1. Pul nazariyalarining kelib chiqishi, turlari va namoyondalari Pul nazariyalari



Yüklə 21,15 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü21,15 Kb.
#143137
1. Pul nazariyalarining kelib chiqishi, turlari va namoyondalari-fayllar.org


1. Pul nazariyalarining kelib chiqishi, turlari va namoyondalari

Pul nazariyalari.


Reja
1.Pul nazariyalarining kelib chiqishi, turlari va namoyondalari
2.Pulga keynsian, nokeynsian va boshqa qarashlar.
3. Pul nazariyasining yangicha talqin qilinishi.
4.Pul nazariyalari to‘g‘risida umumiy tushuncha
haqidagi nazariyalardir. Bu nazariyalar kapitalistik ishlab chiqarish usuligacha bo‘lgan davrda vujudga keldi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli davrida, pultovar Pul nazariyalari pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri munosabatlari xo‘jalik sohasining hamma tarmoqlarini qamrab olgan davrdagina pul nazariyasi keng tarqaldi.

Pul va uning sotib olish quvvati orasidagi munosabat pul nazariyalarining markaziy masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Xullas, iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomalasiga bo‘lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.


Pulning metallik nazariyasi.
Pulning metallilik nazariyasi XVI asrda fransuz olimi Nikolo Orezme tomonidan nazariya sifatida shakllantirildi. Keyinchalik angliyalik iqtisodchi olimlar U.Stefford, T.Men, P.Nors, Chayld, Fransiyada A.Monkreten, Germaniyada U.Yust; Italiyada G.Skaruffi, F.Galiyani tomonidan rivojlantirildi.
Pulning metallilik nazariyasi merkantalizm g`oyalariga asoslanadi.
Merkantalizm – dunyo tarixidagi birinchi iqtisodiy maktab hisoblanadi.
Pulning metallik nazariyasi.
Merkantalistlar 2 yirik guruhga bo`linadi:
1. Ilk merkantalistlar. 2. So`nggi merkantalistlar.
Ilk merkantalistlar - aktiv pul balansi degan g`oyani ilgari suradilar. Ularning fikriga ko`ra oltin va kumush o`z tabiatiga ko`ra pul hisoblanadi. Har bir jamiyatning boyligi uning oltin va kumush zaxiralari bilan belgilanadi.
Aktiv pul balansi - deganda oltin va kumushning har doim mamlakatga kirib kelish miqdori ularni mamlakatdan chiqib ketish miqdoridan katta bo`lishi tushiniladi.
Pulning metallik nazariyasi.
T.Men birinchi bo`lib metallilik nazariyasiga yangilik kiritdi. Ushbu yangilik quyidagilardan iborat:
Mamlakat savdo balansi ijobiy saldoga ega bo`lganda tovarlarni import qilish mumkin.
Agar mamlakat uchun foydali bo`lsa, oltin va kumushni xalqaro savdoni rivojlantirish uchun ishlatish mumkin.ulning metallik nazariyasi.
Tomas Men aytadiki pul savdoni yaratadi, savdo esa pulni ko`paytiradi. Tomas Men birinchi bo`lib umumiy savdo balansi degan tushunchani kiritgan.
So’nggi merkantalistlar umumiy savdo balansi g’oyasini ilgari surdilar. Bungacha xususiy savdo balanslari mavjud edi. Ular mamlakatning alohida olingan bitta mamlakat bilan savdo munosabatlarini aks ettirar edi.
Merkantilistlar oltin va kumush tangalarni yemirilib ketishini tan olmaganlar. Lekin amaliyot ko`rsatadiki oltin va kumush tangalar ishqalanish xususiyatiga ega.
Ilk metallik nazariya tarafdorlarining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat edi:
Pulning metallik nazariyasi.
I-Jahon urushidan so‘ng metallizm tarafdorlari oltin moneta standartini qayta tiklash mumkin emasligini tan olib, o‘z nazariyalarini himoya qilish maqsadida oltin quyma standart va oltin deviz standartga asoslangan banknota ishlab chiqarishni yoqlab chiqdilar.
1. Oltin tanga standarti
2. Oltin quyma standarti
3. Oltin deviz standarti
Pulning metallik nazariyasi.
1929-1933 yillardagi jahon krizisidan keyin barcha mamlakatlarda oltin deviz standartning ba’zi elementlarini oltin dollar standart o‘zida olib qoldi. Bu standartning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, birinchidan, bu standartdan foydalanish huquqi faqatgina chet el emission banklari uchungina saqlab qolingan edi, ikkinchidan, bu standartda faqatgina AQSh dollarigina oltin bilan aloqasini saqlab qolgan edi, xolos. 1971 yil dekabr oyidan boshlab dollarning oltin pariteti bekor qilinishi bilan oltin standartning barcha ko‘rinishlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Pulning nominallik nazariyasi
Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo`lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ‘’Pulning davlat nazariyasi’’ nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning Tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgn nominali bilan belgilanadi.
Pulning nominallik nazariyasi
Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quidagi xulosaga keldi.
Pulni davlat yaratadi;
Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir;
Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;
Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Pulning nominallik nazariyasi
Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori u aytadiki qog`oz pullarning oltin tanalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g`alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo`ladi.
1. Pul barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.
2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)
3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o`lchovi.
Pulning nominallik nazariyasi
Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy valyutaning oltin asosiga aytiladi.
Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog`oz pullar muomalasini afzal ekanligini e`tirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi.Pulning nominallik nazariyasi
Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo‘yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar edi.
Nominalistlar pulning qiymat o‘lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yubordilar. J. Styuart pulni teng bo‘lgan bo‘laklardan iborat masshtab sifatida aniqladi. Shu bilan birga, agar buning asosida masofa mavjud bo‘lsa, geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin. Agar u qandaydir og‘irlikka ega bo‘lsa, mahsulot og‘irligini o‘lchash mumkin. Shu kabi pul ham qiymat o‘lchovi funktsiyasini bajarishi uchun tovar bilan qandaydir jinsdoshlikka ega bo‘lishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.Pulning miqdoriylik nazariyasi
Pulning miqdoriylik nazariyasining mohiyati shundaki muomalada pul miqdorining oshishi tovarlar bahosining va pulning qiymatini o`zgarishiga sabab bo`luvchi asosiy omildir.
XVI asrda Yevropalik mustamlakachilar va birinchi navbatda ispanlar Amerikadagi ko`plab oltin va kumush konlarini topdilar. Natijada Amerikadan Yevropaga juda katta miqdorda oltin va kumush oqib keldi. Bu esa G’arbiy Yevropada tovarlar bahosining keskin oshishiga sabab bo`ldi. Shu bog`liqlikni birinchi bo`lib fransuz faylasufi Jan Boden aniqladi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi
Miqdoriylik nazariyasining eng kata xatosi shundaki, ular pulning mohiyatini faqatgina pulning muomala vositasi bilan tushuntiradilar. Ular pulning qiymat o`lchov funksiyasini tan olmaydilar. Karl Marksning fikricha pulning miqdoriylik nazariyasining ikkinchi xatosi pullar va tovarlar muomala jarayoniga qadar bahoga va qiymatga ega bo`lmaydilar deganlaridadir.
Marksning fikriga ko`ra muomalaga kirishgunga qadar pullar qiymatga tovarlar esa bahoga ega bo`ladi. Pullar qiymati va tovarlarning bahosiga bog`liq ravishda tovarlarning bahosi shakllanadi.
Pulning miqdoriylik nazariyasi
Miqdoriy nazariyani matematik yo‘l bilan isbotlamoqchi bo‘lgan I. Fisher pulning «sotib olish quvvatiga» ta’sir etuvchi olti omilni ko‘rsatdi:
M–muomaladagi naqd pul massasi;
V–pulning aylanish tezligi;
R–o‘rta (tortilgan) baho;
Q–tovarlar miqdori;
MI–bank depozitlari yig‘indisi;
VI–depozitchek muomalasi tezligi.
Tovarlar uchun to‘langan pul yig‘indisi, tovarlar yig‘indisining tovarlar bahosiga ko‘paytmasiga teng:
MV = RQBu tenglamani Fisher «almashinuv tenglamasi» deb atadi. Yuqoridagi formula asosida muomaladagi pul massasini topish mumkin.
Pulning miqdoriylik nazariyasi
Monetaristlar iqtisodiyotga amaliy jihatdan yondashib, pul massasini yiliga o‘rtacha 3% oshirishni tavsiya etishadi.
Ammo monetaristlar keyingi paytlarda iqtisodiyotda yuz bergan o‘zgarishlarni inobatga olib, pul massasini doimiy ravishda va bir me’yorda olib borishni ma’qul deb bildilar. Bu me’yor shundayki, pul miqdorining o‘sishi mehnat unumdorligining o‘sishi sur’atiga nisbatan 12% yuqori bo‘lishi kerak. Buning bir me’yorda o‘sib borishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga va davriy tebranishlarni cheklashga imkon beradi.
Pul — rivojlangan bozor xo‘jaligining zarur elementi bo‘lib, konyunktura holati va iqtisodiy siklning borishiga doimiy hamda jiddiy - ta’sir ko'rsatadi. Pul tizimi xalq xo'jaligi organizmida «moddalar 12 almashuvi»ni ta’minlaydi, katta hajmdagi tovarlar vu pul massasi harakitini bilvosita ifodalaydi, davlat moliyasi va kredit kanallari orqali ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishini rag'batlantiradi. Pul tahlilini faollashtirish bu mavzudagi nashrlar sonining keskin o ‘sishi, pul-kredit muammolari bilan shug'ullanuvchi iqtisodchilar doirasining kengayishi, pul mexanizmining faoliyatiga e’tiborning kuchayishi, pulni modellashtirish usullarini ishlab chiqish va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Pul haqidagi fan eng dinamik va ommaviy iqtisodiy fanlardan biriga aylandi. G ‘arb mamlakatlarida iqtisodiy nazariyaning II jahon urushidan keyingi rivojlanishi pulning faoliyat ko'rsatish muammolariga qiziqishning tobora o‘sib borishi uchun xarakterlidir. Bu sohadagi tadqiqotlarning jonlanishi XX asrning 50-yillarida boshlangan bo‘lib, «pul renessansi» yoki «pulni takroran kashf etish» deb nomlangan. U paytda g‘arb mamlakatlarining pul-kredit tizimi ikkinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun pul emissiyasi va ssuda kapitali bozoridan keng foydalangan davlat budjet organlari vasiyligidan chiqa boshladi. Markaziy banklar ko'proq mustaqillikka ega bo‘ldi va pulning xarid qobiliyatini mustahkamlash uchun shiddatli vositalardan foydalana boshladi. Biroq moliya-kredit tizimini to‘liq barqarorlashtirishning uddasidan chiqilmadi. G ‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligi pul muomalasining surunkali yetishmasligiga duch kelgan bo‘lib, bu inflatsiya bosimining vaqtivaqti bilan kuchayishi, ssuda kapitali bozorining beqarorligi, foiz stavkalarining keskin tebranishi, valuta muammolari va hokazolarda namoyon bo'Idi. Shunday qilib, pul muammolariga g‘arb nazariyotchilari ko‘rsatgan kuchli e’tibor asoslangan hisoblanadi. Bugungi kunda pul va pul siyosatining nazariy muammolari g‘arb iqtisodiy fikr namoyondalari o‘rtasida qizg‘in munozaralar va raqobat maydoniga aylangan. Chunki xo‘jalik rivojlanish sur’atini rag‘batlantirish va iqtisodiy konyunkturani kundalik boshqarish vositasi sifatida pulni tezkor qo‘llashni ifodalovchi keyns yondashuvi va pul sohasidagi avtomatik bozor stabilizatorlari harakatini qiyinlashtiradigan iqtisodiyotdagi ziddiyatlar va disproporsiyalarni qoralovchi monetarizm o‘rtasida chegara yotadi. Ma’lumki, keynschilik XX asrning 30—40-yillarida shakllangan bo‘lib, iqtisodiy siyosat dasturlari va nazariy adabiyotlarda asosiy qoidaga aylandi. Monetarizm maydonga keyinroq, 50-yillar o‘rtalarida chiqdi. U asosiy e’tiborni pul massasi va uning iqtisodiyotga ta’siriga qaratdi. 13 Pul nazariyasi keynschilik va monetarizm paydo bo‘lishidan ancha oldin vujudga kelgan bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Pulning fundamental muammolari g‘arb siyosiy iqtisodining mumtoz vakillari A. Smit, D. Rikardo asarlaridayoq yo‘lga qo‘yilgan. Keyinchalik ular XIX—XX asrlaming yirik nazariyotchi olimlari J. S. Mill, U, Jevons, L. Valras, A. Marshall va boshqalar tomonidan umumlashtirilgan va qayta ishlangan. So'nggi yarim asr davomida pulni o‘rganish estafetasi g‘arb iqtisodiy fanining J. Xiks, P. Samuelson, J. Tobin, F. Modilyani, D. Patinkin, M. Fridman kabi olimlari qo‘liga o‘tdi. Nobel mukofoti laureati bo‘lgan (Patinkindan tashqari) aynan shu olimlarning mehnatlarida «keynschilik— monetarizm» dixotomiyasi (ikkiga bo‘linish) eng to‘liq amalga oshirilgan. Urushdan keyingi «pul renessansi» tadqiqotlarni pul nazariyasining abadiy, fundamental muammolariga qaratdi, «keyns inqilobi» esa asosiy e’tiborni to‘lov layoqatiga ega bo‘lgan talabni tartibga solish muammolariga qaratdi va «yuqori nazariya» muammolarini chetda qoldirib ketdi. Ularning fikriga ko‘ra pulning nimaligi emas, balki uning iqtisodiy faollik, ishlab chiqarish, mehnat va moddiy resurslar bandligiga ta’siri muhim. Bunday yondashuv pul nazariyasining nazariy poydevoridagi jiddiy kamchiliklar mavjudligi, ko‘plab boshlang‘ich tushunchalar va asoslarning real emasligiga e’tibor qaratmadi. Iqtisodiy tushuncha sifatida «Pul bu nima?» ekanligi, fundamental xususiyatlari va paydo bo‘lish sababini aniqlashga intilish qadimgi faylasuflarning asarlaridan tortib to murakkab matematik apparatni kashf etgan zamonaviy mualliflarning ishlarigacha ко ‘p asrlik iqtisodiy fikr tarixi orqali o'tadi. Biroq bu sohadagi ulkan tadqiqotlarga qaramay, pul tabiati masalalari hozirgacha qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda pulning nima ekanligi va takror ishlab chiqarish aloqalari tizimida qanday o‘rin tutishi haqidagi aniq ilmiy tasawur yo‘q. Pulning ta’rifi haqidagi nazariy munozaralar zamonaviy adabiyotlarda ularning «empirik to‘lidirish» masalalari bilan uzviy bog‘lanib ketgan. Bunday holat urushdan keyingi yillarda ro‘y berayotgan pul-kredit mexanizmi strukturasidagi jiddiy o‘zgarishlar bilan asoslanadi. To‘lov aylanmasida naqdsiz hisob-kitob va kredit bitimlarining har xil turlari tobora keng tarqalmoqda, ular banknotalar hamda boshqa naqd to‘lovlari o‘rnini ' bosmoqda va yangi to‘lov vositalariga ehtiyojni qisqartirmoqda. Pul muomalasi va pul kapitalini jamg‘arish sohasi o‘rtasidagi chegaralar qisqarib ketmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda keng tarmoqli bank-kredit institutlarining mavjudligi faol muomalada bo‘lgan pullarni tezlik bilan jamg‘armalarga / 14 aylantirish va buning aksi bo'lgan jarayon uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bunga moliyaviy yangiliklar jarayoni, oxirgi yillarda yangi pul bozori vositalari va gibrid bank schyotlarining paydo bo‘lishi xizmat qiladi, bu yerda pul bir vaqtning o'zida daromad keltiradi va tovarlar uchun hisob-kitob vositasi bo'lib xizmat qila oladi. Bularning barchasi pul tushunchasining aniqligini pasaytirib, pul va «pul emas» o'rtasidagi chegaralami yo'q qiladi. Kompyuter texnikasi va zamonaviy telekommunikatsiya vositalari tizimini keng qo'llagan holda bank operatsiyalari va hisob-kitoblarni amalga oshirish texnologiyasining o'zgarishi xuddi shu yo'nalishda davom etmoqda. To'lovlami amalga oshirishning mehnat sig'imini qisqartirish hisob-kitoblarni tezlashtiradi, pul massasiga ehtiyojni kamaytiradi. Shu sababli ko'plab mualliflar «cheksiz va naqd pulsiz jamiyat» paydo bo'lishi istiqbollarini jiddiy muhokama qiladilar, bu ham pul ta’rifi haqidagi mulohazalarga dolzarblik baxsh etadi. 1.3. Pulning tabiatini tushunishga bo‘Igan turlicha konseptual yondashuvlar Hozirgi raqobat kurashi tobora kuchayib borayotgan sharoitda pulning mohiyati, pul muomalasi va uning qonuniyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganish, tahlil etish va ommaga yetkazish nafaqat iqtisodiyot uchun, balki hayot uchun ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Pulning ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatidagi mohiyatini iqtisodiyot nazariyasida to'plangan boy ilmiy yondoshuvlarni tahlil qilish asosida o'rganishga to'g'ri keladi. Chunki pul to'g'risidagi nazariyada turlicha yondashuvlar va qarashlar mavjud bo'lib, ular o'rtasida umumiylik yo'q. G'arb iqtisodchilarining pul ta’rifi haqidagi asarlarida doimo tadqiqot obyekti, uning mohiyati va shakllari, tashqi belgilarini yetarlicha aniq tushunmaslik seziladi. Xususan, pulning konseptual tabiati ko'pincha turli tarixiy davrlarda pulning muayyan shakllari haqidagi masalalar bilan almashadi. Birinchi o'ringa turli pul agregatlarini loyihalashtirish muammolari, pul to'lovlari zaxirasining elementlar tarkibi haqidagi muammolar chiqadi. Shu sababli, uning to'g'ri mazmunini ko'rsatib berish uchun pul to'g'risidagi asosiy nazariyalarni o'rganib, tahlil etiladi. Pulning mohiyati haqidagi nazariyada uch asosiy yo'nalishni ajratib ko'rsatish mumkin: metallistik, nominalistik va miqdoriy. 15 M etallistik pul nazariyasi pulni qimmatbaho metallar, oltin va kumush bilan izohlaydi va XVI—XVIII asrlarda kapital dastlabki Jamg'arilishi davrida rivojlangan, bu nazariya namoyondalari (AngliyadaU. Stafford, T. Men, D. Nors; Fransiyada- A. Monkreten) tangalarning ycmirilishiga qarshi chiqib, metallaming barqaror muomalada bo‘lishini yoqlab chiqishdi. Ular pullarning mohiyatini asl metallaming ijtimoiy xususiyatlari emas, balki tabiiy xususiyatlari bilan bog‘lashgan, pullarga ytimoiy, ishlab chiqarish munosabati sifatida qarashmagan, balki ularni buyum deb bilishgan. Shuning uchun ular pullarning to ‘laqonli tangalarni talab qiladigan funksiyalarini, ayniqsa, jahon puli va xazinalar funksiyalarini mutloqlashtirishgan. Nominahstik pul nazariyasi XVII—XVIII asrlarda pul muomalasi to'la qiymatli bo‘lmagan tangalar bilan olib borilganda shakllandi. Nominalizmning birinchi namoyondalari ingliz J. Berkli, J. Lokk va J. Styuartlar bo'lishgan. Ularning nazariyasi uchun pullar — bu faqat tovarlar ayirboshlanishiga xizmat qiladigan ideal hisob birliklari, mahsulot, davlat hokimiyatining natijasi, pulning asosiy vazifasi to‘lov vositasi vazifasidir deb tushunish xarakterli edi, nominaUstlar pullarni texnik almashuv quroli sifatida o‘rganib, uning qiymat tabiatini to‘hq inkor qilishgan. Fikrimizcha, nominalistlarning pul tartib o‘rnatishdan iboratligi haqidagi fikri mutlaqo noto‘g‘ri, chunki haqiqatda pul stixiyaviy ravishda kishilarning xohish-irodalariga bog'liq bo‘lmagan holda davlat paydo bo'lgunga qadar, ayirboshlashning rivojlanishi jarayonida paydo bo‘ldi. Pulning mohiyatini uning to‘lov vositasi vazifasidan keltirib chiqarishga urinish ham asossizdir 1929— 1933-yillardagi iqtisodiy tanazzul davrida nominalizm yanada rivojlandi va oltin standartidan voz kechishni oqlash uchun nazariy asos sifatida tanildi. J.M. Keyns («Pul haqida traktat», 1930-y.) oltin pullarni «yovuzlik qoldiqlari», «Aravaning beshinchi g‘ildiragi», deb e’lon qildi1. Oltinga nisbatan elastikroq bo'lgan qog‘oz pullarni u ideal, deb hisoblaydi va ular jamiyatning doimiy gullab-yashnashini ta’minlashlari kerak, deb ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarning oltinni muomaladan siqib chiqarishiga u pulning oltindan ustunligi va nominalizmning g‘alabasi sifatida qaraydi. Shunday qilib, nominalizmning barcha ko‘rinishlariga bir xil kamchiliklar xosdir: pulning tovar sifatidagi kelib chiqishini tan olmaslik, 1 Жукова E. Ф. Общая теорея денег. - М.: «Банки и биржи», ЮНИТИ, 1995. 16 Uning m uhim vazifalarini inkor qilish, pulni narx masshtabi bilan ideal hisob birligini ta’riflash. Pulning qiymat miqdori haqidagi masalaning yanada kengaytirilgan talqini miqdoriy pul nazariyasida berilgan. Bu nazariyaning asosiy g'oyalari shundan iboratki, ular pulning qiymati-haqiqiy pulning ham, pul belgilarming ham qiymati ularning muomaladagi miqdori bilan belgilanadi, deb ko‘rsatishadi. Mazkur gipotezani birinchi marta XVI asrda fransuz iqtisodchisi J. Boden ilgari suradi. U G ‘arbiy Yevropada tovarlarning qimmatlashib ketganini qimmatbaho metallarning kirib kelishi bilan izohlaydi. Bu g‘oyani XVII asrda Sh.L. Monteske, D. Yum, J. Millar qo‘llab-quwatlaydilar, biroq ular muomaladagi pulning miqdori va ular qiymatining o‘zgarishi o‘rtasidagi mutanosiblikni qayd etib ko‘rsatdilar. Miqdoriy pul nazariyasining tarafdorlari tovarlar bozorga narxsiz, oltin esa qiymatsiz chiqadi va faqat bozordagina oltinlar massasi hamda tovarlar massasining u yoki bu nisbati tovarlarni baholaydi hamda oltinning qiymatini belgilaydi, deb ko‘rsatishadi. Bizningcha, bu mutlaqo asossizdir. Tovarlar muomala sohasiga narxsiz kira olmaydi. Ayirboshlashga qadar tovarlar ularning qiymatini ifodalaydigan narxga, oltin esa qiymatga ega bo‘ladi. Ayirboshlash jarayonida tovarlarning narxi ularning qiymatiga mos ravishda sotiladi va oltinning haqiqiy qiymati boshqa tovarlarga nisbatan aniqlanadi. Miqdoriy pul nazariyasining XVIII asrdagi yorqin namoyondasi D. Rikardodir. Shuni ta’kidlash lozimki, uning qarashlari ikki tomonlama tavsifga ega bo‘ldi: bir tomondan, u pulning qiymati ularni ishlab chiqarishga mehnat sarflari bilan aniqlanishini tan olgan, ikkinchi tomondan esa alohida davrlarda pul birligining qiymati pul miqdori o‘zgarishlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi, deb hisoblagan.
http://fayllar.org
Yüklə 21,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə