Jumayeva surayyo


Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari 1993 yil, aprel



Yüklə 120,43 Kb.
səhifə4/19
tarix23.12.2023
ölçüsü120,43 Kb.
#157008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Pul va banklar fanidan mustaqil ishi-fayllar.org (1)

Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari 1993 yil, aprel 
Respublikalar
Pul birligi va uning kursi
Armaniston
Rubl
Ozarbayjon
Manat va rubl (1manat=10 rubl)
Belarussiya
Rubl va B. Rubli (1 B. Rubli=10 rubl)
Estoniya
Krona (8 kron=1 nemis markasi)
Gruziya
Rubl va kupon
Qirg’iziston
Som (3 may 1993 yildan)
Latviya
Latviya rubli (130 l.r. = AQSH dollari)
Litva
Talonlar (505 talon = 1 AQSH dollari)
Moldaviya
Rubl va kupon
Rossiya
Rubl
Tojikiston
Rubl
Turkmaniston
Rubl
Ukraina
Korbonavets (1 korbonavets=0,3 rubl)
O`zbekiston
Rubl va so`m kupon
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo`lgan operatsiyalarni
bajarish huquqini o`z qo`liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib
chiqaruvchi muassasa Rossiyada joy-lashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy
banklarining pul muoma-lasini olib borish bo`yicha harakatlari cheklagan edi.
Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil



darajada namoyon bo`ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muoma-laga


chiqargan pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan
bo`lsa, 1992 yil iyunga kelib emissiyaning 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan
ta`minlashga yo`naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan
ta`minlash uchun muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha
sarflangan, ya`ni boshqa respublikalar ehtiyojini pul bilan ta`minlash salmog’i
tushib ket-gan. Masalan, Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizga-
cha, Ukraina va Boltiqbo`yi respublikalarining salmog’i yanada ko`p-roq
qisqargan. O`zbekistonda ham pul resurslari taqchilligi naqd pulga bo`lgan
talabning qondirilmaganligida namoyon bo`lgan. SHu iqtisodiy tanglik sharoitida
pul tizimini shakllantirish bo`yicha mustaqil davlatlar oldida ikki muiobil yo`l
turardi.
– YAgona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini olib
borish;
– O`z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o`z pul tizimiga ega bo`lish va qo`shni
mamlakatlar inflyatsiyasidan o`zini himoya qilish.Pul taqchilligi davom qilayotgan va
Rossiya rubllari barqaror bo`lmagan sharoitda pul taqchilligini yo`qotish maqsadida
ko`pgina respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida
pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. YUqorida ta`kidlaganimizdek, muomalaga
kupon talonlar chiqarildi va keyincha-lik O`zbekiston o`zining milliy valyutasini
muomalaga chiqardi.
O`zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo`lmish so`m jamiyat manfaatlariga
xizmat qiladi. SHuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini
mustahkamlashdan ibo-rat. Bu juda mas`uliyatli va oson bo`lmagan vazifa.
O`zbekistonning o`z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qara-
tishi, bozor iqtisodiyotiga o`tishda mamlakatimizning o`ziga xos xusu-siyatlariga ega
ekanligi milliy valyutaning barqaror bo`lishini taqozo qiladi.
Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan
iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalash-tirishlar O`zbekiston iqtisodiy
mustaqillikka erishish uchun to`g’ri yo`l tanlaganini ko`rsatib turibdi. Zero, mustaqil
pul tizimiga ega bo`lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin
emas.

Yüklə 120,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə