Jumayeva surayyo



Yüklə 120,43 Kb.
səhifə1/19
tarix23.12.2023
ölçüsü120,43 Kb.
#157008
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Pul va banklar fanidan mustaqil ishi-fayllar.org (1)


Pul va banklar fanidan mustaqil ishi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA 
DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM
IQTISODIYOT YO’NALISHI 20-23 GURUX 
TALABASI JUMAYEVA SURAYYONING
PUL VA BANKLAR FANIDAN 
MUSTAQIL ISHI 

MAVZU
:
1. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PUL TIZIMI VA 
UNING ELEMENTLARI. 
2.PUL NAZARIYALARI. 
3.PUL SHAKLLARI VA TURLARINING EVOLYUTSIYASI. 
4. PULNING MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
5. INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISHYO‘LLARI 
BAJARDI: S.Jumayeva
QABUL QILDI: SH.Maqsudov 
Farg’ona 2023 





1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PUL TIZIMI VA 
UNING ELEMENTLARI 

Pul tizimi tushunchasi.Tizim deganda o`zaro bog’liq elementlarning birligi
tushuniladi. Pul tizimi – bu bir biri bilan o`zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va
pul tizimining yaxlitligini ta`minlovchi elementlarning yig’indisidir. Pul tizimi –
bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil
qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga
tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv
asoslariga to`lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini
qonunchilik hujjatlarida belgilab qo`yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:
1.
Funksiyanal jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul
muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir.
2.
Institutsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil
qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga
Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar
kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi
1.
Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi
deganda pulning barcha funksiyalarini to`liq bajarilishini ta`minlash tushuniladi.
Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga
bo`lgan talabini o`zgarishiga o`z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
2.
Muomalaga chiqarilgan pullarning ta`minlanganlik prinsipi. XX asrning 70-
yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta`minlanar edi.
Muomaladagi har bir AQSH dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1
unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng.
Milliy valyutaning oltin bilan ta`minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-
1978- yillarda bo`lib o`tgan YAmayka jahon valyuta tizimida oltinni
demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to`lov vositasi sifatida foydalanishni
ta`qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo`ldi, eng oxirgi
davlat SHvetsariya baho mashtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda
muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi.
3.
Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi.
4.
Pul aylanmasini nazorat qilish prinsipi
Pul tizimi–bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan
tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII



asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi


munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo`lsa ham, uning ayrim element-lari
bundan ancha oldin paydo bo`lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab
chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o`zgarishlar
yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya`ni umumiy
ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo`lishiga qarab quyidagicha
pul tizimlar mavjud bo`lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari. 2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo`ladi va pul-ning barcha
funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi
yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul
muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga
bo`linadi.
Bimetalizm – pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko`pincha oltin va
kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga
chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.
Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metall-ning bozor bahosiga
munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida dav-lat metallar orasidagi mutanosiblikni
o`rnatib qo`ygan. Oltin va ku-mush tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan
qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo`lib, G’arbiy evropaning qator
mamlakatlariga XiX asrda etib kelgan.
1865 yili Frantsiya, Belgiya, SHveytsariya va Italiya mamlakat-lari bimetalizmni
xalqaro sulh – Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan
konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni
chiqarish, oltin va kumush o`rtasida 1:15,5 qiymat mutanosibligini o`rnatish
shartlari ko`zda tutilgan.



Yüklə 120,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə