Jumayeva surayyo


INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH



Yüklə 120,43 Kb.
səhifə14/19
tarix23.12.2023
ölçüsü120,43 Kb.
#157008
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Pul va banklar fanidan mustaqil ishi-fayllar.org (1)

5.INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASHISH 
YO‘LLARI 
Inflyatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish»,
«bo‘rtish», «ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z XIX asrning
o‘rtalaridan boshlab iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida
ishlatilguncha qadar, u
tibbiyotda
xavfli
o‘sma kasalini ifodalashda
qo‘llanilgan. Tarix haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli
ekanligini ko‘rsatdi. Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar
va xizmatlar narxining o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun
xavfli hodisadir. Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy tarjimasi – muomalada mavjud
bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish degan
ma‘noni anglatadi. Iqtisodda inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga,
qoniqtirilmagan, lekin qisman to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning
vujudga kelishga olib keladi.
Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. Inflyatsiya
so‘zi pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘rtasida
fuqarolar urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda (450mln. grin
bek) qog‘oz dollar chiqarilgan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib olish
qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizlargacha tushib ketgan . Agar tarixga
e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat
xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan,
Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush
davrida, Frantsiyada - Fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX
asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi
inflyatsiya 1923 yillarda bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion
markagacha etgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy
misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, tarixan
mavjud bo‘lgan jarayondir. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan
mamlakatda ma‘lum
xususiyatlarga ega
bo‘lishi mumkin.Hozirgi davr
inflyatsiyasi, o‘tgan davr inflyatsiyasidan farq qiluvchi xususiyatlarga ega.
Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy
xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan.
Biror daromad olmasdan turib, ya‘ni ishlab chiqarish va tovarooborot
sur‘atlarini oshirmasdan yoki bu ko‘rsatkichlar kamayib ketgan holda davlat
tomonidan bo‘ladigan xarajatlarni moliyalashtirishning asosiy yo‘llaridan biri
qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishdan iborat bo‘lgan. Natijada muomalaga
chiqarilgan pullar, muomala uchun zarur bo‘lgan oltin miqdoridan oshib
ketgan va pulning real qiymati uning nominal qiymatidan tushib ketgan,
ya‘ni, xaqiqatda pul birligi o‘zida ko‘rsatilganidan kam oltin miqdorni
ifoda qila boshlagan. Oldingi inflyatsiyalarning yana bir xususiyati shundaki,
ular ma‘lum davrda namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda
doimiy (xronik) xarakterga ega bo‘lib xo‘jalik hayotining barcha sohalarini



29
qamrab olishi bilan, pul omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga


ta‘sir qilishi bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez-tez uchrab
turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi
shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga;
ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik
mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy
sababi tovar kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab
chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi
birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi
qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadiigan xarajatlar
salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul
massasining ortib borishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq
xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu
avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning
daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning
naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi nomutanosibliklardan iboratdir.
1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQShda 1-2%ni tashkil etgan. Oxirgi
yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, nobarqarorligi bilan ajralib turadi. 1960-yilning
oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki sonli ko‘rsatkichga yetdi.
1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin o‘sgan bo‘lsada, 1979-1980
yillarda 10%dan o‘sib ketdi. 1982 -1990 yillarda inflyatsiya darajasi 5%gacha
pasaydi.
85
Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi
disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki
to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatda pul
biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda
namoyon bo‘ladi:
1.
Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi
natijasida p ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
2.
Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
3.
Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar
baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan taqdirda ham
ayrim tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham
mumkin ekan.
86
Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70-
80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida
baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda bo‘lmasdan, sakrab turadigan bo‘lishi
mumkin. Lekin, ba‘zi tovarlar bahosining tushishi yoki barqaror bo‘lib turishi XX
asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq ishonch bilan uqtira olmaymiz.
Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi iste‘moli uchun zarur bo‘lgan ayrim
bir tovarlar bahosining ma‘lum davrda barqaror ushlab turish mumkin,
ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir
oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to‘g‘risida



29
gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi


tushunchalarini to‘g‘ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba‘zi
tovarlar bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi
oshishi inflyatsiya bo‘lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham
bo‘lishi mumkin.

Yüklə 120,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə