Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


 O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#136676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. O‘zbekiston Respublikasining hozirgi kundagi energetika resurslari
va muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati
 
O‗zbekiston Respublikasi elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, 
shuningdek, sanoat, qishloq xo‗jaligi va iqtisodiyotning barcha sohalarida hamda 
ijtimoiy hayotda foydalanish uchun yetarli miqdorda energiya resurslariga ega. 
Hozirgi kunda energetika resurslari ishlab chiqarish hajmi ichki talabdan 15–20 
foizdan ortiqni tashkil qilmoqda.
Yoqilg‗i-energetika kompleksini tez rivojlantirish davlatimiz siyosatining 
ustuvor yo‗nalishiga aylangan.
Elektroenergetika O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining bazaviy sohasi 
hisoblanadi va muayyan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik manbaiga ega bo‗lib, 
uning rivojlanishiga salmoqli ta‘sir ko‗rsatadi [17].
Oxirgi yillarda O‗zbekiston dunyodagi neft va gaz ishlab chiqaruvchi yirik 
salohiyatli davlatlarning o‗nligiga kiradi. 1997 yildan buyon har yili mamlakatda 
50 mlrd. m
3
gaz va 8 mln. tonna neft ishlab chiqarilib, Mustaqil Davlatlar 
Hamdo‗stligi mamlakatlari o‗rtasida ikkinchi va to‗rtinchi o‗rinlarni egallab 
kelmoqda. Gaz qazib olish bo‗yicha O‗zbekiston dunyoda sakkizinchi o‗rinni 
egallaydi.


10
Markaziy Osiyo mintaqasida O‗zbekiston energetikasi eng yuqori 
salohiyatga ega. Oxirgi 30 yil ichida respublikada 55–60 mlrd. kVt soat elektr 
energiya ishlab chiqarilib, ishlab chiqarish quvvati 3 martadan ko‗pga o‗sgan.
O‗rtacha xalqaro o‗lchovlarda O‗zbekistonning shartli yoqilg‗i zaxirasi 
o‗ziga xos salohiyatga ega bo‗lib, taxminan 14 mlrd. tonnaga yaqin shartli 
yoqilg‗iga ega. Asoslangan uglevodorod zaxirasining hajmi, o‗zbek foydali 
qazilma konlarida, o‗rtacha, dunyo masshtabida hisoblaganda, 594 mln. barrel 
neft va 1,9 trln. m
3
gazga teng. 
Shuni ta‘kidlash mumkinki, O‗zbekistondagi energiya resurslarining 
umumiy iste‘mol balansi oxirgi o‗n yillikda tabiiy gaz 84–87 foiz, mazut — 11–
8 foiz va ko‗mir — 3,5–4,4 foizni tashkil etmoqda. Ko‗rinib turibdiki, yoqilg‗i 
energetika balansi shaklida energetika xavfsizligi talablariga optimal javob 
bermaydi. Ma‘lumki, neft va gaz zaxiralari boshqa davlatlardagi kabi 
O‗zbekistonda ham kamayib bormoqda, u bir necha o‗n yilliklarga, shu bilan 
birga ko‗mir zaxirasi 250 yildan ko‗proq muddatga yetishi mumkin. Shundan 
xulosa qilib, bugungi ko‗mirning O‗zbekiston energetikasidagi roli pastligini 
hisobga olgan holda uni oshirish uchun faollik ko‗rsatish zarur. 2015 yilgacha 
bo‗lgan yoqilg‗i-energetika balansining diversifikatsiyalash rejasida ko‗mir 
qazish 11,0 foizga yetkazilishi belgilanmoqda.
O‗zbekiston energiya resurslari o‗ziga yetarli bo‗lgan mamlakatdir. Shu 
bilan birga tabiiy gaz va neft zaxiralarini iste‘mol qilish shuni ko‗rsatayaptiki, 
ular mamlakat ehtiyojlarini bir necha o‗n yillar davomida ta‘minlashi mumkin. 
Lekin bu davrga kelib sarflanayotgan elektr energiya hajmi mamlakatda ikki 
barobar oshishi mumkin, ya‘ni 50 mlrd. kVt, uni ishlab chiqarish uchun esa 
an‘anaviy uglevodorodli qayta tiklanmaydigan energiya resurslari yetarli emas. 
Kelajakdagi zarur o‗zgarishlarni inobatga olib, bugunning o‗zidayoq, 
energiyaning qayta tiklanuvchi deb atalgan manbalarini rivojlantirish haqida 
o‗ylab ko‗rish kerak. Bular qatoriga gidroresurslar, quyosh, shamol, atom va 
biomassalar energiyasi kiradi.


11
Kelgusida energiya yetkazuvchilardagi o‗zgarishlarni hisobga olib
Markaziy Osiyo hududi va O‗zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish 
muammosi, shuningdek, taxmin qilinayotgan energiya iste‘molining ayniqsa, 
qishloq joylarda o‗sishi hisobga olinsa, qayta tiklanadigan energiyani 
rivojlantirish zaruriyati shubhasizdir.
Butun dunyoda energetik krizis hukm surayotgan vaziyatda qayta 
tiklanadigan energiya manbasi yana ham ommabop bo‗lib bormoqda. Bu haqda 
Prezidentimiz Islom Karimov «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‗zbekiston 
sharoitida uni bartaraf etishning yo‗llari va choralari» nomli asarida O‗zbekiston 
uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning 
ishonchli yo‗llaridan biri sifatida elektroenergetika tizimini modernizatsiya 
qilish, energiya iste‘molini kamaytirish hamda energiyani tejashning samarali 
tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish lozimligini, mavjud resurslardan, 
birinchi navbatda, elektr va energiya resurslardan nechog‗li tejamli foydalana 
olishimizga bog‗liq ekanligini alohida qayd qilib o‗tganlar. Hozirgi paytda qazib 
olinadigan yoqilg‗ilar — ko‗mir, neft, tabiiy gaz va uran zaxirasi dunyo 
energetika balansining asosi hisoblanadi. Energoresurslarini hozirgi darajada 
iste‘mol qilishda dunyodagi neft zaxirasi — 45–50 yilga, tabiiy gaz — 70–75 
yilga, toshko‗mir — 165– 170 yilga, qo‗ng‗ir ko‗mir — 450–500 yilga yetishi 
mumkin. Iqtisodiyotning kelajakdagi rivojlanishi, aholining o‗sishi va mavjud 
an‘anaviy energiya ta‘minoti hisobga olinsa, energiya ta‘minoti mos ravishda 
ortib boradi. Undan tashqari, qazib olingan yoqilg‗ilarni ishlatish atrofmuhitga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Respublikada energetika sektorining faoliyati tufayli 
tashlanadigan zaharli moddalar miqdori 80 foizdan ko‗proqqa to‗g‗ri keladi [15].
I. Karimovning ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari tо‗g‗risida‖gi Farmonida izohlaganlaridek, iqtisodiy taraqqiy etgan va 
rivojlanib borayotgan mamlakatlarda uglevodorod xom ashyosining jaxon 
miqyosidagi zaxiralari kamayib borayotgan sharoitda iqtisodiyotning barqaror 
rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishning eng muxim omili sifatida 


12
muqobil energiya manbalaridan amalda foydalanish bo‗yicha ishlanmalar jadal 
suratlar bilan olib borilmoqda.
О‗zbekistonda muqobil eneogiya manbalaridan, eng avvalo, quyosh 
energiyasidan foydalanish soxasida ilmiy va ekspremental tadqiqotlar olib borish 
borasida salmoqli tajriba tо‗plangan bо‗lib, ular yuzasidan bir qancha о‗n yillar 
mobaynida ishlar olib borilmoqda. Respublika Markaziy Osiyoda о‗xshashi yо‗q 
ilmiy ekspremental markaz – Fanlar akademiyasining ―Fizika – Quyosh‖ ilmiy 
ishlab chikarish birlashmasi tashkil qilingan bо‗lib, uning tadqiqotlari natijalari 
jaxon miqyosida e‘tirof etildi.
Issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past potensialli qurilmalarni yaratish, 
elektr quvvati olish uchun fotoelektrik va termodinamik kо‗rsatkichlar, maxsus 
materiallar sintezi texnologiyalarida, materiallar va konstruksiyalarga termik 
ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bо‗yicha ilmiy tadqiqot va 
tajriba-konstruktorlik ishlari, ayniqsa, faol va samarali olib borilmoqda.
О‗tkazilayotgan tadqiqotlarning natijalari mamlakat iqtisodiyotining turli 
tarmoq va sohalarida amalda ekspremental ravishda keng kо‗lamda 
qо‗llanilmoqda. О‗n yildan ortiq vaqt davomida Respublikada quyosh energiyasi 
bilan suv isitadigan qurilmalar asosida uyjoylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv 
bilan ta‘minlash tizimlari ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba tariqasida 
foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa mintaqalarda 
issiq suv olish uchun gelioqurilmalar о‗rnatilgan. Turli quvvatlardagi fotoelektrik 
qurilmalarni ishlab chiqarish о‗zlashtirilgan. Kо‗plab oliy о‗quv yurtlari va 
kasbxunar kollejlarida mazkur soha uchun malakali kadrlar tayyorlab 
kelinmoqda.
Quyosh energiyasidan amalda foydalanish uchun О‗zbekistonda yaratilgan 
shart-sharoit va mavjud imkoniyatlar mazkur mintaqadan bir sohadagi ilg‗or 
texnologiyalarni nafaqat respublikamizda, balki butun О‗rta Osiyoda tajriba 
tariqasida joriy etish maydoni sifatida foydalanishga asos bо‗lib xizmat qiladi[1].
Prezidentimiz Islom Karimov O‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 
18 yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi «Mamlakatimizni 


13
modernizatsiya qilish yo‗lini izchil davom ettirish — taraqqiyotimizning muhim 
omilidir» mavzuidagi ma‘ruzasida «...muqobil energetika turlaridan foydalanish 
sohasida ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishga keng yo‗l ochib berishimiz zarur», deb barchaning e‘tiborini 
ushbu masalaga alohida qaratganlari ham bejiz emas.
Rektorimizning «Xalq sо‗zi» gazetasining, 2013 yil 16 – aprel sonida chop 
etilgan ―Muqobil energiya manbalari iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va 
raqobatbardoshligini oshirishning muhim omilidir‖ mavzusidagi maqolalarida 
ta‘kidlanganidek, ona tabiat o‘z inomlari bilan hamisha insoniyat xizmatida bo‘lib 
kelgan va hali-hanuz shunday bo‘lib kelmoqda. Biroq bu dunyoda hamma 
narsaning chek- chegarasi, intihosi bor. Xususan, jahon miqyosida uglevodorod 
xom ashyosi zaxiralari keskin kamayib borayotgan hozirgi sharoitda muqobil 
energiya manbalaridan omilkorlik bilan foydalanish, shuningdek, tabiat 
ne‘matlariga qarab qolmasdan noan‘anaviy energiya sohasini rivojlantirish va 
ularni amaliyotga tezroq tadbiq etishni davrning o‘zi kun tartibiga qo‘ymoqda [2].
Ta‘kidlash joiz, xalqaro energetika amaliyotida muqobil energetika 
amaliyotida muqobil manbalar sifatida gidro, quyosh, shamol, geotermal, yer 
issiqligi, biomassa energiyalari alohida e‘tirof etildi. Ular orasida eng istiqbolli 
yo‘nalishlardan biri, shubxasiz, quyosh energiyasidan foydalanishdir. 
Rivojlangan davlatlardagi nufuzli tashkilotlarning asosli xulosalariga ko‘ra, 2100 
yilga borib, quyosh energiyasi sayyoramiz uchun energiyaning dominant 
manbaiga aylanadi.
Shu jixatdan aytganda, Prezidentimizning 2013 yil 1martdagi ―Muqobil 
energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida‖gi 
Farmoni jamiyatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan 
muhim hujjat hamda oqilona qadam bo‘ldi.
Farmonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning huquqiy va 
moddiy-texnik asoslari aniq belgilab berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasining ―Fizika-Quyosh‖ ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 
negizida Xalqaro quyosh energiyasi institutining tashkil qilinishi, ―Navoiy‖ erkin 


14
industrial – iqtisodiy zonasida eng zamonaviy texnalogiyalarga asoslangan 100 
MVt quvvatli fotoelektrik panellar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo 
etilishi, Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik 
stansiyasining qurilishi, quyosh hamda bigaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar 
va foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari hamda 
afzalliklar berilishi, albatta, mamlakatimiz iqtisodiyotinining barqaror 
rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur hujjatda qayd etilganidek, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, shamol, 
biogaz singari noaan‘anaviy energiya manbalaridan foydalanishning ulkan 
imkoniytlari mavjud. Aytaylik, respublikamiz xududida yilning aksariyat kunlari 
quyoshlidir. Bunday tabiiy sharoit qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
omilkorlik bilan foydalanishda juda qo‘l keladi.
Universitetimizning Fizika va uni o‘qitish metodikasi, Issiqlik fizikasi va 
energetikasi kafedralari professor – o‘qituvchilari ko‘p yillardan buyon 
no‘ananaviy energiya manbalari, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish 
bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmoqda. Kafedralar mutaxassislari, tadqiqodchi 
olimlar tomonidan turli quyosh qurilmalarining eksperimental variantlari va 
modellari yaratilib, tajriba – sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan. Uzoq yillar 
izlanishlrimiz natijasida quyosh energiyasi ta‘sirida hosil qilinadigan issiq havo 
oqimi yordamida meva maxsulotlarini quritish uchun mo‘ljallangan, bir nechta 
variant va turli o‘lchamdagi quyosh issiqxona meva – quritgich qurilmalari 
loyixalari ishlab chiqildi. Ular tajribadan o‘tkazilgach, qurish va foydalanish 
uchun fermer xo‘jaliklariga tavsiya qilindi. Jumladan, hozir viloyatimizning 
Qarshi, Yakkabog‘ Chiroqchi va boshqa tumanlaridagi qator fermer xo‘jaliklarida 
ushbu texnalogiyalarning smeta loyixalari asosida qurilish ishlari boshlab 
yuborilgan. Yakuniy natijalar va olib borilayotgan tadqiqot ishlari samaradorligi 
xususida fikr yuritiladigan bo‘lsa, aytish lozimki, o‘tgan o‘n yildan ortiq muddat 
mobaynida geliotexnik olimlar, magistrlar hamda iqtidorli talabalarimiz bilan 
hamkorlikda Fan va texnalogiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi 
grantlari va xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiaot ishlarini amalga oshirib 


15
kelmoqdalmiz. Shuningdek, ilmiy izlanishlarni amaliyotga qo‘llash bo‘yicha 
vohaning Qarshi, Kasbi, Yakkabog‘, tumanlarida avtomatlashtirilgan issiqlik 
akkumulyatorlari, quyosh issiqxona-meva quritgichlari va geliolimonariylar 
qurilib, ishga tushirildi.
Ikki yildirki, Qarshi DU ning ―Qayta tiklanadigan energiya manbalari‖ 
o‘quv ilmiy markazida ‖Kombinatsiyalashtirilgan yoqilgi-quyosh paxta quritish 
qurilmasi takomillashgan variantlarini ishlab chiqish va tadqiq etish‖ , 
―Avtonomlashtirilgan tuproq osti issiqlik akkumulyatorli quyosh issiqxona – 
meva quritgich qurilmasining issiqlik-fizik va energetik xarakteristikasini tadqiq 
etish‖, ―Avtonom tizimli va issiqlik akkumulyatorli quyosh uyini isitish va 
harorat rejimini mo‘tadillashdagi issiqlik fizik, energetik jarayonlarini tadqiq 
etish‖ ,
―Fermer xo‘jaliklari uchun geliokompleks (geliouy, geliodush va paxta quritish, 
geliopilla quritish qurilmasi) ni zamonaviy texnalogiyalar asosida tadqiq etish‖ 
kabi mavzularda ilmiy izlanishlar olib borilayotir.
Kelgusida energetika sohasida uglevodorod xom ashyosi o‘rnini bosadigan, 
biogaz va quyosh energiyasidan foydalanib olinadigan yangi tur maxsulotlar, 
xususan, nano elektr energiya sohasida ishlatiladigan elektron strukturaga ega 
texnik jixozlarni yaratishga ham etiborimizni qaratamiz .
Xulosa o‘rnida aytganda, Prezidentimizning ―Muqobil energiya 
manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖gi Farmoni 
mamlakatimizda muqobil energiya manbalarini yaratish va rivojlantirish borasida 
olib borilayotgan ilmiy tadqiqot hamda pedagogik ishlariga yanada mas‘uliyat 
bilan yondoshishga, barchani mazkur soha taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish 
yo‘lida tashabbuskor bo‘lishga undaydi [2].
Butun dunyo noan‘anaviy energiya turlaridan foydalanishga katta qiziqish 
bildirmoqda. Noan‘anaviy va qayta tiklanish texnologiyasiga asoslangan energiya 
manbalari (NQTEM), atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarmagani uchun 
ekologik toza hisoblanadi. O‗zbekiston sharoitida kichik gidrostansiya, quyosh, 
shamol, biomassa resurslari va geotermal energiya turlaridan foydalanish dolzarb 


16
hisoblanadi. Undan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari, chekka, 
tog‗li va mavjud energiya manbalaridan uzoq, borish qiyin bo‗lgan tumanlar 
uchun yagona iqtisodiy, oson erishish mumkin bo‗lgan energiya manbasi bo‗lishi 
mumkin.
Mustaqillikka erishilgan bir sharoitda, energetik, ekologik, iqtisodiy 
xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida, shuningdek, yoqilg‗i, elektroenergetika va 
suv tizimi faoliyatidagi o‗zgarishlar ro‗y berib turgan bir holatda, respublika 
energetikasini rivojlantirish uchun NQTEMdan keng foydalanish, yoqilg‗i, elektr 
energetikasi va suv tizimini mamlakatimizda rivojlantirish mustahkam omil 
bo‗lishi lozim.
O‗zbekistonda NQTEMni rivojlantirish, siyosiy va iqtisodiy qo‗llab-
quvvatlanishiga ko‗maklashish uchun ma‘lum qadamlar qo‗yilmoqda. 
NQTEMdan foydalanish uchun amalda qator meyoriy hujjatlar mavjud. 
Jumladan, «Energiyadan oqilona foydalanish to‗g‗risida»gi 1997 yil 25 aprelda 
qabul qilingan Qonunning 20-moddasida NQTEMni umumiy tarzda 
foydalanishni huquqiy chegarasi aniqlangan. Undan tashqari, O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 fevraldagi majlisida 2009–
2013 yillar uchun mamlakat energetikasi xavfsizligini ta‘minlashda 
elektroenergetikani modernizatsiyalashni ko‗zda tutuvchi dasturida, noan‘anaviy 
va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishning asosiy roli belgilab berilgan. 
Mamlakatimizda xalqaro homiy tashkilotlar va moliya institutlari tomonidan 
yetarlicha qator yirik loyihalar amalga oshirilgan, shuningdek, NQTEMni ishlab 
chiqarish va servis xizmati uchun salohiyatli ilmiy va texnologik baza yaratilgan.
O‗zbekistonda qayta tiklanadigan energetika sohasidagi davlat siyosatida 
sanoati rivojlangan, shu bilan birga rivojlanayotgan qator mamlakatlarning qayta 
tiklanadigan energiyadan foydalanishdagi rivojlanish tajribasi va ularning 
miqyosi hisobga olingan. Bu shuni ko‗rsatadiki, qayta tiklanadigan energetika 
sohasida aniq maqsad va vazifani belgilashi hamda davlat tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishi — qayta tiklanadigan energiyaning an‘anaviy energiya ishlab 
chiqarish texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo‗lishiga ko‗maklashadi.


17
O‗zbekistonda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanishning 
ayni vaziyatdagi ahamiyati shundaki, gidroenergetikadan tashqari uning resurslari 
hozirgi paytda keng (sanoat ahamiyati miqyosida) foydalanilmayapti. U ham 
barcha yangi texnologiyalar kabi NQTEMga oid izlanish, ishlanma va tajribalar, 
joriy etish bosqichida bo‗lib, iqtisodiy ham qonuniy-meyoriy qo‗llab-
quvvatlanishi kerak.
Oxirgi yillarda qonunlarning monitoringi, hukumatning qaror va 
ko‗rsatmalari shuni ko‗rsatdiki, O‗zbekiston Respublikasidagi NQTEM 
sohasidagi foydalanilayotgan amaldagi qonuniy va meyoriy baza, qayta ishlanishi 
va qo‗shimchalar kiritilishi, iqtisodiy va moliyaviy mexanizmlari va qayta 
tiklanadigan 
energiya 
manbalaridan 
foydalanishning 
rivojlanishini 
qo‗llabquvvatlab, boshqarish mexanizmi ifodasini topgan bo‗lishi kerak [18].
Bu qonunlar, yangi resurslarni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalar, 
zamonaviy uskunalar va eng muhimi, ham ishlab chiqarishda, ham kundalik 
turmushda yuksak darajadagi energiya ta‘minotini targ‗ib etish borasida bir qator 
rag‗batlantirishlar joriy etilishi lozim.
NQTEMning jahon miqyosida qo‗llanish tahlili shuni ko‗rsatadiki, bugungi 
kunda qayta tiklanadigan energiyaning noan‘anaviy turlaridan foydalanish 
borasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSH, Yaponiya, Xitoy va Hindistonda 
yuksak natijalarga erishilgan. Dunyoda 2 milliondan ortiq quyosh issiqlik tizimi 
ishlab turibdi. Isroil mamlakatida issiq suv ta‘minotining 70 foizini 
ta‘minlaydigan 800 mingdan ziyod quyosh moslamasi mavjud.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə