1. Pul nazariyasining mohiyati Pulning metallik nazariyasi Pulning nominallik nazariyasi



Yüklə 67,57 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü67,57 Kb.
#137476
  1   2   3   4
Nominal pul nazariyasining mohiyati va uning tarafdorlari


Mavzu: Nominal pul nazariyasining mohiyati va uning tarafdorlari.
Reja:
1.Pul nazariyasining mohiyati
2.Pulning metallik nazariyasi
3.Pulning nominallik nazariyasi
4.Pulning miqdoriy nazariyasi


1.Pul nazariyasining mohiyati
Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud
emaski, agar pul yoki u bilan bog‘liq munosabatlarni o‘zida aks ettirmagan bo‘lsa.
Pulning nazariy tabiati bir nechta bo‘lib, qator kontseptsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” kontseptsiyalarga ajratish mumkin22.
Tovarli kontseptsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi.
Pulning tovarsiz kontseptsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko‘rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi.
Albatta, pul nazariyasining ko‘pqirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya
sifatida amal qilishi juda ko‘p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g‘oyalari juda ko‘p hollarda bir – biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir.
Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog‘lab
turadilar, ular o‘rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta’minlaydigan
mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo‘lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos
kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o‘rtasidagi
ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi.
22Dengi. Kredit. Banki: ucheb, – 2 izd., pererab. i dop. / pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi, Izd – vo Prospekt, 2008. –S. 224.

Ma’lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida


kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni
tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma’lum qiyinchilik va qo‘shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar.
Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan
“maxsus tovar” bo‘lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o‘lchanadi.
Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyutsiyasi bilan bog‘liq masalalar
iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi
uchta guruhga ajratib o‘rganiladi.

Yüklə 67,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə