va insonlarning 
yashash sharoiti yaxshilangan sari issiq suv iste‘moliga bo‗lgan talab ortib boradi. 
An‘anaviy energiya manbalardan uzoqda joylashgan mintakalarda quyosh 
kurilmalaridan keng foydalanish energetik, ekologik va sotsial axamiyatga ega.
Quyosh energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirish va undan foydalanish 
sohasidagi jahon tajribasiga ko‗ra past haroratli iste‘molchilarning samarali 
issiqlik ta‘minoti tizimlaridan biri passiv isitish tizimlaridir. Passiv quyoshli 
isitish tizimlari ichida avvalo o‗zining konstruktiv yechimlari nuqtai nazardan 


4
oddiyligi bilan ajralib turadigan insolyatsion passiv tizimlar eng katta amaliy 
qiziqish kasb etadi.
Insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarida quyosh nurlari isitiladigan 
xonaga uning o‗lchamlari odatdagidan kattaroq bo‗lgan derazasi ya‘ni shaffof 
to‗siqlari orqali kirib uning nur qabul qiluvchi va issiqlik jamlovchi qurilmalari 
vazifasini o‗tovchi ichki jixozlari tomonidan yutiladi va issiqlikka aylanadi. Bu 
turdagi quyoshli isitish tizimlari eng yuqori issiqlik samaradorligiga ega bo‗lishi 
bilan birga nobarqaror harorat rejimi, kechki paytlarda shaffof to‗siqlar orqali 
issiqlik yo‗qotilishini kamaytirish uchun yordamchi moslamalarning talab etilishi 
va kunduzgi paytlarda ro‗y berishi mumkin bo‗lgan issiqlik va yorug‗lik 
diskomforti holatlari kabi bir qator kamchiliklarga ham ega.
Insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarining yuqorida ko‗rsatilgan 
kamchiliklari ularda quyosh nurlanishi kollektori va xonaning ichki isitish 
jihozlari funksiyalarini o‗zida mujassamlashtirgan va shaffof to‗siq yonida 
o‗rnatilgan qisqa muddatli issiqlik jamlagichlardan foydalanish hisobiga ma‘lum 
darajada bartaraf qilinishi mumkin. Mazkur tipdagi quyoshli isitish tizimlarining 
elementdarini shu tarzda joylashtirish natijasida quyosh nurlanishi kollektori va 
issiqlik jamlagich sirtidan tarqalayotgan issiqlik atrof muhitga yo‗qolmasdan 
foydali energiya sifatida isitiladigan xonaga beriladi. Isitiladigan xonaga 
kiradigan quyosh nurlanishi energiyasi miqdorini unga tashqi tomondan 
o‗rnatilgan va shaffof to‗siqning pastki asosiga sharnirli biriktirilgan 
harakatlanuvchan yassi nur qaytargich yordamida qo‗shimcha yoritish hisobiga 
oshirilishi mumkin.
Yuqorida ko‗rsatilgan tizimlarning Markaziy Osiyo mamlakatlari iqlim 
sharoitlarida real imkoniyatlarini aniqlash katta amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Mazkur masala bizning Respublikamiz uchun ham dolzarb bo‗lib, uning hal 
qilinishi insolyatsion passiv quyoshli isitish tizimlarining asosiy elementlarini 
o‗zaro joylashtirishning oqilona konstruktiv yechimlarini tanlash, ularning asosiy 
parametrlarini 
optimallashtirish 
va 
bajarilgan 
hisobiyoptimizatsion 
tadqiqotlarning haqqoniyligini tajribaviy tekshirishga olib kelinadi.


5

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə