Jumayeva surayyo



Yüklə 120,43 Kb.
səhifə5/19
tarix23.12.2023
ölçüsü120,43 Kb.
#157008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Pul va banklar fanidan mustaqil ishi-fayllar.org (1)

2. PUL NAZARIYALARI
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy
fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud
emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa.



Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator konsepsiyalarda uning


mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli
ravishda buni ―tovarli‖ va ―tovarsiz‖ konsepsiyalarga ajratish mumkin
Tovarli konsepsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e‘tibor real foydali
hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning
metallilik nazariyasi e‘tiborga olinadi.
Pulning tovarsiz konsepsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi
qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e‘tibor qaratiladi.
Albatta, pul nazariyasining ko‘p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida
amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan
e‘tirof etilgan. E‘tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va
mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal
qilishi haqidagi qarashlari, ta‘limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir –
biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda,
iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi
haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli
hududlarda yaratilganligidir.
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab
turadilar, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta‘minlaydigan
mexanizmni amal qilishini talab etadii. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor
kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos
kelishini ta‘minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi
ayirboshlashni ta‘minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita
sifatida pul maydonga chiqadi.
Ma‘lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar
barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya‘ni tovarni –
tovarga almashtirish jarayoni ma‘lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi
natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar.Pul – barcha tovarlarning
umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan―maxsus tovar bo‘lib, uning
yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va
uning evolyusiyasi bilan bog‘liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi
sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy
kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib o‘rganiladi.

Pulning metallik nazariyasi.Pulning metallik nazariyasi XVI – XVII asrlarda





dastlab kapitalning boylik sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi


va rivojlanishi sharoitida vujudga keldi. Moneta tarkibini buzish (monetaning
og‘irlik miqdorini kamaytirish) ga qarshi kurashda progressiv (ijobiy) rol o‘ynadi.
Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va vujudga kelayotgan burjuaziya ehtiyojlarini aks
ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori bo‘lib chiqdilar.Bu nazariya
o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan Angliya davlatida maydonga keldi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim
shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi
iqtisodchilarning boylikning manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ldi. Ular bu
manbani savdodan izladilar. Ularning e‘tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi
mamlakatga oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariyasi tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho
metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi deb hisoblar
edilar.
Ma‘lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi, metall
tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga (moneta)lar
zarb etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo‘llab – quvvatlovchi iqtisodiy
nazariyachilar vakillari qog‘oz pul nazariyasini inkor etadiilar. Metall pul
nazariyasi vakillari ushbu ta‘limotni yoqlab chiqqanlarida asosan nodir metallarni,
ya‘ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar. Ularning ta‘limotida kumush va
oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi haqiqiy pul bo‘lib, ular o‘z qiymatlarini
yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga, kumush va oltin pullar ayirboshlash
munosabatlarida real qiymatlari asosida ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyasiya
muammosini keltirib chiqarmaydi, deya ta‘kidlaydilar.
Ushbu olimlarning ilmiy karashlaricha mamlakatning boyligi pulning ko‘payishi
bilan belgilanishi kerak xamda metall pullar faqat oltin va kumushdan yaratilishi
lozim. Bundan kelib chiqadiki, metallistlar nazariyasiga ko‘ra: pulning moxiyati
ijtimoiy zaruriy mehnatning rivojlanishi bilan belgilanmasdan oltin va kumushning
tabiiy xususiyatlari bilan belgilanadi, ya‘ni qanchalik ushbu metallar sifatli bo‘lsa
pulning qadri shuncha yuqori bo‘ladi.
Pulning metallik nazariyasi kapital harakatining dastlabki davrida taraqqiy etdi.
Moneta tarkibini buzish (monetaning og‘irlik miqdorini kamaytirish)ga qarshi
kurashda progressiv rol o‘ynadi. Bu nazariyalar o‘sha davr ruhi va tuzilayotgan
burjuaziya ehtiyojlarini aks ettirib, merkantilistlar baquvvat metall pullar tarafdori
bo‘lib chiqdilar. Bu nazariya o‘sha davr kapitalizmining eng rivojlangan davlati
Angliyada maydonga keldi. Metallik nazariyasining asoschilaridan biri U. Stefford
(1554-1612 y.) edi. U o‘z qarashlarini o‘zining Londonda 1581 yilda chop etilgan



«Vatandoshlarimizning ba‘zi odatiy arizalarining qisqartmasi» asarida bayon etdi.


Bu oqim tarafdorlari Angliyada T. Men (1571-1641y.), D. Nors (1641-1691y.),
Fransiyada bu ta‘limotni A. Monkreten (15751621y.), Italiyada F. Tamani (1728-
1787y.) va boshqalar rivojlantirdi.
Ularning fikricha, barqaror metall valyuta jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining muhim
shartlaridan biridir. Jamiyat a‘zolarining jamg‘arishga bo‘lgan intilishi
iqtisodchilarning boylik manbaini o‘rganishlariga sabab bo‘ladi. Ular bu manbani
savdodan izladilar. Ularning e‘tirof etishlaricha, aktiv savdo balansi mamlakatga
oltin va kumushning kelishini ta‘minlaydi.
Shunday qilib, ilk metallik nazariya tarafdorlari jamiyat boyligini qimmatbaho
metallar bilan almashtirib, ular pulning hamma funksiyalarini bajaradi, deb
hisoblar edilar. Ilk metall nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari
quyidagilardan iborat edi:

ilk metallchilar haqiqiy pullarni qiymat belgilari bilan almashtirish
zarurligi maqsadga muvofiq kelishini tushunib yetmadilar;

ilk metallchilar pulning jamiyat taraqqiyotida tovar muomalasi asosida
yuzaga kelgan tarixiy kategoriya ekanligini tushunmadilar;

ular jamiyat boyligi deb qimmatbaho metallarni jamg‘arishni
tushundilar va
«bunday boylik manbai savdodir» degan noo‘rin fikrga keldilar.
Ular jamiyat boyligi mehnat natijasida vujudga keladigan moddiy va ruhiy
qadriyatlar yig‘indisi ekanligini tushuna olmadilar. Ilk metallik nazariya
targ‘ibotchilari savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilib chiqqan edilar.
XVIII
asr oxiri va XIX asrning birinchi yarmiga kelib sanoat burjuaziyasi
manfaatlarini qondira olmagan metallik nazariya o‘z mavqeini yo‘qotdi. Ammo
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib nemis iqtisodchisi, tarixiy maktab vakili K.
Knis (1821-1898 y.) bu nazariyani himoya qilib chiqdi. Bu g‘oyaning qayta
tiklanishiga 1871-1873 yillarda Germaniyaga kiritilgan oltin tanga standarti sabab
bo‘ldi. K. Knis targ‘iboti metallchilar nazariyalarini yangi sharoitga moslashtirdi.
Knis pul sifatida faqatgina metallni emas, balki Markaziy bank banknotalarini ham
e‘tirof etdi. Bu paytga kelib xo‘jalikda kredit asosiy mavqega ega bo‘la boshladi va
bu oltin monetalar bilan birga muomalada bo‘lib, ularga almashtiriladigan
banknota emissiyasining asosini tashkil etdi. K. Knis banknotalarni tan olgan
holda, hech nima bilan ta‘minlanmagan qog‘oz pullarga qarshi chiqdi. Uning
fikricha, pul muomalasi metall bilan ta‘minlangan banknotalar va metall
monetalarga asoslanishi shart. Qog‘oz pullar xuddi «qog‘oz bulka» kabi ma‘nosiz
narsadir. K. Knis ta‘kidlashicha, oltin o‘z tabiatiga ko‘ra puldir.



I Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta


tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida
oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab
chiqarishni yoqlab chiqdilar.
Oltin tanga standarti.Oltin standarti birinchi marta XVIII asrda Angliyada va XIX
asrning oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart oltin
monometalizmi deb ham ataldi. Oltin tanga standarti oltin standartining ilk
ko‘rinishidir. Bu standart I Jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartiga xos bo‘lgan belgilar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
tovarlarning baholari faqatgina oltinda o‘lchanishi; oltin tanganing muomalada
bo‘lishi; davlat xazinasi tomonidan cheklanmagan miqdorda moneta zarb qilinishi;
kredit pullarni ularning nominali bo‘yicha oltinga erkin almashtirilishi; oltinni olib
kirish yoki olib chiqishning taqiqlanmaganligi; ichki bozorda oltin moneta va
banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya‘ni, to‘la haqiqiy qiymatga) ega
bo‘lmagan chaqalar va ma‘lum kursga ega bo‘lgan davlat qog‘oz pullarining
muomalada bo‘lishi.Bu tizim mustahkam pul tizimi bo‘lib, inflyatsiyani inkor etar
edi. Muomala uchun zarur bo‘lmagan oltin miqdori yana xazina ko‘rinishiga qaytar
edi. Ammo kapitalizmning krizisi davrida bu muvozanat izdan chiqdi. II Jahon
urushi davrida AQShdan boshqa urushayotgan davlatlar banknotalarni oltinga
almashtirishni va oltinni chetga olib chiqishni bekor qilishdi. Oltin muomaladan
surib chiqarilib xazinaga aylantirildi. AQShda esa oltin monetalar 1934 yilga qadar
muomalada bo‘ldi.Oltin quyma standarti.I Jahon urushidan keyin, 20-yillarda ba‘zi
mamlakatlarda oltin quyma standarti joriy qilindi. Bu standartning oltin tanga
standartdan asosiy farqi shunda ediki, muomaladagi banknotalar 12-12,5 kg.
atrofidagi oltin quymalarga almashtirilardi. 12,5 kg. lik quymaga banknotani
almashtirish uchun Angliyada 1700 ft. st., Frantsiyada 215 ming fr. talab qilinar
edi. Bu bilan oltin muomaladan xalqaro aylanmaga chiqarildi. Ichki aylanmada esa
bunday imkoniyatga faqatgina yirik firmalar va puldorlar ega bo‘lib qoldilar,
xolos.Oltin deviz standarti.Oltin quyma standartga kirmagan mamlakatlarda
banknotalarni bevosita oltinga almashtirish tiklanmadi. Bu mamlakatlar o‘z kredit
pullarini oltin quyma standartga kiruvchi mamlakatlarning devizlariga (ya‘ni
valyutalariga) almashtirishni mo‘ljallangan edilar. Bu bir mamlakat valyutasining
ikkinchi davlat valyutasiga bog‘liqligini keltirib chiqarar edi. Pul tizimining bu
ko‘rinishi oltin deviz standarti nomini oldi.1929-33 yillardagi jahon inqirozidan
keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartining ba‘zi elementlarini oltin
dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati Shunda
ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission
banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina



AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi xolos. 1971 yil dekabr


oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartining
barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.Oltin standarti barbod bo‘lishi va
iqtisodiyotni davlat ishtirokida boshqarilishiga o‘tilishi bilan metall pul nazariyasi
boshqa nazariya bilan almashtiriladi. Metalizimning asosiy kamchiligi shundaki,
ular iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarilishi bilan oltinga almashtirilmaydigan
kredit pullar orasida ichki bog‘liqlikni e‘tiborga olmadilar.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning taboro rivojlanib borishi, shu bilan
birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash munosabatlari
hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur‘atlar bilan ko‘payishi
muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel ravishda qog‘oz
pullar ham to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi, evolyusion tarzda ma‘lum
ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall (kumush va oltin) pullar o‘z
o‘rnini qog‘oz pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning nominalist nazariyasining
vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Pulning nominallik nazariyasi.Nominalizm quldorlik tizimi davridagi faylasuflar
ta‘limotida yuzaga kelgan bo‘lib, bu ilk nominalizmdir. Birinchi nominalistlar tanga
tarkibini buzish (tanganing og‘irlik miqdorini kamaytirish)ni ko‘rko‘rona madh
etuvchilar bo‘lganlar. Yemirilib ketgan tangalarni teng qiymatli tangalar bilan
muomalada bir xilda yurganligiga asoslanib, ular pulning metall miqdori emas, balki
nominali muhimdir deb da‘vo qilib chiqdilar.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz pullar
e‘tirof etilishini e‘tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul nazariyasining
amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat tomonidan
belgilanishi va uning ta‘minlanishi ham davlat tomonidan amalga oshirilishini
nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini ―qog‘oz pullar nazariyasi‖
tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi.Nominal pul nazariyasini ―qog‘oz pul
nazariyasi‖ tarzida yuritilishi uning aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu
nazariyani, nominal pul nazariyasini qanday farqlari mavjudligini ortiqcha
qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi.Nominal pul nazariyasi xususidagi
dastlabki qarashlarni quldorchilik, keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi
faylasuflar ta‘limotlarida kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII –
XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda
shakllangan. Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas,
balki haqiqiy bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya vakillari
Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. Ularning
nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan yaratiladi



29
va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib olish


qobiliyati uning nominali asosida, ya‘ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal qiymati
bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning
ta‘limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat
mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor
iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida
belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan
pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan
talab asosida o‘zgarib turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX asrning oxiri
va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan tarafdorlaridan
biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning pul
nazariyasini, uning ta‘limoticha ma‘lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda
emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi.
Nominal pul nazariyachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning ta‘limotida
pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari suriladi. Kredit
pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta‘limotida inobatga olinmaydi
va e‘tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning qiymati davlat
tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan nominal
qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya‘ni ularni
muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab
qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.
Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning qiymatini
nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va ularning
nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli hujjatlari
asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari suradilar.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta‘limoti Germaniya tomonidan birinchi
jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi
emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta‘limotning haqiqatga yaqin
emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyasiya sharoitida
isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta miqdordagi
qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida inflyasiyaga uchrashi
natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida
ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne‘mat yaratish
hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne‘matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha
daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va qo‘shimcha



29
moddiy ne‘matlarni yaratish ma‘lum darajadagi vaqtni talab etar, bu vaqtda esa


ishlab topilgan daromad inflyasiya natijasida o‘zining qiymatini yo‘qotar edi.
Tahlillar
natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi
iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi.
Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning
amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari
tomonidan ilgari surilgan ta‘limot o‘zini oqlaydi. Ta‘kidlash joizki, markazdan
boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz
pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar
moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga,
muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish
kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning
bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq,
bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va
uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan
muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar
moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini
mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat
unga ta‘sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy
pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.



29


Yüklə 120,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə