Toshkent arxitektura qurilish instituti muxandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti


joriy qilingan. 7 Ishning sinovdan о‘tishi



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#136676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
 
joriy qilingan.


7
Ishning sinovdan о‘tishi.
Dissertatsiya ishining natijalari va asosiy holati 
2012 yilning aprel oyida Karshi DU da о‗tkazilgan ―Nanotexnalogiya va kayta 
tiklanadigan energiya manbalari muammolari va yechimlari ― respublika ilmiy-
amaliy konferensiyasida muhokama qilingan.
Natijalarning elon qilinganligi.
Dissertatsiyaning asosiy mazmuni va 
natijalari umumiy soni 3 ta, shu jumladan 1 ta ilmiy jurnalda va 2 ta respublika 
anjuman materiallari va tо‗plamlarida chop qilingan ilmiy maqolalarda bayon 
qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya kirish qism, 3 bob va 
xulosadan iborat. Ish 79 sahifada bayon qilingan bо‗lib 13 chizma, 6 jadval va 59 
manbani о‗z ichiga olgan foydalanilgan adabiyotlar rо‗yxatidan hamda internet 
saytlaridan iborat.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


8
 
 
 
 
 
 
I bob. Muqobil energiya tizimini yaratish zaruriyati. Energetik va 
ekologik
muammo
 
Mamlakatimizda bugungi kunda mazkur qayta tiklanadigan muqobil 
energiya manbalaridan foydalanishda birmuncha tajribalar o‗tkazilgan. Energiya 
manbalarining muqobili bo‗lgan quyosh energiyasidan foydalanib, elektr 
energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar — fotoelektr qurilmalar ishlab chiqarish 
yo‗lga qo‗yilgan. Ammo, bu borada iqtisodiy qulay sharoit yaratish bilan birga 
sohani rivojlantirish uchun asos bo‗ladigan huquqiy bazani takomillashtirish, uni 
tartibga soladigan yagona qonun loyihasining ishlab chiqilishi va qabul qilinishi 
shubhasiz muhim ahamiyatga egadir.
Ma‘lumki, «Energiyadan oqilona foydalanish to‗g‗risida»gi O‗zbekiston 
Respublikasi Qonunining 20-moddasida «Energiya ta‘minoti tashkilotlari 
jumlasiga kirmaydigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchilar ana shu 
tashkilotlarning tarmoqlariga energiya ta‘minoti tashkilotlari bilan kelishilgan, 
markazlashtirilgan energiya ta‘minoti tarmoqlari va manbalarining eng oqilona 
ish rejimini ta‘minlaydigan miqdorlarda va rejimlarda energiya berish huquqiga 
ega» deb belgilangan. Energiya ta‘minoti tashkilotlari mazkur ishlab 
chiqaruvchilardan energiyani belgilangan tartibda chiqariladigan narxlar 
bo‗yicha o‗z tarmoqlariga qabul qilib olishni ta‘minlashlari shart.
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi loyihalar va dasturlarga 
muvofiq bunyod etilayotgan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 


9
foydalanadigan, ikkilamchi resurslar va chiqindilarni ishlatadigan energetika 
qurilmalari uchun belgilanadigan elektr va issiqlik energiyasining narxlari ana shu 
qurilmalar qurilishiga ketgan kapital mablag‗lar O‗zbekiston Respublikasi 
Hukumati bilan kelishilgan muddatlarda jadal qoplanishini ta‘minlashi lozimligi 
belgilab qo‗yilgan.
Ammo, qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqish, tarqatish, 
sotish, undan foydalanish kabi tizimni tartibga soladigan bir qator masalalar 
yechimi ochiq qolgan. Shu sababdan ham ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga 
soluvchi qonun loyihasining ishlab chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə